Termiz davlat universiteti zoologiya kafedrasi umurtqalilar zoologiyasi



Download 9,55 Mb.
bet5/57
Sana09.04.2022
Hajmi9,55 Mb.
#539649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Bog'liq
AMALIY MASHG’ULOTLAR

Mavzu bo’yicha topshiriqlar:

  1. Lichinka xordalilar xordali hayvonlarning tuban tuzilishidagi kenja tip sifatidagi ahamiyati o’rganish.

  2. Lichinka xordalilar o’ziga xos tuzilishdagi hayvonlar guruhi ekanligi haqida talabalarda tushuncha hosil bo’lishi.

  3. Astsidiya misolida kenja tipning tuzilishini o’rganish.

5-Mashg’ulot. Bosh suyaksizlar kenja tipi - Asrania. Tuzilishining asosiy belgilari va sistematikasi. Kelib chiqishi.


Turning sistematik xolati

Tip. Xordalilar-Chordata


Kenja tip. Boshskeletsizlar-Acrania
Sinf. Xordaboshlilar-Cephalochordata
Turkum. Lantsetniksimonlar-Amphioxiformes
Tur. Lantsetnik-Branchiostoma lanceolatum


Jihozlar



  1. Eritmada fiksatsiyalangan voyaga yetgan lantsetnikni tashqi tuzilishini o’rganish.

  2. Tayyor preparatlar to’plami:

    1. lantsetnikning umumiy ko’rinishdagi preparati;

    2. halqum oldi ko’ndalang kesimi;

    3. ichak oldi ko’ndalang kesimi.

  3. Tablitsalar:

Lantsetnikning tashqi ko’rinish; ichki organlarining umumiy joylashishi; halqum oldi ko’ndalang kesimi; ichak oldi ko’ndalang kesimi; qon aylanish sistemasi.

  1. Mikroskoplar;

  2. Kattalashtiruvchi shtativli lupalar.



Ishning mazmuni:

Lantsetnik-bosh skeletsizlarning tipik vakili bo’lib, bir oz sodda tuzilgan xordali hayvon. Xordalilarning barcha belgilari bosh skeletsizlarda yaqqol seziladi va hayotining oxirigacha saqlanib qolinadi. O’q skelet vazifasini bajaruvchi xordaning mavjudligi, markaziy nerv sistemasining nerv nayidan iborat bo’lishi, halqum atrofida jabra yoriqlarining bo’lishi bilan harakterlanadi.


Lantsetnikda ikkilamchi og’iz va tana bo’shlig’i-selom mavjud. Qator organlarida metameriya hodisasi kuzatiladi. Bosh skeletsiz hayvonlarda tananing ikki tomonlama simmetriyali (bilateral) ko’rinishi mavjud. Yuqoridagi belgilar bosh skeletsizlarni, ayrim umurtqasiz hayvonlar (halqali chuvalchanglar, ignatanlilar va boshqa) bilan filogenetik bog’liqligini ko’rsatadi.
Bosh skeletsizlar xususan lantsetnik tuzilishida boshqa xordali hayvonlardan farq qiluvchi o’ziga xos sodda belgilari mavjud. U quydagilarda ko’rinadi:
Epidermis bir qavatdan iborat bo’lib, nozik kutikula bilan qoplangan. Kutis yoki korium qavati esa asosan nozik yelimshak to’qimadan iborat. Markaziy nerv sistemasi bosh miya va orqa miyaga bo’linmagan. Bosh miyasi bo’lmaganligi tufayli bosh suyagi rivojlanmagan. Lantsetnikda nerv nayining devorida joylashgan yorug’likni sevuvchi Gess ko’zchalaridan tashqari, uning butun terisiga tarqalgan alohida sezuvchi hujayralardan iborat bo’lgan sezgi organlari mavjud.
Jabra teshigi tashqariga ochilmasdan, balki atrial yoki jabra oldi bo’shlig’iga ochilishi natijasida gavdaning ikki yon tomonida teridan iborat metaplevral burmalar hosil bo’lgan. Ovqat hazm qilish sistemasi ham kuchsiz rivojlangan bo’lib, hazm kanali ikki qismga ajralgan-halqum va ichakka (3-rasm).


3-rasm, Endostil (bezli egatcha) ning ko’ndalang kesimi:


1-tebranuvchi hujayralar; 2-bezli hujayralar; 3-jabra apparatining skeleti; 4-tselom (bo’shliq).

Halqumning osti tomonida bezchali egatcha, endostil joylashgan bo’lib, bu egatchaning ikki yon tomoni bor bo’yiga qator o’rnashgan hujayralar bilan, tubi bir qator o’rnashgan uzun kiprikli hujayralar bilan qoplangan.


Endostildan chiqqan shilimshiq modda, undagi kiprikchalarning harakati natijasida endostidning egatchasidan oldinga, og’iz teshigi tomonga qarab oqib boradi, so’ngra halqumni o’rab olgan kiprikli bo’lakchalar orqali yuqoriga ko’tariladi va nihoyat jabra usti egatchasidan o’tib, orqaga ya’ni ichakka tushadi.
Lantsetnikda qon-rangsiz, yuragi yo’q.
Ayiruv organlari to’g’ri burchak shaklida bukilgan naydan-nefridiyalardan iborat. Nefridiyalarning soni 90-100 juft bo’lib halqumning ustki tomonida joylashgan (4-rasm).

4-rasm. Lantsetnikning buyrak kanalchalari (nefridiyalari):


A-nefrostom va solinotsitlari ko’p bir butun kanalcha; B-buyrak kanalcha devorining


bir qismi va unga joylashgan solinotsitlar: 1-jabra yorig’ining ustki uchi; 2-jabra
oldi bo’shlig’idagi buyrak kanalchasining teshigi; 3-nefrostomalar.

Nefridiyalar bir qancha teshiklar (nefrostoma) orqali gavda bo’shlig’iga va bitta umumiy teshik orqali jabra oldi bo’shlig’iga ochiladi. Lekin bu teshiklar tutash bo’lib, ichi kanalli uzun hujayralar bilan qoplangan bu kanalda tebranuvchi tukchalar bo’lib, ular solinotsitlar singari tuzilgan. Ayiruv mahsulotlari nefridiyalar orqali to’g’ridan-to’g’ri selomdan atrial bo’shliqqa o’tadi.


Ko’payish organlari- urug’don va tuxumdon tashqi ko’rinishidan yumaloq shaklga o’xshash bezlaridan iborat bo’lib, u selomning jabra teshigi oldida joylashgan. Jinsiy mahsulotlari jinsiy bez devori bilan gavda devori yorilishidan hosil bo’lgan yoriqlardan jabra oldi bo’shlig’iga tushadi, u yerdan suv oqimi bilan birga atriopor orqali tashqariga chiqariladi.
Bosh skeletsizlar-haqiqiy dengiz hayvonlari hisoblanadi. Hayotining ko’p qismini yarim qumga ko’milgan holda o’tkazadi. Passiv oziqlanadi. Suvdagi muallaq ovqat zarralari halqum ostiga cho’kib, endostil hujayralardan chiqqan shilimshiqqa yopishadi va shu shilimshiq bilan birga ichakka o’tadi.
O’troq hayot tarzi hozirgi bosh skeletsizlarda qator morfologik moslanishlarni yuzaga keltirgan.
Bir qavatli epiteliyda bir hujayrali bezlar bo’lib, undan ajralgan shilimshiq modda lantsetnik tana qoplamini, hamda qumga ko’milishida mexanik ta’sirlardan himoya qiladi. Qumga ko’milishida lantsetnik muskulaturasi hamda lantsetsimon tananing dum qismi yordam beradi. Shuningdek atrial bo’shliq nafas apparatini qum zarrachalari bilan ifloslanishidan saqlaydi. Ko’p sondagi jabra yoriqlaridan, ko’p miqdordagi suvni o’tishi yarim qumga ko’milgan hayvonni nafas olish uchun zarurdir. Lantsetnikning ovqatlanishi ham, nafas olishi ham, gavdaning aktiv harakatisiz passiv ravishda, yolg’iz kiprikchalarning tebranib harakat etishi tufayli yuzaga keladi.
Tashqi tuzilishi.
O’lchami va tana shakli; suzgichlari-elka, dumosti va dum; metaplevral bo’rmalar; qamrag’ichlar bilan qoplangan og’iz oldi teshigi; anal teshigi.
Ichki tuzilishi
Lantsetnikning umumiy holatidagi: xorda; biriktiruvchi to’qimali parda; nerv nayi; miomerlar; mioseptlar; qamragichli yelkan; jabra yoriqli halqum; ichak; jigar o’simtasi; jinsiy bezlar.
Halqum atrofi ko’ndalang kesimi preparati: qoplamlar; miomerlar; metaplevral buramalar; xorda; nevrotselli nerv nayi; halqum, jabra yoriqlari; endostil; jabra usti egatchasi; selom xaltasi; jinsiy bezlar; jigar o’simtasi; aorta ildizi.
Ichak atrofi ko’ndalang kesimi preparati: ushbu preparatda ichki organlarning joylashish holati ko’rsatilgan.
Qon aylanish sistemasi: qorin aortasi; jabra arteriyasi; orqa aorta; oldingi va orqa kardinal venalar. Preparat va rasmdan qon aylanish sistemasini o’rganish.



Download 9,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish