Metallarni kesib ishlash turlari. Metal (zagatovka)ning talab qilingan shaklga , o’lchamga keltirish va sirtining tozaligiga erishish uchun tegishli kesuvchi asboblardan foydalaniladi. Metallarni kesib ishlashning asosiy turlari jumlasiga yonish, randalash, o’yish, parmalash, frezalash va jilvirlash kiradi (58-rasm).
Yo’nish jarayoni, asosan, tokarlik dastgohlarida tegishli keskich bilan bajariladi (58-rasm,a). Yo’nish jarayonida zagatovka aylanma harakatga keltiriladi. Bunda u tez harakatlanadi va bu asosiy harakat deb ataladi, keskichning harakati +esa sekinroq bo’ladi va u surish harakati deyiladi. Asosiy harakat kesish harakati deb, asosiy harakat tezligi esa kesish tezligi deb ataladi.
Randalash jarayoni, asosan, ko’ndalang randalash va bo’ylama randalash dastgohlarida tegishli keskichlar bilan amalgam oshiriladi. Randalash keskichlari odatda egik bo’ladi. Ko’ndalang randalash dastgohlarida asosiy harakatni keskich, surish harakatini esa zagatovka bajaradi, bo’ylamarandalash dastgohlarida zagatovka asosiy harakatni bajarsa, keskich surish harakatini bajaradi (58-rasm,e).
O’yish jarayoni, asosan, o’yish dastgohlarida maxsus keskichlar bilan bajariladi. Bunda o’yish jarayoni uchun keskich asosiy (ilgarilanma-qaytar) harakatni zagatovka esa surish harakatini bajaradi.
Parmalash jarayoni parmalash dastgohlarida turli tuzilishdagi parmalar bilan bajariladi. Bu jarayondaasosiy harakat ham, surish harakati ham parmaga beriladi (58-rasm, b).
Asosiy harakat parmaning aylanishidan, surish harakati esa uning o’z o’qi yo’nalishida ilgarilanma harakatidan iborat bo’ladi.
Frezalash jarayoni frezalash dastgohlarining turli tuzilishlarida ko’p tig’li asbob-freza bilan bajariladi. Bunda frezaning aylanma harakati (asosiy harakat) bilan zagatovkaning ilgarilanma harakati (surish harakati) qo’shilishi natijasida qirindi yo’niladi (58-rasm, d).
Jilvirlash jarayoni maxsus tuzilishdagi dastgohlarda jilvirlash toshi bilan bajariladi. Silindrik yuzalar doiraviy jilvirlash dastgohlarida, yassi yuzalar esa tekis jilvirlash dastgohlarida jilvirlanadi. Silindrik yuzalarni jilvirlashda (58-rasm,f) zagatovkaga aylanma harakat berish bilan birga , ilgarilanma-qaytar harakat (bo’ylama-surish harakati) ham beriladi. Jilvirlash toshi ham aylanma harakat (asosiy harakat) qiladi, ham ko’ndalang yo’nalishda harakatlanadi, zagatovkaning har qaytishida kesish chuqurligi biror t ga qadar surilib turadi (ko’ndalang surish harakati). Yassi yuzalarni jilvirlashda asosiy (aylanma) harakat ham, vertikal yo’nalishda uzlukli (kesish chuqurligi biror t ga qadar ) surish harakati ham jilvirlash toshiga , bo’ylama surish harakati (ilgarilanma-qaytar harakat) va ko’ndalang yo’nalishda uzlukli surish harakati zagatovkaga beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |