Texnologiya va dizayn fanidan


Tokarlik- vint qirqish dastgohlari



Download 1,46 Mb.
bet7/27
Sana18.02.2022
Hajmi1,46 Mb.
#455796
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Bog'liq
BOZOROVA NAVRO’ZANING TEHNOLOGIYA VA DIZAYN FANIDAN KURS ISHI

Tokarlik- vint qirqish dastgohlari

Tokarlik –vint qirqish dastgohlari xilma-xil ishlarni bajarish uchun mo’ljallangan. Bu dastgohlarda shakldor yuzalar yo’nish, slilindrik va konussimon teshiklarni yo’nib kengaytirish; ko’ndalang kesim yuzalarini yo’nish; tashqi va ichki rezbalar ochish:teshiklar parmalash , zenkerlash va razvyortkalash; zagatovkalarni qirqib tushirish, qisman kesish va boshqa ishlarni bajarish mumkin.


Tokarlik vint qirqish dastgohlarining asosiy parametrlari ishlov beriladigan zagatovkalarning stanidan yuqoridagi eng katta diametri va dastgoh markazlari orasidagi eng katta masofadir. Markazlar orasidagi eng katta masofa ishlov beriladigan detalning eng katta uzunligini belgilaydi.Tokarlik –vint qirqish dastgohlarining bu asosiy parametrlaridan tashqari , ularning tegishli DS larda belgilangan muhim o’lchamlariga ishlov beriladigan zagatovkaning supportdan bo’lgan eng katta diametri : shpindelining eng katta aylanish chastotasi; shpindel teshigidan o’ta oladigan chiviqning eng katta diametri, shpindel markazining o’lchami, keskichning eng katta balandligi kiradi. Sanoatimizda ,asosan ,160-1250 mm li zagatovkaga ishlov bera oladigan va markazlari oralig’i 12500 mm bo’lgan tokarlik- vint qirqish dastgohlari ishlab chiqariladi.
Tokarlik -vint qirqish dastgohlari aniqligini oshirish, boshqarilishini takomillashtirish,surish tezliklari diapazonini kengaytirish, texnologik asbob-uskunalarini yanada yaxshilash borasida rivojlantirilmoqda.
Tokarlik- vint qirqish dastgohlari deyarli bir turdagi komponovkaga ega, bunday komponovkaga 1K62 dastgohi misol bo’la oladi (62-rasm ). Uning asosiy uzellari jumlasiga statina 2 , old (shpindelli) babka 1, fartuk 4 , keskich tutkichli support 3, ketingi babka5 kiradi. Old babkada tezliklar qutisi, surish qutisi 8 joylashtirilishi mumkin.
Statina dastgohning barcha asosiy uzellarini o’rnatish uchun xizmat qiladi va uning asosi hisoblanadi.
Old babka statinaning chap qismiga mahkamlangan. Old babkada dastgohning tezliklar qutisi joylashgan, tezliklar qutisining asosiy qismi shpindel bo’lib, udumalash yoki sirpanish podshipniklarida aylanadi. Shpindel, odatda, boshidan oxirigacha konussimon teshikdan iborat bo’lib,chiviq material (zagatovka) ana shu teshikdan o’tkaziladi.
Ketingi babka markazlarga o’rnatilib,yo’nilayotgan zagatovkani tutib turish, shuningdek, teshiklar parmalash va ularga ishlov berishasboblari (parma, zenker, razvyortka)ni hamda rezba ochish asboblari (metchik, plashka) ni mahkamlash uchun xizmat qiladi. Ketingi babka stamina yo’naltiruvchilari bo’ylab surila oladi.
Surish qutisi shpindeldan yoki alohida yuritmadan surish vali yoki surish vintiga aylanma harakat uzatish, shuningdek. rezba qirqishda tegishlicha surishga erishish yoki muayyan qadam hosil qilish maqsadida aylanish chastotasini o’zgartirish uchun xizmat qiladi. Bunga surish qutisining uzatish nisbatini o’zgartirish bilan erishiladi. Surish qutisi almashtiriladigan shesternyalari bor gitara vositasida dastgoh shpindeli bilan bog’langan.
Fartuk surish vali va surish vintining aylanma harakatini supporting to’g’ri chiziqli ilgarilanma harakatiga aylantirish uchun mo’ljallangan.
Support kesuvchi asbobni mahkamlash va unga surish harakatini berish uchun xizmat qiladi.

Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish