Termiz davlat universiteti zoologiya kafedrasi umurtqalilar zoologiyasi



Download 9,55 Mb.
bet19/57
Sana09.04.2022
Hajmi9,55 Mb.
#539649
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   57
Bog'liq
AMALIY MASHG’ULOTLAR

Ovqat hazm qilish sistemasi
Tog’ayli baliqlarda to’garak oziqlilarga nisbatan murakkab, takomillashgan umumiy uzunlikdagi, bo’laklarga bo’lingan hazm kanali mavjud. Akulada oshqozoni yaxshi rivojlangan, ichaklar bir necha bo’laklarga bo’lingan. Yo’g’on ichakda baland burmali spiral klapan mavjud. Bu minogaga nisbatan ovqatning harakatlanishini sekinlashtiradi. Ko’pchilik akulalarning jag’ida plakoid tangachalarni o’zgarishdan hosil bo’lgan haqiqiy tishlari mavjud.
Og’iz teshigi halqumga olib boruvchi keng og’iz bo’shlig’iga ochiladi. Akulada til juda kuchsiz rivojlangan. Halqum bo’shlig’i ichki jabra yorig’iga va sachratqichga ochiladi. Halqum bo’shlig’i qisqa qizilo’ngachga va undan oshqozonga tutushgan. Oshqozonning oldingi qismi-kardial qism, keyingi qismi-pilorik qism deb ataladi. Oshqozin oldida katta ikki bo’lmali jigari joylashgan bo’lib, qisman ichakni qoplab turadi. Jigarning chap tomonida, yo’li ichakka ochiluvchi yirik o’t pufagi mavjud.
Oshqozon ingichka ichakka ochiladi. Oshqozonning ichakka ochilgan joyida yorqin rangdagi oshqozon osti bezi joylashgan bo’lib, uning yo’li o’t pufagi yo’li bilan birga ingichka ichakka tutashadi. Qisqa ingichka ichak yo’g’on ichakka birikadi, ichakning keyingi qismi yoki to’g’ri ichak kloaka teshigiga ochiladi.
Orqa ichakning boshlang’ich qismida kichkina barmoqsimon o’simta Rektal bezi joylashgan. Yo’g’on ichak devorida burmalar bo’lib, ular bir qancha burilishni hosil qiladi. Bu spiral klapan bo’lib, yo’g’on ichakning ichki yuzasini kengaytirib, hazm jarayonini yaxshilaydi.


Nafas olish organlari
Tog’ayli baliqlarda nafas olish vazifasini jabralar bajaradi. Jabra apparati uchta qismdan: jabra yoylari, jabralararo to’siqlar va jabra yaproqlaridan iborat. Tog’aysimon jabra yoylari, halqum devoridagi jabra yoriqlari orasida joylashgan. Jabra yoylariga terisimon jabralararo to’siqlar yopishgan bo’ladi. Tog’ayli baliqlarda besh juft jabra yoriqlari bo’ladi. Jabra yoylari va yoriqlari sonini qisqarishi umurtqali hayvonlar evolyutsiyasida progressiv bosqich hisoblanadi. Har bir jabralararo to’siqning ikki (oldingi va orqa) tomonida jabra yaproqlari joylashgan. Tog’ayli baliqlarda to’garak og’izlardan farq qilib, jabra yaproqlari ektodermal kelib chiqishga ega.
Jabra yaproqlari jabra yoriqlarining oldingi va orqa tomonida joylashib, yarim jabralarni hosil qiladi. Natijada har bir jabra ikkita yarim jabradan iborat. Yuqorigi jabra yoyidagi (til osti) jabra yaproqlari faqat orqa tomonda joylashgan. Shunday qilib, tog’ayli baliqlarda to’rtta jabra juft va bitta yarim jabra yoki 9 ta yarim jabradan iborat bo’ladi. Murtak holatdagi jabra yaproqlari ham sachratqich devorida joylashgan. Bu shundan dalolat beradiki, sachratqichlar qoldiq holatdagi jabra yoriqlari hisoblanadi.
Tog’ayli baliqlarda nafas olish og’iz-halqum harakati orqali amalga oshadi, bunda suv halqum bo’shilig’idan jabraga borib, uni yuvib jabra yoriqlari orqali tashqariga chiqib ketadi. Qonning kislorodga boyishi va karbonat angidrid gazini chiqarishi jabra yaproqlaridagi kapillyar qon tomirlarida amalga oshadi.
Qon aylanish sistemasi
Tog’ayli baliqlarda qon aylanish sistemasi to’garak og’izlilarga o’xshash.



20-rasm. Akulaning qon aylanish sistemasi:
1-yurak; 2-qorin aortasi; 3-jabraning qon olib keluvchi arteriyasi; 4-jabraning qon olib ketuvchi arteriyasi; 5-aortaning chap tarmog’i; 6-chap uyqu arteriyasi; 7-orqa aorta; 8-dum venasi; 9-chap keyingi kardinal vena; 10-chap oldingi kardinal vena; 11-chap kyuver oqimi; 12-jigarning darvoza venasi; 13-jigar venasi; 14-chap yon vena; 15-buyrakning darvoza venasi; 16-umrov osti venasi.

Yurak, yurak oldi bo’shlig’ida joylashgan bo’lib, uni tananing boshqa bo’shliqlaridan vertikal to’siq ichki-perikard ajratib turadi.


Yurak ikki kamerali bo’lib, yo’g’on devorli qorincha va bo’lmachadan iborat. Tog’ayli baliqlarga xos yurak qorinchasining yuqori qismiga arterial konus birikkan bo’lib, bu xususiyat to’garak og’izlilarda mavjud emas. Arterial konus yurak qorinchasining bir qismi ekanligi, uning devori ko’ndalang-targ’il muskullardan iboratligidir. Undan qorin aortasi boshlanadi. Yurakni ko’targanimizda, nozik devorli yurak bo’lmasiga egiluvchi, xaltasimon shakldagi venoz sinus ko’zga tashlanadi. Unga tanadan venoz qon olib keluvchi qon tomirlar kelib tutashadi.
Qorin aortasidan venoz qonni jabraga olib beruvchi besh juft olib keluvchi jabra arteriyalari tarmoqlanadi. Akulada har bir yarim jabradan oksidlangan qonni olib ketuvchi jabra arteriyasi chiqadi. Olib ketuvchi arteriyaning birinchi birinchi jufti qonni sachratqichga olib boradi va uyqu arteriyasini hosil qiladi. Qolgan olib ketuvchi arteriyalar juft bo’lib birikib, mustaqil ravishda aorta ildiziga qo’yiladi, aorta ildizlari bir-biri bilan qo’shilib umumiy orqa aortani hosil qiladi. Bu xususiyat to’garak og’izlardan farq qilib, tog’ayli baliqlarda bitta aorta ildizi mavjud bo’ladi. Orqa aorta umurtqa ostidan o’tib, tananing keyingi qismiga borib, dum arteriyasini hosil qiladi. Akulaning ko’ndalang kesimida bu qon tomir yaxshi ko’rinadi. Orqa aortadan mayda qon tomirlar chiqib, akulaning ichki organlarini qon bilan ta’minlaydi. Ko’krak suzgichlarga qonni umrov osti arteriyasi, ichak arteriyasi esa oshqozon, jigar va ichakning oldingi qismini arterial qon bilan ta’minlaydi.
Oldingi qorin arteriyasi arterial qonni ichakning keyingi qismiga va jinsiy organlarga olib boradi.
Venoz qon vena qon tomirlar sistemasidan yig’ilib, qisqa kyuver oqimi orqali venoz sinusga qo’yiladi. Qon venoz sinusdan yurak bo’lmasiga tushadi (21-rasm).

21-rasm. Akulaning venoz sistemasi sxemasi:


1-kyuver oqimi; 2-kardinal sinuslar; 3-jigar; 4-dum venasi; 5-oldingi kardinal vena;
6- keyingi kardinal vena; 7-jigar venasi; 8- pastki kardinal vena; 9-yonbosh vena;
10-jigarning darvoza venasi; 11- buyrakning darvoza venasi; 12-umrov osti venasi.

Dum venasi, dumdan venoz qonni olib, qorin bo’shlig’iga kelib, buyrak darvoza venasini hosil qiladi. Shundan so’ng venoz qon juft keyingi kardinal venaga yig’iladi va qorin bo’shlig’ining orqa tomonidan oldinga harakatlanib, kyuver oqimiga qo’yiladi.


Ovqat hazm qilish kanali va tomoqdan qaytgan venalar jigar darvoza venasini hosil qiladi. Bu qon tomir jigarga kelib mayda qon tomirlar to’rini ya’ni jigar darvoza sistemasini hosil qiladi. Jigardagi qon juft jigar venasi orqali venoz sinusga qo’yiladi. Juft suzgichlardagi venoz qon yonbosh venalari nomi bilan kyuver oqimiga qo’shiladi.
Tanananing bosh qismidan qaytgan venoz qon juft oldingi kardinal vena nomi bilan jabra yoyining ustidan o’tadi. Tanadagi vena qon esa juft orqa kardinal venaga to’planadi, ular yurak tekisligida tegishli tomonning bo’yinturuq venalari bilan tutashib, vena sinusga quyiladigan juft kyuver oqimini hosil qiladi.

Download 9,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish