Texnologiya ta’limi praktikumi fanidan o’quv uslubiy majmua


Lobzik va uning yordamida arralash



Download 13,16 Mb.
bet28/130
Sana22.04.2022
Hajmi13,16 Mb.
#572744
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   130
Bog'liq
TEXNOLOGIYA TA\'LIM PRAKTIKUM

Lobzik va uning yordamida arralash: a-lobzik: 1-rama: 2-qisqichlar; 3-quloqli gayka; 4-dasta; b-lobzik bi­lan arralashda ishlatiladigan strubsinali stanok; v-lobzik bilan arralash.
Yog’och materiallarni kesish va yo’nish usullari.
Yog’ochga ishlov berish. Yog’ochga ikki usul bilan ishlov beriladi. Birinchi usulga qirqish, randalash, frezaiash, teshik o’yish, parmalash, bunda yog’ochning tolasi buziladi; ikkinchi usul esa egish, bukishdan iborat bolib, bunda tolalar buzilmaydi. Ishlov berishning eng keng tarqalgan usuli kesishdir
Kesishning quyidagi turlari mavjud:
Qirindi hosil qilib kesish-arralash, randalash, frezalash, teshik o’yish, parmalash;
Qirindi chiqarmasdan kesish- shiladigan dastgohlarda shpon tayyorlash, shponni bichish, yog’ochni yorish.
Yog’ochga kesib ishlov berishda turli miqdorda keskichlari bo’lgan kesuvchi asbobdan foydalaniladi. Bitta keskich – pichoq, bir necha keskich - freza va ko’p keskich - arra hisoblanadi
Kesish jarayoni shundan iboratki, bunda metall keskich tashqi kuch ta’sirida yog’ochga botib kirib tolalarini kesadi va ularni qipiq, qirindi yoki payraha ko’rinishida ajratib chiqaradi.
Kesish jarayonida uzun payraha hosil bo’ladi, u ajralganda yog’och yuzasida uzuq-yuluq joylar yuzaga keladi. Bunga yo’l qo’ymaslik uchun payrahani sindirish kerak, bu maqsadda randaga payraha sindirgich (bukr moslama) o’rnatiladi.
Keskich (8-rasm) pona shaklida bo’lib, qirquvchi qirra (tig’), old, orqa va yon yuzalardan tuzilgan. Keskichning qirquvchi qirrasi to’g’ri chiziq bo’ylab harakatlanadigan tekislik- kesish tekisligi deyiladi. Keskichning old va orqa yuzalari hosil qiladigan burchak o’tkirlash burchagi yoki charxlash burchagi deb ataladi.



8-rasm.Keskich qismlari: 1-odl yog’i; 2-yon yog’i; 3-orqa yog’i.


Keskichning old yuzasi bilan kesish tekisligi yuzaga keltiradigan burchak kesish burchagi deyiladi. Orqa burchak keskichning orqa yuzasi bilan kesish tekisligi orasida vujudga keladi. Old burchak keskichning oid yuzasi bilan kesish tekisligiga perpendikulyar bo’lgan tekislik orasida hosil bo’ladi.
Yog’ochga ishlov berish sifati o’tkirlash burchagi to’g’ri tanlanishiga bog’liq: o’tkirlash burchagi katta bo’lganda kesishga katta kuch sarflanadi, charxlash burchagi kichik bo’lganda tig’ tez o’tmaslashadi, eziladi va sinadi. Randa pichoqlari uchun 25,5° burchak eng maqbul hisoblanadi, old burchak esa asbob, material va ishlov berish turiga qarab 43-50° atrofida bo’ladi.
Tolalar yo’nalishiga nisbatan olganda, kesishning uch turi: tolalar uchidan, tolalar bo’ylab va tolalarga ko’ndalang kesish farq qilinadi.
Tolalar uchidan kesishda (10-rasm) kesish tekisligi va kesish yo’nalishi yog’och tolalariga perpendikulyar bo’ladi, bunda qirindi qatlamlar bo’yicha sinadi va yuza g’adir-budur bo’ladi.
Tolalar bo’ylab kesishda kesish tekisligi va kesish yo’nalishi yog’och tolalariga parallel bo’ladi, tola qatlamlari omon ajraladi, yuza silliq chiqadi, qirindining qalinligi olinadigan qatlamning qalinligiga bog’liq bo’ladi. Qalin qirindi uzunligi bo’yicha sinadi, yupqaroq qirindi esa yaxshi sifatli uzluksiz tasma ko’rinishida bo’ladi.
Tolalarga ko’ndalang kesishda kesish tekisligi yog’och tolalarga parallel, kesish yo’nalishi esa ularga perpendikulyar bo’ladi. Qirindi mustahkam bo’lmaydi, yuza g’adir-budur chiqadi. Qirindi uzluksiz tasma ko’rinishida va sifatli chiqishi uchun yog’ochga issiqlik bilan ishlov berilishi (bug’latilishi) hamda keskich oldidagi yog’och qisilib turishi zarur.
Kesishning asosiy turlaridan tashqari, oraliq: ko’ndalang-uchidan, bo’ylama-uchidan, bo’ylama-ko’ndalang kesish turlari ham bor.
Kesishda keskichning yog’ochga botib kirishi va qirindi hosil bo’lishi bilan bog’liq qator murakkab hodisalar yuz beradi (11-rasm). Kesish jarayonini qismlarga ajratamiz. Agar yog’ochga keskich bilan ishlov berish jarayonida bitta kesish yuzasi hosil bo’lsa va qirindi butun ishlov berilayotgan yuzadan kesilib chiqsa, bunday kesish ochiq kesish deyiladi. Ishlov berilganda ikkita kesish yuzasi hosil bo’lsa, bunday kesish yarim yopiq kesish deb ataladi (eshik kesakisi taxtalarining chetida chok hosil qilish va h.)
Yog’ochga ishlov berilganda uchta yuza vujudga kelsa, bunday kesish yopiq kesish deyiladi (ariqcha ochish va b.).


Download 13,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish