Texnologiya va dizayn fanidan


METALLGA ISHLOV BERISH STANOKLARI



Download 1,46 Mb.
bet4/27
Sana18.02.2022
Hajmi1,46 Mb.
#455796
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
BOZOROVA NAVRO’ZANING TEHNOLOGIYA VA DIZAYN FANIDAN KURS ISHI

METALLGA ISHLOV BERISH STANOKLARI

O`quv ustaxonalarida o`quvchilar tokarlik stanoklarida bajariladigan operatsiyalarni o`rganib turli xil buyumlar yasaydilar. Shu jumladan tashqi va ichki rezbalarni plashka va metchiklar yordamida qo`lda kesish amallarini ham o`rganadilar. Bunday sharoitda o`quvchining qo`lda rezba kesish moslamasi bo`lgan vorotokdan foydalanishiga to`g`ri keladi. Rezbani vorotok moslamasi bilan stanokda kesish sermashaqqatligi bilan birga stanokda zagotovka va asbob o`qdoshligini ta`minlashda o`quvchidan yuqori malakani talab qiladi. Ishning bu usulda bajarilishi ko`pchilik hollarda detalning sifatsiz chiqishi yoki asbobning sinishiga olib keladi. Shuning uchun ham o`quv ustaxonalarida ish bajarishda texnologik imkoniyati mukammal moslamalardan foydalanish kerak, chunki ular yordamchi va sermashaqqat ishlarni mexanizatsiyalashi evaziga samaradorlik va xavfsizlikni ta`minlaydi. Shunday moslamalarga misol, talabalar tomonidan universitet o`quv ustaxonalarida tayyorlangan mexanik rezba kesishga mo`ljallangan almashtirma vtulkali plashkatutkich bo`la oladi.


Plashkatutkich plashkalar yordamida mexanik ravishda tashqi rezba kesishga mo`ljallangan. Uni TV-4,TV-6,TV-7 tokarlik stanoklarida qo`llash mumkin. Bu plashka tutkich almashtirma vtulkalarning o`rnatish yuzalari unga M4 dan M20 gacha rezba kesadigan plashkalarni mahkamlash imkonini beradi.
Moslamaning ishlash prinsipi oddiy. Asosiy vtulka 5 ga dumaloq plashka yoki almashtirma vtulka 1, u bilan birga mahkamlangan plashka o`rnatiladi va vintlar 2, 3 bilan tarang tortiladi (1-rasm,a). Regulirovka gaykasi 6 bilan kesilayotgan rezbaning uzunligi belgilanadi, buning uchun u old babkadan oldinroq yoki unga yaqinroq o`rnatiladi. Shtift 4, sal ushlab turib, rezba kesuvchi asosiy vtulkani to`ppa-to`g`ri zagotovka yuzasiga yo`naltiriladi. Plashkatutkich tokarlik stanogi ketingi babkasining pinoliga opravka 7 yordamida o`rnatiladi. Rezba kesish uchun mo`ljallangan zagotovka stanok patronida mahkamlanadi. Plashkatutkich ketingi babka maxovigi bilan plashkaning olish qismi rezba kesiladigan zagotovkaga tekkuncha yaqinlashtiriladi.
Ishlov berilgan zagatovkadan plashkatutkichni chiqarib olish uchun patronning aylanish yo`nalishi o`zgartiriladi.
Mexanik rezba kesish uchun almashtirma vrulkali plashkatutkichni tokarlik stanogida ishlatish u, plashka hamda zagotovkaning markazlashtirilishini va ishlab chiqarilayotgan mahsulot yaroqsiz bo`lmasligini ta`minlashni, xavfsiz mehnat sharoiti yaratishni va zagotovkalarda 4-20 mm diametrli uzunligi 100 mm gacha bo`lgan tashqi rezbalar kesish mumkinligini ko`rsatadi. Qo`llanilgan almashtirma vtulkalar uni samaraliroq qilib, yig`uv ishlariga vaqt sarfini qisqartirdilar, oldingi plashkatutkichlar ishlatilgandagiga nisbatan kesiladigan rezbalar miqdori oshdi.
Taklif etilayotgan plashkatutkichning afzalligi shundaki, plashka va zagotovka yo`naltiruvchi teshik yordamida markazlashtiriladi – bu plashkani markazlashtirish vaqtini qisqartiradi va qo`lda sifatli rezba kesish imkonini beradi.
Plashkatutkich korpus 1 dan iborat bo`lib, uning ichida diametri har xil pog`onali ikkita teshik bor (2-rasm).
Korpusdagi katta diametrli teshikning o`rnatish yuzasi “a” trubalarda rezba kesishda plashkani mahkamlash uchun, ikkinchi, yo`naltiruvchi teshik “b” markazlashtirish uchun xizmat qiladi. Yo`naltiruvchi teshikning diametri trubaning tashqi diametriga teng.
Plashkani korpusda mahkamlash uchun vintlat 4 tayyorlanadi. Dastalar 2 va quyruq 3 rezba vositasida biriktiriladi. Ushlab turish va aylanish qulay bo`lsin uchun quyruq konus shaklida yasalgan. Trubani yo`naltiruvchi teshikka kiritib, plashkatutkich aylantiriladi. Bunda yo`naltiruvchi teshik yuzasi va trubaning tashqi yuzasi o`rtasidagi kontakt plashkatutkichning chayqalishini istisno etadi, bu rezbaning sifatli kesilishini ta`minlaydi.
Plashkatutkichning bunday konstruksiyasi trubalarga qo`lda rezba kesishda katta aniqlikni ta`minlaydi, slesarning mehnati samarali bo`ladi va mehnat sharoiti yaxshilanadi.Plashkatutkich talabalar konstruktorlik byurosida ishlab chiqildi va ustaxona sharoitida yasaldi.
Mashina-mexanizmlar detallarini kerakli shakl va o’lchamga keltirish uchun zagatovka (zagatovka)dan tegishli kesuvchi asboblar yordamida ma’lum miqdordagi metallni qirindi tarzida yo’nish texnologik jarayoni metallarni kesib ishlash (mexanik ishlash) deb ataladi.
Metallarni kesib ishlash jarayonlari , asosan, ularning plastik deformatsiyalash va turli energiyalardan (elektr, kimyoviy, yorug’lik va h) foydalanish orqali olib boriladi. Metallarni kesib ishlash usuli insoniyatga juda qadimdan ma’lum: qo’l bilan ishlatiladigan tokarlik va parmalash dastgohlari XII asrdayoq ixtiro qilingan.
Hozirgi zamon metallarni kesish jarayonida qirindi ajralib chiqish qonuniyatlarini, bunda hosil bo’ladigan titrash sabablari, kesish kuchini o’lchash usullari 1870-yilda N.A.Time tomonidan ishlab chiqilgan.
Metallarni kesib ishlashda chiqadigan qirindi miqdori chiqishi zagatovkaning shakli va olchamiga bog’liq. Shuning uchun qirindi chiqishini ya’ni metallning isrofgarchiligini kamaytirish uchun zagatovkalarning shakl va o’lchamlari imkoni boricha qulay bo’lmogi ,shu bilan birga texnoogik jarayonning tejamli bo’lishini ta’minlamog’i zarur.

Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish