MUNDARIJA
|
Kirish………………………………………………………………
|
16
|
|
Tanlangan mavzu bo’yicha jaхоn adabiyotlarining va patеntlarning qisqacha tahlili……………………………………..
|
|
|
Ishning qisqacha mazmuni maqsad va vazifalari.............................
|
|
|
Tajriba-tatqiqоtlar qismi, tajriba o’tkazish uchun uslub tanlash va uni asоslash......................................................................................
|
|
|
Tajriba tavsifi, оlingan natijalar хulоsasi.........................................
|
|
|
Olingan natijalarni ishlab chikarishga tadbiqi.................................
|
|
|
Olingan ilmiy natijalarning iqtisodiy ko’rsatgichlari qismi............
|
|
|
Xulоsa...............................................................................................
|
|
|
Fоydalanilgan adabiyotlar ro’yхati..................................................
|
|
|
Ilоvalar..............................................................................................
|
|
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasiga muoviq: ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish; qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish: yani tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishni muttasil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotni ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorining eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish; paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirib, ekin maydonlarini yanada maqbullashtirish, bo‘shab qolgan yerlarga kartoshka, sabzavot, oziq-ovqat i moyli ekinlarni, shuningdek yangi intensiv bog‘ va uzumzorlarni joylashtirish; qishloq xo‘jalik ekinlarining yangi seleksiya navlarini hamda yuqori mahsuldorlikka ega, kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy yer-iqlim va ekologik sharoitlarga moslashgan hayvonot turlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish; fermer xo‘jaliklar, enga avvalo qishloq xo‘jaligi mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan, qayta tayyorlanayotgan, tayyorlash, saqlash, sotish, kurilish ishlari va xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanayotgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rag‘batlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; qishloq xo‘jalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor oziq-ovqat mahsulotlarini, shuningdek qadoqlash buyumlarini ishlab chiqarish bo‘yicha eng zamonaviy yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlangan, qayta ishlovchi yangi korxonalarni qurish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish yuzasidan investitsiya loyihalarini amalga oshirish; qishloq xo‘jaligi mahsulotlarni saqlash, transportirovka qilish va sotish, agrokimyo, moliyaviy va boshqa zamonaviy bozor xizmatlarni ko‘rsatish infratuzilmasini yanada keygatirish; qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo zamonoviy suv va resurslarni tejaydigan agrotexnologiyalarni joriy etish, unumdorligi yuqori qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish; bo‘yicha olib borilayorgan ishlarini amalga oshishish dasturni bajarilishida qovoqdan murabbo ishlab chiqarish bo’yicha ilmiz izlanishlar olib borish, ta’lim –tarbiya jarayoniga va ishlab chiqarishga tadbiq qilish bo’yicha ko’rsatmalar berish dolzarb masala xisoblanadi [1]
Poliz ekinidan biri bo’lgan qovoqning ko’p miqdorida yetishtirilishi ularning iste’mol va shifobaxshlik xususiyatlari bilan bog’liqdir. Ular tarkibidagi karbon suvlar, oqsillar, moylar inson organizmi uchun qo’shimcha ozuqa manbai bo’lib xizmat qiladi.
Qovoq tarkibida inson organizmi uchun zarur bo’ladigan 50 dan ortiq turli xildagi biologik aktiv moddalar mavjud. Shu bilan birga mineral tuzlarning birikmalari, karbon suvlar, turli xildagi yog’lar, aksarbin kislotasi, retinol, tiamin, ruvoflamin, niktoin kislota kabi vitaminlarga ham boydir.
Qovoq o’simligi salomatlik posponlari hisoblanadi. Agar inson organizmida vitamin C yetishmasa u tsinga va kam qonlik, A vitamini yetishmasa inson o’sishi susayadi va ko’zni ko’rishi xiralashadi, vitamin B1 yetishmasligidan turli kasallik avjlanadi, vitamin B2 oqsil va yog’lar almashinuvida ishtirok etidigan fermentlar tarkibiga kiradi. Bu vitaminlar bilan oranizimni taminlash uchun ulardan sutka maboynida A, B1 va B2 dan 2-3,5 mg dan, vitamin C dan 50-120 mg gacha va PP dan esa 15-25 mg iste’mol qilishi kerak.
Sog’liqni saqlash tashkilotlari Markaziy Osiyo sharoitida yashaydigan har bir kishi yil mobaynida 63.9 kg kartoshka va 113kg sabzavot va 98 kg poliz maxsulotlarini iste’mol qilishi kerakligini ta’kidlaydi.
Sog’likni saqlash muassasalari tavsiyalaridagi me’yor ko’rsatkichlariga binoan O’zbekiston aholisining talablarini qondirish uchun mamlakatimizda har yili 5-5.5 mln. T sabzavot yetishtirish lozim, deb habar qilganlar [B.J. Azimov -2000, V. Zuev, A. Abdullaev- 1997]. [2]
Oziq- ovqat muammosini zudlik bilan hal etish masalasi I. A. Karimovning ” Jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” 2009-yil asarida ham o’z o’rniga ega. Asarda bu masalani dolzarbligi quyidagicha talqin qilingan ” Faoliyat yuritayotgan aksariyat fermer xo’jaliklarining ish tarjibasi shundan dalolat beradiki, fermer xo’jaliklarini shakillantirishning dastlabki bosqichida ularga ajratib berilgan yer maydonlarining kamligi mahsulot ishlab chiqarish rentabelligining o’sishiga ko’p jihatdan to’sqinlik qilmoqda. [3]
Mening bitiruv malakaviy ishim ham aynan ”Osh qovoqni qayta ishlab murabbo olish laboratoriya tajriba reglamentini yaratish mavzusiga bag’ishlangan . Men ushbu mavzu asosida osh qovoq tarkibini va osh qovoqdan murabbo olish texnologiyasini o’rgandim. Ushbu mavzuga taalluqli turli adabiyotlardan va jurnal ma’lumotlaridan foydalanib, poliz ekinlarini yetishtirish va qayta ishlab kukun olishga tegishlicha tavsiyalar berishga bag’ishlan.
Ishning ilmiy yangiligi shundan ibоratki, mutaxassislar oldida hali o’z yechimini kutayotgan ulkan muommolar turibdi. Bu muommolar jumlasiga oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash muddatini uzaytirish maqsadida qayta ishlash usullarini yaratish, qayta ishlash jarayonida chiqindisiz va kam energiya talab qiladigan texnologik jarayonlarni ishlab chiqarish ham kiradi. Oziq- ovqat mahsulotlarini saqlash muddatini uzaytirish borasida qilinayotgan chora- tadbirlardan biri bu oziq- ovqat mahsulotlarini quritish jarayoni hisoblanadi. Respublikamizda yetishtirilayotgan osh qovoqdan faqatgina turli xil taomlar tayyorlashda foydalanmay, balki uni qayta ishlab sifatli va chiqindisiz mahsulot olishdan iboratdir. Osh qovoqni qayta ishlash jarayonida kam xarajat sarflab ko’proq foyda olishdan iborat.
Oshqovoqning ildiz sistemasi kuchli bo’lib, chuqur tushib boradigan bir yillik qovoqsimonlar oilasiga mansub bo’lgan o’simlik. Rossiyada oddiy tuzulishga ega bo’lgan qovoq keng tarqalgan. Katta pushti rangli bu o’simlikning tarixi Meksikadan boshlanadi. Janubiy Amerikada qovoq yetishtirish er. oldingi 3000 yilliklarda boshlangan.Bu o’simlikni Evropaga ispanlar XVIasrda olib kelishgan. Bizning davrimizda qovoqni organizmga ko’p foydali jixatlari bo’lganligi uchun ko’p yerlarda yetishtirishadi.
Sanoat masshtabida qovoqni issiq mamlakatlar Rossiya, SNG mamlakatlari, Osiyo , Afrika va AQSHda yetishtirishadi. Bu o’simlik o’ziga ko’p e’tibor talab qilmaydi. Uni yetishtirishda namlik(qovoq 90%suvdan iborat) va albatta-issiqlik zarur.Boshqa poliz ekinlari singari qovoq ham avgust va senyabr oylarida yetiladi.
Bir yillik o’simlikning o’sishi va gullashini pastdagi rasmdan ko’rishimiz mumkin.
1-rasm. O’simlikning xosili va gullashining umumiy ko’rinishi
Do'stlaringiz bilan baham: |