Mavzu bo’yicha topshiriqlar:
Suyakli baliqlar sinfining biologik va morfologik ta’rifini o’rganish.
Suyakli baliqlarning ko’payishi va rivojlanishini o’rganish.
Baliqlar suv hayvoni sifatida: nafas olish, ovqat hazm qilish, qon aylanish va ayirish sistemalarini tuzilishini o’rganish.
Suyakli baliqlarning kelib chiqishi, evolyutsiyasi va sistematikasini o’rganish.
12-Mashg’ulot Suyakdor baliqlar tashqi tuzilishining xilma-xilligi.
Turning sistematik holati
Tip. Xordalilar – Chordata
Kenja tip. Umurtqalilar-vertebrata yoki bosh skeletlilar –
craniata
Bo’lim. Jag’og’izlilar –Gnathastomata
Katta sinf. Baliqlar-Pisces
Sinf. Suyakli baliqlar-Ostlichthyes
Kenja sinf. Shu’la qanotlilar-Actinopterygii
Katta turkum. Suyakdor baliqlar - Teleostei
Turkum. Karpsimonlar-Cypriniformes
Tur. Zog’ara baliq-Cyprinus carpiol
Jihozlar
Tirik baliq
Tayyor preparatlar: yorilgan baliq; ovqat hazm qilish sistemasi; qon aylanish sistemasi; bosh miyasi.
Tablitsalar: suyakli baliqlarning tashqi ko’rinishi; ichki organlarining umumiy joylashishi; ovqat hazm qilish sistemasi; qon aylanish sistemasi; urg’ochi va erkagining ko’payish organlari; bosh miyasi.
Preporaval jihozlar (ustara, qaychi, qisqich, preporaval ninalar, kantselyariya to’g’nag’ichi
Vannachalar.
Ishning mazmuni
Suyakli baliqlar tanasi shaffof suyak plastinkalardan iborat bo’lgan suyak tangachalar bilan qoplangan. Har bir tangacha o’ziga xos xaltachada, xuddi bir biriga cheripitsa singari joylashgan.
Bitta tangachani pentsit yordamida olib mikroskopda yoki yorug’da ko’riladi. Tangachalar sikloid (chekkasi tekis) va ktenoid (tishsimon qirrali) bo’lishi mumkin. Tangachada och (keng) va qoramtir (kalta) yillik halqalar seziladi. Yoz davrida baliqlar tanasi intensiv ravishda o’sganligi tufayli tangachalar ham sezilarli darajada o’sgan, tangachalarda keng och qavat shakllanadi. Qishda esa baliqlarning o’sishi susayganligi tufayli tangachalarda nozik qoramtir qavat yuzaga keladi. Tangachalardagi och va qoramtir halqalarni hisoblab ularning yoshini aniqlash mumkin.
Baliqlar tanasi shilliq qavat bilan qoplanganligi tufayli zich suv muhitida harakatlanishni osonlashtiradi.
Yorish:
Baliqni yorish uchun qorin tomonini yuqoriga qilib chap qo’lga olinadi. Qaychining o’tkir tig’ini anal teshigiga qo’yib, tananing qorin tomonidan boshga qarab og’izgacha kesiladi. Kesishda uchragan yelka kamari qaychi yordamida kesiladi.
Baliq ko’ndalang kesilgandan so’ng, chap yonidan qirqiladi va qaychining o’tmas uchi bilan tanasi yon chiziq bo’ylab yuqoriga kesiladi. Ikkinchi ko’ndalang kesimi jabra qopqog’i atrofidan amalga oshiriladi. Shundan so’ng ko’ndalangiga kesishni yon chiziqqa yonma-yon olib boriladi va ikkala ko’ndalang kesiklar tutashtiriladi. Kesib olingan to’qima bo’lagi ajratib olinadi. Shundan so’ng tananing oldingi qismida joylashgan jabralar va yurak ochiladi. Buning uchun jabra qopqog’i va yelka kamari suyaklari kesiladi. Yuragi jabraning tagida joylashgan.
Ichki organlarning umumiy joylashishi
Qachonki baliq yorilgandan keyin ichki organlarning umumiy joylashish holatini ko’rish mumkin.
28-rasm. Zog’ara balig’ining tashqi va ichki tuzilishi:
1-venoz qo’ltig’i; 2-yurak bo’lmasi; 3-yurak qorinchasi; 4-qorin aortasi; 5-aorta so’g’oni; 6-olib keluvchi jabra arteriyalari; 7-kyuver oqimi; 8-jabra; 9-oshqozon; 10-o’n ikki barmoqli ichak; 11-ingichka ichak; 12-to’g’ri ichak; 13-anal teshigi; 14-jigar; 15-o’t pufagi; 16-o’t yo’li; 17-oshqozon osti bezi; 18-taloq; 19-suzgich pufagi; 20-buyrak; 21-siydik yo’li; 22-siydik – tanosil o’sig’i; 23-jinsiy bez; 24-jinsiy teshik.
Jabra qopqog’ining ostida to’rt juft jabra yoylari yotadi. Undan so’ng ikki kamerali yurak joylashgan. Uning oldingi qismida kengaygan qorin aortasi ya’ni aorta ravog’ini ko’rish mumkin, undan qorin aortasi boshlanadi. Jabra bo’shlig’i qorindan nozik vertikal to’siq yordamida ajratilgan.
Qorin bo’shlig’ining oldingi qismida oshqozon bilan o’ralgan yaxshi rivojlangan jigari mavjud. Oshqozondan ichak nayi boshlanadi. Ingichka ichak bilan oshqozon orasida zich tanacha ko’rinishida oshqozon osti bezi joylashgan.
Ichak tutqichining biriga qoramtir-qo’ng’ir rangdagi talog’i joylashgan. Tana bo’shlig’ining orqa qismida jinsiy organlari ya’ni urug’don va tuxumdon joylashgan. Jinsiy organlarning rivojlanish darajasi baliqni tutish vaqtiga va yoshiga bog’liq. Urug’donlar sut rangida bo’lish bilan farq qiladi, shuning uchun ular sut ham deyiladi. Tuxumdonlar doncha ko’rinishidagi sariq rangdagi xaltacha shaklida bo’ladi (ikra).
Barcha organlar tubida, o’q skelet tagida havo yoki suzgich pufakchasi joylashgan. Embrional rivojlanishda suzgich pufakchasi ichakning orqa o’simtasi sifatida hosil bo’ladi. Bu muhim gidrostatik apparat baliqlarda suvning yuqori va pastki yuzasiga ko’tarilib tushishida, hamda zichligini o’zgartirishda ahamiyati katta. Suzgich pufagi yordamida baliq tashqi bosimni aniqlashi va uni eshitish apparatiga uzatish (ottolitlar), muvozanatni saqlash vazifalarini bajaradi. Suzgich pufagi ba’zi baliqlarda nafas olish va tovushni uzatish organi funktsiyasini ham bajaradi.
Umurtqa pog’onasining pastki qismida qoramtir-qizil rangdagi buyraklar joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |