Texnologiya ta’limi praktikumi fanidan o’quv uslubiy majmua


Bolta tig’ining dastaga nisbatan joylashuvi



Download 13,16 Mb.
bet30/130
Sana22.04.2022
Hajmi13,16 Mb.
#572744
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   130
Bog'liq
TEXNOLOGIYA TA\'LIM PRAKTIKUM

Bolta tig’ining dastaga nisbatan joylashuvi:
a-to’g’ri burchak ostida (o’tin yorish uchun); b-o’tkir burchak ostida(tanadagi shox-shabbalarni chopish uchun); d-o’tmas burchak ostida (daraxtni bir oz chopib qo’yish uchun).


Chopishda bolta bilan tolalarga ko’ndalang yo’nalishda zarb beriladi va ular kesiladi. Yog’ochni yo’nilganda undan payraha ko’rinishidagi yupqa tarasha olinadi. Xodalarga odatda bir, ikki, uch, to’rt qirrali va dumaloq bo’ladigan qilib ishlov beriladi.
Yo’nishdan oldin, chirimasligi uchun xodani po’stlog’idan tozalash, taxta tagliklarga qo’yish, keyin ip bilan yo’nish chizig’ini tushirish kerak. Duradgor shunday turib olishi kerakki, xoda uning oyoqlari orasida joylashadigan bo’lsin. Taxminan 400-500 mm masofada turib, xodaning yo’niladigan tomonini reja chiziqqa bir oz yetkazmay chopib chiqadi, keyin reja chiziqni mo’ljal olib yo’nishni bajaradi.
Xodadan mumkin qadar katta kesimli brus olish uchun uning uchiga sirkul bilan eng katta aylana chiziladi, xuddi shunday o’lchamli aylana uning tupsasiga (pastki uchiga) ham tushiriladi, keyin aylanalar markazlari orqali go’niya bilan ikkita o’zaro perpendikulyar diametr tushiriladi. Diametrlarning kesishish nuqtalari aylana bilan birlashtirilganda brusning obzolsiz mumkin bo’lgan eng katta o’lchami hosil bo’ladi.
Bir qirrali qilib yo’nish quyidagicha amalga oshiriladi: xodaning uchlarida qirraning o’rni belgilab olinadi, keyin xodaning ikkala uchidagi reja chiziqlar chetlari bolta bilan bir oz kesib qo’yiladi. Ana shu kesiklarga bo’r ishqalangan ipning uchlarini kirgizib, tarang tortiladi, keyin uni bir oz ko’tarib, qo’yib yuboriladi, shunda ip xodaga urilib, yo’nish chizig’ini qoldiradi; ikkinchi, uchinchi va to’rtinchi qirralar ham shu tarzda yo’niladi. Yo’nayotganda reja chiziqdan tashqariga chiqib ketmaslik (yupqa yo’nish) lozim. Jarohatlanmaslik uchun duradgor oyog’ini ishlov berilayot­gan xodadan xavfsiz oraliqda tutib turmog’i zarur.
Taxtaning chetlari bolta bilan yo’niladi. Taxta taglik ustiga qo’yiladi-da, ip bilan yo’nish chizig’i tushiriladi, keyin chiziqqa yetkazmay chopib chiqiladi va reja chiziqni mo’ljal olib, qirraga ishlov beriladi (yo’niladi).
Dumaloq qilib yo’nishda xoda avval to’rt qirrali qilib yo’niladi, shundan so’ng brus qirralari bolta bilan yengil chopib chiqiladi va unga andaza bo’yicha ishlov berib dumaloq shaklga keltiriladi. Choklar quyidagicha o’yib ochiladi:
-yog’och reja chiziqqa yetkazmay chopib (kesib) chiqiladi;
-xosil bo’lgan kesiklar orasidagi yog’och sindirib olib tashlanadi va chok reja chiziqqacha tozalanadi;
-uzil-kesil tozalash maxsus randa bilan amalga oshiriladi;
-ariqchalar ham choklar singari ochiladi, farq shundaki, ariqchalarning yon tomonlari bolta bilan va tagi iskana bilan tozalanadi.
Xodalar, brusning uchlaridagi tirnoq yoki taroqlardagi reja chiziqlar bo’yicha chopib hosil qilinadi. Tirnoq o’rni rejalab (belgilab) olingandan keyin atrofi reja chiziqqa yotqizmay arralab chiqiladi, shundan so’ng yog’ochning arralangan qismi sindirib olib tashlanadi, tirnoq yoki taroq esa tozalanadi. Boltani dumaloq charxlash dastgohida yaxshilab charxlash kerak. Bunda charxlash (o’tkirlash) burchagi o’zgarib qolmasligiga e’tibor bermoq lozim.Charxlash vaqtida bir qo’l bilan boltaning muhrasidan, ikkinchi qo’l bilan dastaning g’ilofdan ushlanadi. Charxlash doirasi boltaga qarama- qarshi aylanishi darkor. Charxlash jarayonida charxlash doirasi va bolta suv bilan sovitib turiladi. Tig’ining ikkala tomoni bir xil charxlanishi uchun bolta goh o’ng tomonga, goh chap tomonga o’girib turiladi. Charxlangandan keyin bolta tig’ida mayda g’udurlar (notekisliklar) paydo bo’ladi, ular suvda ho’llangan chorqirra qayroqtosh bilan charxlab ketkaziladi. Bolta tig’idagi qirov suvda yoki moyda ho’llangan qayroq bilan ketkaziladi. Buning uchun qayroqni tig’ga yengilgina bosib ushlagan holda boltaning goh bir tomonida, goh ikkinchi tomonida doiraviy harakatlantiriladi. Qirovni to’kish paytida bolta chap qo’l bilan, qayroq esa o’ng qo’l bilan ushlanadi.



Download 13,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish