Mavzu bo’yicha topshiriqlar:
Baliqlar katta sinfining biologik va morfologik ta’rifini o’rganish.
Harakat-tayanch sistemasi, tuzilishining asosiy belgilarini o’rganish.
Baliqlar suv hayvoni sifatida: nafas olish, qon aylanish va ayirish sistemalarini tuzilishini o’rganish.
Tog’ayli baliqlarning kelib chiqishi, evolyutsiyasi va sistematikasini o’rganish.
5. Akulaning markaziy nerv sistemasi tuzilishini o’rganish.
11- Mashhulot. Suyakli baliqlar sinfi- Osteichthyes. Karp balig’ining tashqi va ichki a’zolari.
Turning sistematik holati
Tip. Xordalilar – Chordata
Kenja tip. Umurtqalilar-vertebrata yoki bosh skeletlilar –
craniata
Bo’lim. Jag’og’izlilar –Gnathastomata
Katta sinf. Baliqlar-Pisces
Sinf. Suyakli baliqlar-Ostlichthyes
Kenja sinf. Shu’la qanotlilar-Actinopterygii
Katta turkum. Suyakdor baliqlar - Teleostei
Turkum. Karpsimonlar-Cypriniformes
Tur. Zog’ara baliq-Cyprinus carpiol
Jihozlar
Tirik baliq
Tayyor preparatlar: yorilgan baliq; ovqat hazm qilish sistemasi; qon aylanish sistemasi; bosh miyasi.
Tablitsalar: suyakli baliqlarning tashqi ko’rinishi; ichki organlarining umumiy joylashishi; ovqat hazm qilish sistemasi; qon aylanish sistemasi; urg’ochi va erkagining ko’payish organlari; bosh miyasi.
Preporaval jihozlar (ustara, qaychi, qisqich, preporaval ninalar, kantselyariya to’g’nag’ichi
Vannachalar.
Ishning mazmuni
Suyakli baliqlar baliqlar faunasining ko’p turlarini o’z ichiga oladi. Ular okean, dengiz, daryo, ko’l va hovuzlarda keng tarqalgan.
Xilma-xil sharoitda yashaganligi tufayli tashqi ko’rinishi turlicha. Shunga qaramasdan tuzilishida umumiy belgilari mavjud. Tog’ayli baliqlardan farq qilib, suyakli baliqlar skeleti u yoki bu tartibda suyakdan iborat bo’ladi. Jabra to’siqlari ko’pchilik vakillarida reduktsiyalangan va jabra yaproqlari jabra yoylariga joylashgan. Jabra apparati jabra qopqog’i bilan qoplangan muhim gidrostatik organ vazifasini bajaruvchi suzgich pufaklari shakllangan.
Suyakli baliqlarda urug’lanish tashqi, tuxumi kichkina, soni ko’p miqdorda.
Suyakli baliqlarning tuzilishidagi xususiyatlar suyakdor baliqlar katta turkumi (kenja sinf shu’la - qanotlilar) misolida ko’rib chiqiladi, bu guruh vakillari suyakli baliqlarning qariyib 90% tashkil qiladi. Ular uchun juft suzgichlari skeleti harakterli hisoblanadi (ko’krak va qorin suzgichlarida bazaliyalar, qorin suzgichida esa radialiya bo’lmaydi). Juft suzgichlari tanaga nisbatan vertikal joylashgan. Og’zi boshning oxirida joylashgan. Dum suzgichi gomotserkal tipda. Spiral klapani yo’q. Ko’pchilik suyakli baliqlarda ko’r ichak (pilorik) o’simta shaklida bo’ladi. Tanasi yupqa plastinka shaklidagi suyak tangachalar bilan qoplangan. Kloakasi yo’q. Arterial konus bilan birgalikda aorta so’g’oni vujudga kelgan.
Tashqi tuzilishi
Tana bosh, gavda va dumga bo’lingan; Juft suzgichlari-ko’krak va qorin; toq-elka, dum-osti (anal) va dum; og’iz teshigi; ko’z; juft burun teshigi; jabra qopqog’i; yon chiziq; jinsiy, ayiruv va anal teshigi; suyak tangachalar.
Ichki tuzilishi
Ovqat hazm qilish sistemasi; og’iz bo’shlig’i; halqum; qizilo’ngach; o’n ikki barmoqli ichak, ingichka, yo’g’on , to’g’ri ichak; pilorik o’simtalar; jigar; o’t pufagi; oshqozon osti bezi.
Nafas olish organlari: to’rt juft jabralar.
Qon aylanish sistemasi: ikki kamerali yurak (bo’lmacha va qorincha); aorta ravog’i; qorin aortasi; to’rt juft jabra arteriyasi. Preparat va rasmdagi qon aylanish sistemasining sxemasini o’rganish.
Ayiruv organlari: chanoq buyragi; siydik yo’llari.
Ko’payish organlari: urug’don; tuxumdon; jinsiy yo’llar.
Markaziy nerv sistemasi: bosh miya (hidlov bo’lagi, oldingi miya katta yarim sharlari, oraliq miya, o’rta miya, miyacha, uzunchoq miya); ko’ruv nervining kesishganligi (xiazma); orqa miya.
Do'stlaringiz bilan baham: |