Reja: 1 O’zbekistondagi dorivor o’simliklar



Download 18,24 Kb.
Sana04.06.2022
Hajmi18,24 Kb.
#634610
Bog'liq
Mavzu O\'zbekis-WPS Office


Mavzu: O'zbekistonning foydali o'simliklari.
Reja:
1 O’zbekistondagi dorivor o’simliklar

2Ayrim o’simliklarning sistematik tahlili

3 O’simliklarning tabiatdagi va inson hayotdagi o’rni
Tabiiy geografik sharoitga bog’liq holda o’simlik turlari respublikamiz hududlarida o’ziga xos qoplamlar hosil qiladi.
O’zbekiston hududining ko’pchilik qismida tabiiy sharoitning o’simliklar o’sishi uchun noqulay bo’lishiga qaramay (yozi issiq, quruq, seroftob, qishi nisbatan sovuq) o’simliklarning 120 oilaga mabsub bo’lgan 3700 turi mavjud. Biz quyida O’zbekistonnning foydali o’simliklari haqida to’xtalib o’tamiz. Umuman olganda mutlaq bir tur o’simlik zararli va foydali deb ajratib bo’lmaydi. Shuning uchun bu tushunchalar mutlaq emas, balki nisbiy tushunchadir. Foydali o’simliklar deganda dorivor, yem - xashak osimliklari yoki qishloq xo’jaligida foydalaniladigan o’simliklarni misol qildirib keltirish mumkin.

O’zbekistondagi dorivor o’simliklar



Hozirgi kunda O‘zbekiston florasida uchraydigan dorivor o‘simliklardan 110 dan ortiq turlari, ya’ni 2,5% tibbiyotda har xil kasalliklarni davolashda keng qo‘llanilmoqda, lekin respublikamiz hududida dori-darmonlik xusuciyatiga ega bo‘lgan o‘simliklarning 1154 dan ko‘proq turlari tarqalganligi to‘g‘risida (Q.H.Hojimatov va boshqalar, 2004) ma’lumotlar berganlar.
“O‘zbekiston florasi” nomli 6 jildli asarda qayd qilinishicha, O‘zbekistonda yovvoyi, madaniy o‘simliklarning 146 oilaga mansub 4500 ga yaqin o‘simlik turi bo‘lib, ularning 577 turi dorivor shifobaxsh o‘simliklar hisoblanadi.
O‘zbekiston florasi dorivor shifobaxsh turlarga juda boy. Bunday turlarni ilmiy asoslab o‘rganish bo‘yicha olimlarimiz ko‘plab ilmiy izlanish va tadqiqotlar olib bordilar va hozirda ham bu ishlar keng ko‘lamda davom etmoqda. Bizga ma’lum bo’lgan dorivor o’simliklar ba’zi turlari bilan tanishib chiqamiz.
Dorivor moychechak (romashka, moychechak) – Chamomilla recutita L., astradoshlar - Astraceae oilasiga kiradi. Juda xushbo’y hidli bo’ladigan bir yillik o’tsimon o’simlik, bo’yi 10-45 sm gacha boradi. Ildizi ingichka ildiz, och qo’ng’ir tusda bo’ladi. Poyalari yakka-yakka bo’lib, to’g’ri o’sadi, aksariyati juda shoxlab ketadi, ichi kovak. Barglari navbatma-navbat joylashgan, ikki qayta patsimon qirqilgan. Poyalari va shoxlarining uchidan uzun bandlari bo’ladigan gullar chiqadi, gullari aksariyati oq rangda. Mevasi- qo’ng’ir-yashil tusli, cho’zinchoq urug’li meva. May oyidan boshlab kuzgacha gullaydi. Viloyatning Деҳқонобод, Qamashi tuman, Langar, Qiziltom qishloqlari tog’ yonbag’irlarida, adir va qirlarida moychechakning yovvoyi turi ko’plab uchraydi. Ba’zi joylarda shifobaxsh o’simlik sifatida ekiladi. Gul tarkibida efir moyi, flavon glikozidlar, karotin, vitamin S va boshqa moddalar bor. Moychechak ichaklar spazmiga, mikroblarga, allergiyaga va yallig‘lanishga qarshi hamda yaralarni davolovchi ta’sirga ega. Shuning uchun uning dorivor preparatlari me’da-ichak va ginekalogik kasalliklarni davolashda hamda ter va yel haydovchi dori sifatida ishlatiladi. Xalq tabobatida moychechakdan tinchlantiradigan, talvasaga, yallig‘lanishga qarshi, o‘t va siydik haydaydigan, surgi bo‘ladigan vosita sifatida qadimdan foydalanib kelingan. Gastrit, kolit, gepatit, nefrit, sistitda, bezgak, isitma mahallarida, uyqusizlikda moychechak damlamasi buyurilgan. Moychechak gullaridan tayyorlangan qaynatmani unga tuz qo‘shib revmatizm, chipqon chiqqan mahallarda ishlatilgan. Meditsinada juda ko‘p doridarmonlarga qo‘shilib turli xil malhamlar tayorlanadi. Bizning fikrimizcha tabiiy moychechak ekmasiga nisbatan bir necha marta ko‘proq shifobaxshlik xususiyatiga ega. Ilmiy meditsinada moy chechak 20 dan ko‘p dori vositalarida ishlatiladi. Viloyatimizda uning zahirasi ishlatilishiga nisbatan juda kam deb hisoblaymiz.
Dorivor tirnoqgul- Calendula officinalis L., astradoshlar- Astraceae oilasiga kiradi. Bo’yi 30-50 sm ga yetadigan bir yillik o’t o’simlik. Ildizi – shoxlaydigan o’q ildiz, poyasi tik o’sadi, qalin tuklar bilan qoplangan , barglari navbatma-navbat joylashgan, chetlari tishli. Gullari poyasi va shoxlarining uchki tomonida joylashgan savatcha ko’rinishida to’pgullar hosil qiladi. Mevalari- urug’li meva. Iyundan kech kuzgacha gullaydi, iyul oxiridan boshlab mevalari yetilib boradi.
Bu o’simlikning asl vatani Janubiy va Markaziy Yevropa O’rta Osiyoning barcha respublikalarida va Qashqadaryo viloyatida manzarali va dorivor osimlik tariqasida ko’p ekiladi, Yakkabog’ tumanining “Qo’shtol” o’rmon xo’jaligida o’stiriladi. Tarkibida karotin, efir moyi, flavonoidlar, kumarinlar, smolalar, achchiq moddalar, triterpen saponinlar va boshqa moddalar saqlanadi. O’simlikning bargi va ildizida glikozidlar bo’ladi. Tirnoqgulning eng shifobaxshlisi uning xalq orasida tugmachagul deb yuritiladigani bo‘ladi. Uning gulining sifati va tarkibi boshqaplaridan bir necha marta yaxshi. O’simlikning dorivor prparatlari turli yaralar, kuyganni davolashda, stomatit, angina va tomoq og’riq kasalliklarida og’iz hamda tomoqni chayqash uchun ishlatiladi, shuningdek gastrit, me’da va o’n ikki barmoq ichakning yara kasalliklari hamda jigar kasalliklarini davolashda qo’llaniladi. Xalq tabobatida siydik haydovchi, balg’am ko’chiruvchi sifatida hamda gepatit, xolesistit, yara kasalligi, gipertoniya, siydik-tosh kasalligi davosiga ishlatilgan.
Ikki uyli gazanda (chayono’t, qichitqi) Urtica dioica L.Gazandadoshlar – Urticaceae oilasiga mansub, bo’yi 60-120 (150) sm keladigan ko’p yillik o’t o’simlik. Ildizpoyasi yer ostida sudralib o‘sadi. Poyasi tik o’sadi, to’mtoq to’rt qirrali, shoxlanmagan yoki qarama-qarshi shoxlangan. Barglari keng tuxumsimon, o’tkir uchli, sertuk, yirik arrasimon qirrali bo’lib, poya va shoxlarida bandi bilan qarama-qarshi o’rnashgan. Bir jinsli, yashil rangli mayda, ko’rimsiz, yashil rangli, 4 bo’lakli gullari barg qo’ltig’idan chiqqan boshoqcha to’plangan. Mevasi - tuxumsimon yoki ellipssimon, sariq-kulrang tusli yonroqcha. O‘simlikning hamma qismi achituvchi tuklar bilan qoplangan. Iyun oyining o‘rtalaridan boshlab kuzgacha gullaydi Mevasi sentabr oyida yetiladi. Bargi tarikbida vitamin K, S, V2, karatinoidlar, pantoten kislota, kversetin, atsetilxolin, efir moyi, organik kislotalar, oshlovchi va boshqa moddalar bo’ladi. Gazanda bargi tarkibida xlorofil ko’pligi va vitaminlari alohida ahamiyatga ega. Gazanda ildizpoyasida oshlovchi moddalar, nikotin va vitamin S uchraydi.
Qashqadaryo viloyatining yo‘l yoqalarida, ariq bo‘ylarida, nam va salqin o‘rmonlarda, aholi yashaydigan yerlarga yaqin joylarda, butalar orasida va boshqa yerlarda o‘sadi. Ilmiy tibbiyotda qon to’xtatuvchi, vitaminlarga boy xom ashyo sifatida ishlatiladi. Bu o’simlik preparatlari qon ivishini tezlatuvchi va bachadonni tonuslovchi ta’sirga ega. Shuning uchun ular bavosil kasalligida hamda akusherlik-ginekologiya amaliyotida qon to‘xtatuvchi dori sifatida, varikoz surunkali yaralarni davolashda, gipo- va avitaminoz kasalliklarida qo‘llaniladi.
Bargdan olingan urtifillin preparati yaralarni va kuyganlarni davolash uchun ishlatiladi.
Xalq tabobatida gazanda o’simligining xom ashyolari rak kasalligiga, stress holatlarga, toksinlarga qarshi, siydik іaydovchi vosita sifatida ishlatiladi. Undan tashqari, gazandadan olingan dori shakllari og’riq qoldiruvchi, qon to’xtatuvchi, yaralarning bitishini tezlashtiruvchi vosita sifatida ishlatiladi.
Adabiyot ma’lumotlariga ko’ra gazanda o’simligidan gemoglobin va eritrotsitlar soni pasayganda, qondagi qand miqdorini pasaytirishda foydalanish tavsiya etiladi. Gazandao‘tni har xil sharoitda yetishtirish imkoniyati mavjud. Uning biologik xususiyati shundan iboratki u o‘nib chiqishda va massa hosil qilishda tuproqning unumdorligiga qaramaydi. Shuning uchun ham undan tibbiyotga kerakli xom ashyo mahsulotini olishi imkoniyati bor.
Oddiy-jag’-jag’ (achambiti) Capsella bursa pastoris L.Oilasi – karamdoshlar – Brassicaceae, bir yillik tik o’suvchi, bo’yi 20-40 sm ga yetadigan, shoxlanmagan o’t o’simlik. Poyasi bitta, ba’zan bir nechta, tik o‘suvchi, shoxlangan yoki shoxlanmagan. Ildizoldi barglari bandli, cho’ziq lansetsimon bo’lib, turlicha qirqilgan. Poyadagi barglari mayda lansetsimon tekis qirrali bo’lib, bandsiz ketma-ket o’rnashgan. Gullari mayda, oqish rangli, to’rt bo’lakli shingilga to’plangan. Mevasi teskari uchburchak-yuraksimon qo’zoqcha. Aprel oyidan boshlab kuzgacha gullaydi, mevasi iyundan boshlab yetiladi. Aіoli yashaydigan yerlarda juda keng tarqalgan, yo’l yoqalarida, o’tloqlarda begona o’t sifatida ekinlar orasida o’sadi.
Jag’-jag’ tarkibida gissopin glikozidi, askorbin kislota, vitamin K1, organik kislotalar, flavonoidlar, saponinlar va oshlovchi moddalar uchraydi.
O’zbekistonning cho‘l zonalaridan tashqari barcha aholi yashaydigan yerlarda, yo‘l yoqalarida, o‘tloqlarda va begona o‘t sifatida ekinlar orasida o‘sadi. Tibbiyotda vitaminlarga boy, qon to’xtatuvchi, siydik xaydovchi vosita sifatida ishlatiladi. Barglari ancha kuchli fitonsid xossaga ega, ichak harakatlarini kuchaytiradi, ekstraktlari esa qon bosimini pasaytiradi.
Xalq tabobatida jag’-jag’ o’tini o’pka, bachadon, me’da-ichakdan qon ketganda, qon to’xtatuvchi vosita tariqasida ko’p ishlatiladi.
Oddiy dalachoy (qizil poycha) Hypericum perforatum L.Oilasi - dalachoydoshlar –Hypericaceae, ko’p yillik o’t o’simlik. Poyasi bitta yoki bir nechta bo’lib, tik o’sadi, bo’yi 20-75 sm gacha yetadigan, yuqori qismi shoxlangan, silliq, ikki qirrali. Barglari keng yoki ch’ziq tuxumsimon, poya va shoxlarida bandsiz qarama-qarshi joylashgan. Tilla sariq rangli gullari qalqonsimon ro’vakka, shingil yoki tarqoq soyabonga to’plangan. Mevasi – uch xonali, ko’p urug’li ko’sakcha. Iyul-avgust oylarida gullaydi. Mevasi iyul-sentabrda yetiladi.
Qashqadaryo viloyatida yo’l yoqalarida, ariq bo’ylarida, o’tloqlarda, bedazorlarda o’sadi. Xom ashyo sifatida o’simlikning yer ustki qismi yig’ib olinadi.
Dalachoy tarkibida oshlovchi moddalar, flavonoidlar va antratsen unumlari hamda boshqa moddalar bor. Dalachoy xom ashyosidan tayyorlangan dori shakllari qon to’xtatuvchi, yallig’lanishga qarshi yaralarni bitiruvchi, gijja haydovchi vosita sifatida ishlatiladi. Dalachoy o’simligi oshqozon-ichak kasalliklarini davolovchi, o’t va siydik haydovchi turli xil yig’malar tarkibiga kiradi. Xalq tabobatida tayyorlangan damlama tinchlantiurvchi, og’riq qoldiruvchi, bosh og’rig’ida va bod kasalligida yaxshi natija beradi.
Divorm – gijjalar yuqishini oldini olish maqsadida, lyambliozni kompleks davolashda, gijjalarga qarshi kimyoviy dori vositalarini qo’llagangandan keying tiklanish davrida qo’llaniladi.
Arpabodiyon Anisum vulgare Gaertn. Oilasi - selderdoshlar – Apiaceae, bir yillik o’t o’simlik. Bo’yi 30-60 sm ga yetadi. Poyasi tik o’sadi, ko’p qirrali, yuqori qismi shoxlangan. Ildizoldi va poyaning pastki qismidagi barglar uzun bandli, yumaloq, buyraksimon, yirik tishsimon qirrali, markaziy qismidagilari uzun bandli, yirik bo’lakli, arrasimon qirrali, yuqoridagilari qinli, 2-5 marta patsimon qirqilgan, poya uchidagilari bandsiz, chiziqsimon yoki tor lansetsimon, ketma-ket joylashgan. Mayda, ko’rimsiz, oq rangli gullari murakkab soyabonga to’plangan. Mevasi– jigarrangga moyil-kulrang, tuxumsimon shaklda ikki urug’lik qo’shaloq pista. Iyun-iyul oylarida gullaydi, mevalari avgustda yetiladi.
Markaziy Osiyoda, Shimoliy Kavkazda, Rossiyada xamda Ukrainada ziravor o‘simlik sifatida o‘stiriladi. Qashqadaryo viloyatining ba’zi tumanlarida fermer xo’jaliklari va aholi tomonidan ekiladi. Shuningdek tabiatda yavvoyi turi ham tarqalgan. Mahalliy aholi undan yel haydovchi vosita sifatida foydalanadi. Zahirasi juda kam. Taklifimiz uni ko‘paytirish usullarini ishlab chiqish lozim.
Meva tarkibida efir moyi, yog’ va oqsil moddalar bo’ladi. Efir moyi tarkibida stearopten – anetol, metilxavikol, anis aldegid, anis keton va anis kislota hamda boshqa terpenlar uchraydi. Mevasidagi efir moyi balg’am ko’chiruvchi, ichak faoliyatini kuchaytiruvchi, antiseptik, spazmolitik, siydik va o’t xaydovchi, qon bosimini pasaytiruvchi ta’sirga ega. Xalq tabobatida arpabodiyon nafas organlarining yallig’lanish kasalliklarida, o’tkir respirator kasalliklari, bronxit kasalligi, zotiljam, o’pka silida, balg’am ko’ chiradigan vosita tariqasida, astma xurujini yengillashtiradigan dori sifatida ishlatiladi.
. Oddiy bo’ymodaron Achillea millefolium L. Oilasi - astradoshlar – Asteraceae, ko’p yillik t o’simlik. Poyasi bir nechta, tik o’sadi, k o’pincha shoxlamaydi, shoxlangan holati kamroq uchraydi. B o’yi 20-50 sm ga yetadi. Ildizpoyasi shoxlangan, yer ostida novda hosil qiladi. Novdalardan ildizoldi barglar va poyalar o’sib chiqadi. Barglari oddiy, 2 marta patsimon ajralgan, bandsiz, ketma-ket joylashgan. Mayda, tuxumsimon savatchaga t o’plangan, ochish, ba’zan och pushti rangli gullari poyasi bilan shoxlari uchiga joylashgan qalqonsimon gul to’plamini hosil qiladi. Mevasi – yassi, tuxumsimon pista. Iyundan boshlab gullaydi, avgustda mevasi yetiladi. Viloyatning Kitob tumani Hazrati Cho’qchar tog’ tizmalari yon-bag’irlarida o’sadi.
Mahsulotning dorivor preparatlari me’da-ichak kasalliklarini davolash, ishtaha ochish va qon to’xtatuvchi dori sifatida qollaniladi. Xalq tabobatida bo’ymodaron o’ti va gullaridan tayyorlangan qaynatmalari qon to’xtatuvchi, jaroxatlarni bitiruvchi, isitma tushiruvchi vosita sifatida qo’llaniladi.
Tarkibida karotin, K va S vitaminlar, axillein va betonitsin alkaloidlari, efir moyi, lakton, xolin, smola, oshlovchi, achchiq va boshqa moddalar bo’ladi. Efir moyi tarkibida xamazulen, tuyon, kamfora va boshqa moddalar bor. Qashqadaryoda ilmiy meditsina uchun yetarli zahirasi mavjud.

Ayrim o’simliklarning sistematik tahlili


O’simliklarning sistematik tahlil qilishdan avval sistematika tushunchasi haqida to’xtalib o’tamiz. Rasmiy ravishda tan olingan botanika nomenklatura-sinnng xalqaro kodeksi tomonidan yer yuzida tarkalgan O’simliklarni birliklari sifatida 23 taksonomik bir-lik kabul kilingan. Xususan: Riegnum vegetabile — bu-ning suzma-suz tarjimasi O’simliklar olami; Devisio —bulim; Subdevisio — kenja bulim; Klassus — ajdod; Subklassus — kenja ajdod; Ordo — kabila; Subordo — kenja kabila; Familia — oila; Subfamilia — kenja oila; Genus — turkum; Subgenus — kenja turkum; Species — tur; Subspecies — kenja tur; Varietales — variatsiya; Subvarietas — kenja variatsiya; Forma — (forma) shakl:
O’simliklar sistemasidagi taksonomik birliklarning asosiylari bulim, ajdod kabil g) oila, turkum, tur bulib, xar bir O’simlik turi shu taksonomik birlikka mansub. O’simliklar olamining eng kichik va asosiy taksonomik birligi tur xisoblanadi.
Xuddi xayvonot olamidagidek taksonomik birliklar va ularga taallukli O’simliklar turlarining nomlari xalkaro lotin tilida beriladi. Masalan: Ordo Rosales — kabilasi ra’nogullilar, familia Rosaceae — ra’no-guldoshlar oilasi, genus—Rosa — turkum na’matak, species Rosa canina — tur—itburun va xokazo.
«Botanika nomenklaturasining xalkaro kodeksi» usim¬liklar olamini taksonomik birliklarini atashda chal-kashliklar sodir bulmasligi uchun xar bir taksonomik birlikning oxirini kuyidagi kushimchalar bilan tuga-shini tavsiya kiladi. Bulim — phyta, ajdod — psida, kabila — ales, oila — aseaye, turkum — us.
Bu qoidadan istisno tarikasida kdsimda kabul kilin-gan va fanda tulik tan olingan Angiospermae bulimi (yopik ururlilar)ga taallukli Traminea (javdarlar), Camposita (murakkab gullilar), Legumiosae (dukkakli-lar) kabi taksonlar undan ortik O’simlik oilalari bu qoidadan istisno.
Yuksak O’simliklar nomenklaturasining xalkaro ko-deksiga keyingi yillarda ma’lum uzgarishlar va kushim¬chalar kiritildi. Xususan, A. Taxtadjyan yopik ururli yoki gulli (Angiosperma yoki Anthopnyta) O’simliklarni Magnoliophyta (Magnolia turkumi nomidan), ikki palla-lilarni (Dicatiladonea) Magnoliatae deb bir pallalilar (Monocatiladonae) Liliatae (Lilium turkumi nomidan) deb atashni taklif etadi. Shu bilan bir katorda yukorida eslatilgan Campoisita, Graminea, Leguminosae singari fanda mustaxkam urin olib kolgan taksonlarning ular uchun xarakterli turkumlar nomi bilan (Asteraceae, Fabaceae, Poaceae va xokazo) deb atalashi taklif qilinadi.
Taksonomik birliklarning (xususan oilalarning) bu yangi nomlari A. Taxtadjyanning «Gulli O’simliklarning sistemasi va filogeniyasi» (1966) deb nomlangan kito-bida birinchy uringa kuyilib, ularning eski nomlari esa sinonim sifatida kursatilgan. Englerning sistema-sida, xususan uning «Syllabis» deb nomlangan kitobining ikkinchi jiltida eski nomlar asosiy, yangi berilgan nomlar esa sinonim sifatida beriladi. A. Taxtadjyan taklif kilgan bu yangi nomlar xamma botaniklarni bir xilda koniktiradi, deb bulmaydi. Kupchilik botaniklar nomenklaturaga kiritilgan bu uzgarishlarning umuman xojati yukligi va bu nomlar gulli O’simliklarning asl ma’nosiga muvofik kelmasligini uz ilmiy tadkikotla-rida bayon etdilar. Shuning uchun bulsa kerak, Uzbekis-ton respublikasi Fanlar Akademiyasining Botanika in-stituti ilmiy xodimlari tomonidan yaratilgan 10 jildli «Urta Osiyo O’simliklarining aniklagichi» Engler sis¬temasi asosida tuzilgan. Shuni xam eslatib utish urin-liki, xozirgi kunga kadar yuksak O’simliklarning tokso-nomik kategoriyalarini nomlash ma’lum bir tartibga kir-gan emas. Shu sababli O’simliklar olamini eng oliy toksonomik birligi bulgan bulim oxiri simonlar (lo-tincha — Phyta), ajdod — simonlar (psida), kabila (ales); oila—dosh (lotincha aseaye) kushimchasi bilan tugashini e’tiborga olib yozish maksadga muvofikdir.
Barcha takson va O’simliklarning nomlari bulimdan boshlab turkumga kadar lotin tilida atokli ot xisobla¬nadi va bosh xarf bilan yozilib, turkumlarning tur nomi esa birlikda ifodalanadi. Masalan, klassus Hepaticae (yoki Hepaticopsida^HrapcHMOH yusinlar ajdodi, familia Ranunculacae — ayiktovondoshlar, oilasi genus Rosa — turkum itburun. Uzbek tilida xam O’simlik toksonom-larining belgilari yukorida kursatilgan tartibda bulsa maksadga muvofik bulur edi. O’simlikning nomi yozil-ganda uning ikkinchi kismi (tur nomi odatda lotin ti-lida, atokli yoki turdosh ot bulishidan kat’iy nazar kichik xarf bilan yoziladi. Masalan, Triticum durum kattik burdoy, Tulipa qreigi — Greygi lolasi. Misol-lardan kurinib turibdiki, bu qoida uzbek tili qoida-lariga turri kelmaidi. Uzbek tilida O’simlik nomlari
aytilganda uning nomi turkum nomidan oldin turadi. Masalan, Bibershtein lolasi — Tulipa Biebersteinia; Ok kayin — Betula alba — kattik burdoy — triticum durum va xokazo. Agar lotin tilidan aynan tarjima kilinsa, kayin ok, burdoy kattik, lola bibershtein buladi. Bu qoidaga moye kelmaidi. Lekin lotin tilida O’simlik nom¬lari yozilganda yukorida keltirilgan qoidaga rioya kil-mok zarur. Shunga kura, O’simlik nomlari uzbek tiliga tarjima kilinganda yoki uning tavsifi berilganda tur¬kum nomi xam tur nomi xam kichik xarflar bilan yozili-shi talabga muvofikdir.
Botanika nomenklaturasidagi qoidalardan yana biri shuki, O’simlikning nomi yozilganda albatta uni birinchi bor tavsifini bergan muallifning familiyasi tur no¬midan sung tulik yoki kiskartirilgan xolda yoziladi. Rasa canina Linnaeus.
Bunda Linneyni bosh xarfi, — L yoki bosh burini beriladi: Masalan: Zakirov — Zak, Maximovitschi — Max va xokazo.

Ko’knorning sistematik tahlili.


Ajdodcha (sinfcha): Ayiqtovonkabilar – Ranunculidae
Qabila(tartib): Ko’knornamolar – Papaverales
Oila: Ko’knordoshlar – Papaveraceae Juss
Turkum: Ko’knor – Papaver L.
Tur: Ko’knor – Papaver soniferum.
Dorivor Gulxayrining sistematik tahlili
Ajdodcha (sinfcha): Dalachoykabilar – Dilliniidae.
Qabila(tartib): Gulxayrinamolar- Malvales.
Oila: Gulxayridoshlar – Malvaceae Juss
Turkum: Gulxayri – Althea L.
Tur: Dorivor Gulxayri – Althea officinalis.
Na’matakning sistematik tahlili
Ajdodcha (sinfcha): Ra’nokabilar– Rosoidae.
Qabila(tartib): Ra’nonamolar- Rasales.
Oila: Ra’nodoshlar – Rasaceae Juss.
Turkum: Na’matak – Rosa L.
Tur: Na’matak – Rosa.
Oshqovoqning sistematik tahlili
Ajdodcha (sinfcha): Dalachoykabilar– Dilliniidae.
Qabila(tartib): Qovoqnamolar- Cucurbitales.
Oila: Qovoqdoshlar – Cucurbitaceae Juss.
Turkum: Qovoq– Cucurbita L.
Tur: Oshqovoq– Cuurbita moschata.

O’simliklarning tabiatdagi va inson hayotidagi o’rni.


O’zbekistonda yovvoyi holda o’sadigan yuksak o’simliklarning 4000 dan ortiq turlari mavjud. Ular 1028 ta avlod va 145 ta oilaga mansub bo’lib: daraxt, buta, butacha, chala buta, o’tsimon va suvo’tlar ko’rinishida o’sadi.
O’simliklar butun yer yuziga tarqalgan bo’lib, faqat quruqlikda emas, balki ko’l, dengiz va okeanlarda, ba’zan, ancha katta chuqurliklarda ham o’sadi.
Yashil o’simliklar havodan karbonat angidrit gazini o’zlashtirib, yashil pigment – xlorofill yutgan quyosh nuri yordamida (urug’da) uni ildiz orqali tuproqdan shimilgan suv malekulalari bilan biriktirish xususiyatiga ega.
Fotosintez yoki uglerod assimilatsiyasi deb ataladigan bu protsess natijasida o’simliklar tanasining tuzilishi va hayot faoliyatining saqlanishi uchun zarur bo’lgan organik moddalar hosil bo’ladi.
Fotosintez oksidlangan karbonat angidritning tiklanish protsessi bo’lib, bunda erkin kislarod ajralib chiqadi. O’simliklar assimilatsiya protsessida 1 gr-molekula CO2 yutganda, ular tanasida ximiyaviy energiya sifatida qariyb 112 kkal fotosintez mahsuloti to’planadi.
Fotosintez natijasida atmosferaga ajralib chiqadigan juda ko’p miqdordagi kislarot planetamizda hayotni saqlab turadi, chunki o’simliklar, hayvonlar va odamning nafas olishi uchun kislarod zarur.
O’simliklar, hayvonlar va odam nafas olish protsessida karbonat gazini ajratadi, bundan tashqari, nobud bo’lgan organizmlarning chirishi, yonishi va achishi protsessida ham bu gaz atmosferaga chiqadi.
Biroq, atmosferada karbonat angidrid gazining zapasi ortib ketmaydi, chunki o’simliklar fotosintezi protsessida har yili bu gazning qariyb 175 milliard tonnasini o’zlashtirib, uni organik modda hosil qilishda sarflaydi. Shunday qilib, o’simliklar karbonat angidridning biogen aylanishida ishtirok etib, uni assimilatsiya protsessida sarflaydi.
Bundan tashqari, o’simliklar qurib, chiriganda ham karbonat angidrid atmosferaga o’tadi.
Fotosintez protsessida o’simliklar har yili quyosh radiatsiyasining Kuybeshov GEC to’xtovsiz 200 yil ishlaganda beradigan energiyasiga teng inergiyasini o’zlashtirib, ximiyaviy energiyaga aylantiradi. (Bu GEC ning unumdorligi yiliga 10 milliart kvt soatga teng). Yashil o’simliklar juda ko’p karbonat angidrid o’zlashtiri, milliard tonnalab organik modda hosil qilib va havoga nihoyatda ko’p kislarod ajratib, planetamiz tabiatini tubdan o’zgartiradi.
Yashil bo’lmagan o’simliklar (xlorofillsiz zamburug’lar va bakteriyalar) ham moddalarning o’zgarishiga ishtirok etadi. Ular o’simliklar va hayvonlarning nobud bo’lgan qoldiqlarida yashab, murakkab organik moddalarni birmuncha oddiyroq mineral moddalar (karbonad angidrid, ammiak , suv va boshqalar) ga parchalaydi.
Bu moddalarni yuksak o’simliklar osonlikcha o’zlashtiradi. Azotning biogen aylanishi protsessi ham o’simliklar yordamida sodir bo’ladi.
Bu protsesning mohiyati shundan iboratki, tuproq bakteriyalarining ayrim turlari atmosferadan erkin azotni o’zlashtirib, o’z tanasining oqsil moddalarini tuzish xususiyatiga ega ekan.
Bu bakteriyalar nobud bo’lgandan kiyin ularning tanasidagi organik azot tuproqda turli o’zgarishlarga uchrab, ammiak va element holidagi tuproq bakteriyalari ta’sirida azot saqlovchi organik moddalar va ammiak asta-sekin nitrat kislota tuzlariga aylanadi, undan yuksak o’simliklar mineral oziqlanadi.
O’simliklar boshqa ko’p moddalarning, masalan, oqsillar va bir qancha organik birikmalar tarkibiga kiradiga fosfir va oltingugurtning biologik aylanishida ishtirok etadi.
O’simliklar nobud bo’lib, tanasi parchalanib ketgandan kiyin bu elementlar qaytadan tuproqqa tushadi. Shunday qilib, agar yer yuzida o’simlik qoplami bo’lmaganda edi, organik olamning boshqa formalari (odam, hayvonlar) yashashi mumkin bo’lmas edi.
Yer kurrasining deyarli hamma qismida uchraydigan o`simliklarning tabiat va inson hayotidagi roli beqiyosdir. Yashil o`simliklar deyarli barcha tirik organizmlarni nafas olishi uchun zarur kislorod bilan ta`minlaydi. Ular o`z faoliyati davomida anorganik moddalarni organic moddalarga aylatiradi. Ma` luki, organic moddalar (o`simliklarning o`zi) kishilar va hayvonlar uchun zarur oziq hisoblanadi. Yashil o`simliklar hosil qilgan oziq moddalarda quyosh enengiyasito`planadi (akkumilyatsiya bo`ladi). Bu to`plangan energiya hisobigs yerda hayot davom etadi, ya`ni kishilar sanoatdafoydalanadigan energiya resurslarning asosini ana shu yashil o`simliflar to`plagan quyosh energiyasi tashkil etadi.
Sanoat uchun kerak bo`ladigan ko`pgina xomashyomahsulotlarini ham yashil o`simliklar etkazib beradi.ma`lumki, havo tarkibida azot, kislorod, vodorod, karbonat angidrid va shu kabi ozuqa moddalar bo`ladi. Atmoseraning 75.51 foizini azot, 23.01 foizini kislorod, 0.03 foizini karbonat angidrid va 1.28 foizini argon tashkil etadi. Vodorod, neon, geliy va shu kabi boshqa moddalar esa kam miqdorda uxhraydi. Tirik organizmlar nafas olishidakisloroddan foydalanadi. Nafas olish va yonish jarayonida organic moddalar oksidlanadi, ya`ni kisllorodni biriktirib karbonat angidrid va suv ajralib chiqadi.
Tabiatda bundan tashqari ham ko`p oksidlanish jarayonlari bo`lib turadi. Shu jarayonlart uzluksiz davom etib turish natijasida atmosferadakislorod miqdorikamayib tamom bo`lishi kerak edi. Vaholangki,bunday bo`lmaydi. Buga sabab tabiatda kislorodning qayta hosil bo`lishi yashil o`simliklar tifayli uzluksiz davom etib turadi. Ana shu muhim jarayonning asosini suvv vakarbonat angidrid tashkil etadi. Karbonat angidrid o`simlik bargiga kirib, uni to`qimalari tarkibida bo`lgan suvda eriydi va quyosh energiyasi hamda xlorofill ishtirokida tabiatda uchraydigan eng ajoyib hadisalardan biri fotosintez jarayoni sodir bo`ladi. Fotosintez jarayonida suv kislorodi ajralib chiqadi va havoni kislorod bilan boyitadi. Lekin kislorodning ajralishibu fotosintez jarayonining bir tomoni xolos. Ikkinchi tomoni bu biologic jarayonida qandlar, krxmallar, uglevodlar, nuklein kislorod hosil bo`ladi. Nuklein kislorod esa oksidlarnihosil qiladi.
O`simlik inson hayoti uchun faqatgina kislorod ajratib bermasdan, balki zarur mahsulotlar, qand, kraxmal, oqsil, moy, kauchik,portlovchi moddalar , tola, qog`oz, efir moylari, dorivor moddalar va hayvonlar uchun yem-hashaklar yetkazib beradi.
Yer yuzining quruqlikda va suvda yashovchi barcha yashil o`simliklari har yili fotosintez natijasida120milliard tonnage yaqin biomssa hosil qiladi. Ammo o`simliklar tabiatda o`z vazifasini dialektik qonun asosida bajaradi. Agar tabiatda faqat yashil o`simlklarningish faoliyati bo`lganda edi, yer yuzi allaqachon organik moddalar bilan to`lib ketib, hayot to`xtab qolar edi. Vaholangki, bunday bo`lmaydi, chunkimeniral moddalardan organic moddalar (uglevodlar, oqsillar, yog`lar) sintezi bir vaqtda ikkinchi muhim jarayon, ularning meniral moddalarga paarchalanishi ham bo`llib turadi. Bunday parchalanish birgina nafas olishda emas, balki tuproqning ustki qatlamlari va suvda ham ro`y beradi. Shuningdek, organic moddalar bateriya va zamburug`lar ishtirokida parchalanib meniral moddalarga aylantiriladi. Demmak, ana shunday ikki katta guruh o`simliklar ishtiroki bilan tabiatda uzluksiz biologil modda almashinish jarayoni ro`y berib turadi.
Download 18,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish