Labaratoriya masho‘uloti №7 Mavzu: Parmalash dastgohlari va ularda bajariladigan ishlar Ishdan maqsad



Download 287,45 Kb.
Sana23.06.2022
Hajmi287,45 Kb.
#697164
Bog'liq
Labaratoriya7


Labaratoriya masho‘uloti №7
Mavzu: Parmalash dastgohlari va ularda bajariladigan ishlar
Ishdan maqsad: 2A150 modelli parmalashdastgohining ishlash tamoyilini, hamda unda bajariladiganishlarni o‘rganish.
NAZARIY QISM
Yaxlit materialda ochiq va yopiq tsilindrik teshiklar hosil qilish uchun parma deb ataladigan kesuvchi asbobdan foydalaniladi. parma yordamida teshik hosil qilish texnologik jarayonni parmalash deb ataladi. Mavjud teshikning diametrini parma yordamida kattalashtirish jarayonni parmalab kengaytirish deyiladi. parmadan tashqari teshikni diametrini kattalashtirish va yuza aniqligini oshirish maqsadida zenker va razvyortkalar qo‘llaniladi.

  • Parmalash dastgohlarini konstruktsiyasiga ko‘ra – bir shpindelli va ko‘p shpindellilarga;

  • shpindellarining o‘rnatilishiga ko‘ra – vertikal, gorizontal;

  • bajaradigan ish xarakteriga ko‘ra – agregat va radial;

  • mexanizatsiyalashtirilganlik darajasiga ko‘ra – dastaki, yarim avtomat va avtomat dastgohlarga ajratiladi.

Mashinasozlikda ko‘p qo‘llaniladigan universal bir sh’indelli vertikal parmalash dastgohini umumiy ko‘rinishi 1 – rasmda tasvirlangan. parmalash mumkin bo‘lgan eng katta teshik diametri (35mm). Dastgoh ishlab chiqarishni donalab va mayda seriyalab, mexanik tahmirlash va metall kesuvchi asboblar tayyorlash tsehlarida uncha katta va oo‘ir bo‘lmagan zagatovkalarni ishlashga mo‘ljallangan bu dastgoh quydagi asosiy mexanizm va uzellardan iborat :
parmalashda ikkita harakat, yahni asosiy harakat – parmaning yoki detalning o‘z o‘qi atrofida qiladigan aylanma harakati va surilish harakati – parmaning o‘z o‘qi bo‘ylab ilgarilanma harakati sodir bo‘ladi.

1 – rasm. 2A150 modelli parmalash dastgohining ko‘rinishi.
1– poydevor plita;2 – stanina; 3 –tezliklar qutisi;4 – elektr dvigatel;5 – shpindel;6 – surish qutisi; 7 – stol.
Zagotovka parmalash dastgohining stoliga qo‘zo‘almas qilib o‘rnatilgan bo‘lsa, kesish jarayoni amalga oshirish uchun parma o‘z o‘qi atrofida aylanma harakatga keltiriladi va o‘qi yo‘nalishida suriladi. Zagatovkani dastgoh stoliga o‘rnatishda esa maxsus moslamalardan (patron, tiski, konduktor va boshqalar) foydalaniladi. Tokarlik, revol’ver va tokarlik avtomatlarida zagotovkalarga teshiklar ochishda zagotovka aylanma harakatga keltiriladi, parma esa o‘z o‘qi atrofida ilgarilanma harakatlantiriladi.


2 – rasm.Gorizontal parmalash dastgohining kurinishi:
1 – stanina;2– old stoyka; 3 – shtindel babkasi;4– dvigatel;5 – sh’iidel;6– pla’shayba; 7 – lyunet;8– keti’gi babka;9– stol.
Gorizontal parmalash dastgohlarida bajariladigan ishlar:
a – borshtang yordamida teshik kengaytirish; b– parmalash (zenkerlash, razvyortkalash); v–torets freza bilan vertikal yuzalarni ishlash; g – frezalar to‘’lami bilan ishlash; d – planshaybadagi su’’ort yordamida keskich bilan torets yuzalarini ishlash; ye keskich bilan rezba qirqish.
Zenkerlash zagotovkada oldin parmalangan yoki quyish vaqtida, shtam’lashda yoki boshqa usullar bilan hosil qilingan teshikning diametrini zenker yordamida kengaytirish jarayonidan iborat. Zenkerlash yo‘li bilan to‘o‘ri geometrik shakli va yuzasi toza teshiklar hosil qilinadi.
parmalashda zenkerlash uchun teshikning har tomonidan 0,5-3 mm qo‘yim qoldiriladi. Zenkerlar, konstruktsiyalariga ko‘ra, konussimon teshiklarni ishlash uchun va tsilindrik teshiklarni ishlash uchun qo‘llaniladi, ular vint hamda boltlarning kallaklari uchun qilingan o‘yiqlarga, bobishka va gu’chaklarning torets yuzalariga ishlov berish uchun ishlatiladi. Teshiklar razvyortkalashdan oldin chala tozalab zenkerlanadi yoki teshik yuzasining talab etiladigan aniqligi va tozaligiga qarab, teshik uzil-kesil zenkerlanadi.

3 – rasm.Har xil aniqlikda teshiklarga ishlov berish eskizi:
a) parmalash; b) zenkerlash; v) xomaki razvyortkalash;
g) tozalab razvertklash.
Razvyortkalash – teshikni aniq uzil-kesil o‘lchamlarga keltirish uchun razvyortka yordamida teshik yuzasidan yu’qa qirindi kesib olish jarayonidir. Xomaki razvyortkalash uchun diametrga 0,05 – 0,25 mm qo‘yim qoldiriladi. Razvyortkalar, ko‘’incha, uglerodli asbobsozlik po‘latidan, legirlangan asbobsozlik po‘latidan va tezkesar po‘latdan, shuningdek, T15K6 va VK8 markali qattiq qotishmalardan tayyorlanadi.
parmalash guruhi dastgohlarida mashina metchigi yordamida rez’bani ochish, teshikni yo‘nib-kengaytirish va teshikda ariqcha ochish mumkin.
Vertikal – parmalash dastgohlarining sh’indel’ o‘qi qo‘zo‘almas bo‘lganligi sababli bir nechta teshikni parmalash uchun zagotovkani doimo siljitib turish kerak. Radial – parmalash dastgohlarining tezliklar va surilishlar qutisi sh’indel bilan birgalikda ustun hamda traversa yordamida siljish imkoniyatiga ega bo‘lganligi sababli, zagotovkani qo‘zo‘atmasdan ketma-ket bir nechta teshiklarga ishlov berish mumkin. Lekin radial – parmalash dastgohlarining tuzilishi murakkabligi sababli vertikal-’armalash dastgohiga nisbatdan narxi ancha baland.
Savollar

  1. Parmalash dasdgohida bajariladigan ishlar ?

  2. Parmalash jarayoning o‘ziga xosligi nimada ?

  3. Parmalash jarayonida zagatovkani qayerga o‘rnatiladi ?

Download 287,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish