Termiz davlat universiteti tarix fakul’teti jaxon tarixi kafedrasi tarix o’qitish metodikasi


Tarix o’qitishda bosma matnlar bilan ishlash usuli



Download 1,1 Mb.
bet7/41
Sana14.06.2022
Hajmi1,1 Mb.
#671615
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41
Bog'liq
2 5190428377617535667

3. Tarix o’qitishda bosma matnlar bilan ishlash usuli.
REJA

  1. Tarix darsligi matnlari ustida ishlash, tushuntirish va izohlash.

  2. Siyosiy arboblarning asarlarini o’rganish.

  3. Siyosiy hujjatlarni o’rganish.

  4. Tarixiy hujjatlar ustida ishlash.

  5. Moddiy madaniyat buyumlari.

  6. Tasviriy san’at asarlari.

  7. YOzma manbalar.



Tayanch so’z va iboralar.
Tarix o’qitishda ko’llaniladigan matnlarga - darslik matni, tarixiy hujjatlar, ilmiy - ommabop va badiiy, tarixiy adabiyotlar kiritilishi. Bosma matnlarga a) tushuntirib va izohlab o’qish: b) darslik matni mazmunini o’zlashtirish; v) o’quvchilarni bob, paragraf va undagi joylarni bir - biridan ajrata bilishga o’rgatilishi.

Maktabda tarix o’qitishda qo’llaniladigan matnlarga-darslik matni, tarixiy hujjatlar, ilmiy-ommabop, badiiy tarixiy adabiyotlar kiradi. Bosma matnlar o’quvchilar tarixiy bilimlarining asosiy manbai bo’lgani kabi o’qituvchining bilim manbai og’zaki bayonining asosini tashkil etadi. O’qituvchi shu manbalardan to’g’ri va unumli foydalangandagina uning bayoni maktabda ta’limning yuksak talablariga javob berishi, o’qituvchi bayonining o’quvchilarga tushunarli, mazmunli, maroqli, mafkuraviy va ilmiy jihatdan yuksak, ishonarali, obrazli va ta’sirli bo’lishi mumkin. Matnlar ustida ishlash o’quvchilar bilimini kengaytiradi, tarixiy fakt va hodisalarning mohiyatini, ularning qonuniyatlarini chuqurroq tushunib olishlariga yordam beradi, dunyoqarashni shakllantiradi, tarixiy voqealarga ob’yektiv bo’lishga o’rganadi. Maktab o’quvchilari har xil matnlar ustida ishlab mustaqil ish ko’rish malakasini hosil qiladilar va tarixiy tadqiqot ishlarining dastlabki mayeteriallari bilan amaliy ravishda tanishadilar.


O’qituvchi dastur talabiga muvofiq bayon mazmuniga darslik matnini asos qilib oladi. O’qituvchi o’zining bayonini boshqa matnlar asosida yanada konkretlashtiradi va boyitadi, darslik matni o’quvchilarning darsda va darsdan tashqari tarixni o’rganish, o’zlashtirish va uni esda saqlab qolishning, bilish faoliyatining ijodiy izlanish ishlarini olib borishning muhim manbalaridir. Matn va ulardagi savollar, topshiriqlar tarix kursining mazmunini jiddiy o’zlashtirishga va olingan bilimlarini hayotda, xuqo’qiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish yo’lidagi ishlariga yordam beradi.
Darslik matni ustidagi ishlar o’quvchi materiallarini o’zlashtirish va uni esda saqlab qolish, o’quv matnini tahlil qilish va undan tarixiy voqea hodisalarning muhim belgilarini topish, faktik materiallarni va tarixiy faktlarni muhim belgilarini bir-biriga taqqoslash, konkretlashtirish va umumlashtirish kabi turli xil maqsadlarda olib boriladi. Matn ustida ishlashda xronologiyani tayyor tarixiy tushunchalar ta’rifini o’zlashtirish va ularni mustaqil aniqlash, darslikda bayon qilingan voqea va hodisalarning rivojlanishini kuzatib borish, konkret tarixiy faktlar va statistik ma’lumotlar asosida ijtimoiy rivojlanish tendensiyalarini bilib olish, mahalliy, vaqtli, sabab-natijali va tarixiy aloqalarning qonuniyatlarini o’zlashtirish va konkretlashtirish, lug’at ishlarini, mazmunli suratli rejalar, jadvallar tuzish va boshqa shu kabi uncha murakkab bo’lmagan yozuv va grafika ishlarini olib borish, matn ustida dasurli ta’lim elementlarini amalga oshirish kabi vazifalar ham ko’zda tutilgan.
Maktab tajribasida darslik matni ustida ishlashning quyidagi usullari mavjud:
Tushuntirib va izohlab o’qish. 6-sinfda qadimgi dunyo tarixini o’qitishning dastlabki oylarida o’qituvchi butun mavzu yoki uning biror bo’limini goh bayon qiladi, goh darslik matnini o’qib, tushuntirib beradi. O’qituvchi matnning murakkab joylariga kelganda hikoyasini to’xtatib, matnni ovoz chiqarib oxirigacha o’qib beradi, o’quvchilar esa matnga qarab kuzatib borishadi, tushunish oson bo’lgan joylarni o’quvchilarning o’zlariga ham o’qitish mumkin. Matnni o’qish jarayonidayoq uning mazmunini o’quvchilarning tushunish darajasi tekshiriladi. O’qituvchi dars davomida o’quvchilarga savollar berib darslik matniga tez-tez murojaat qilib, undan yangi iboralar, atamalarni, qiyin jumlalar mazmunini tushuntirib beradi, bu bilan o’quvchilarni darslik matnini e’tibor berib, tushunib o’qishga o’rgatadi, ularning uyda darslik ustida mustaqil ishlashlariga tayyorlaydi. O’quvchilarni tarixiy materiallariga tushunib, matnni o’qishda ma’lum darajada malaka hosil qilganlaridan keyin matnning eng muhim va qiyin joylarini izohlab o’qishga o’tiladi. Izohli o’qish ham o’qituvchining bayoni bilan birga olib boriladi. O’qituvchining o’z bayoni davomida darslik matnini xususan matndagi ayrim murakkab joylarni izohli o’qish usuli hatto yuqori sinflarda ham qo’llaniladi.
O’qituvchining o’z bayonida o’quvchilar diqqatini darslik matnidagi ayrim jumlalar va iboralar jalb etadi. O’qituvchi ba’zi jumla va tushunchalarning mohiyatini ko’rib chiqish paytida o’quvchilarning diqqatini darslikdagi ibora va tushunchalarga tortib, agar zarur bo’lsa ularning mazmunini tushuntirib beradi, o’quvchilarning mavjud bilimlariga suyanib, bu tushunchalarning umumiy xislatlarini, farqlarini, sabab natijalarini, ular o’rtasidagi bog’liqlikni hamda qonuniyatlarini o’zlashtirib olishlarida yordam ko’rsatadi. Bunda o’quvchilar bilim olishining har uchchala manbai: og’zaki bayon, matn ustida ishlash, ko’rgazmalilik va amaliy ishlar metodi ishtirok etadi. Darslik matni mazmunini o’zlashtirishda uning har bir paragrafini tahlil qilish va ular ustida o’quvchilarni mulohazalarni yuritish katta ahamiyatga egadir. Masalan, o’qituvchi o’quvchilarni darsda o’tilayotgan paragraf matnida qo’yilgan muammolarni va uning tematik strukturasini ajratib berishni topshiradi.
O’quvchilar bob, paragraf va undagi punktlarni bir-biridan ajrata bilishga o’rgatiladi. O’qituvchi yangi materialni bayon qilishdan oldin o’quvchilarga shu paragraf ichidagi kichik sarlavhalarni o’qishni tavsiya qiladi va darsni bayon qilish rejasi bilan tanishtiradi, ularning mazmuni va ifodalanishdagi tafovvutlarning sabablarini izohlab beradi. O’qituvchi o’zining bayoni davomida kichik sarlavhalar ichidagi mavzularga takror-takror qaytishi mumkin ayniqsa, yangi tushunchalarga duch kelinganda shunday bo’ladi.
Darslik matni mazmunini bevosita o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan ishlar bu darslik matni ustida olib boriladigan ishning markaziy masalasidir. Bu ishlar matni tahlil qilish, umumlashtirish, tarixiy faktlarga baho berish, ular o’rtasidagi sabab va boshqa aloqalarni ochib ko’rsatish va ularni taqqoslashdan iboratdir. Bu ishlar quyidagi metodik usullar bilan:
a) har bir paragraf yoki kichik mavzu mazmunining eng muhim masalalari yuzasidan kontrol so’roqlar tuzdirish yo’li bilan;
b) o’qituvchi bergan savollarga o’quvchilarning darslik matnida javob topish yo’li bilan;
v) darslik matnida o’qituvchining xulosasini tasdiqlovchi faktlarni topdirish yo’li bilan;
g) Darslik matnida bayon etilgan voqealar bir biriga o’xshashligini, farqlarini aniqlash yo’li bilan;
d) Tasdiqlab berishning talab qiladigan vazifalar bilan amalga oshiriladi.
Darslik matni ustida ishlashning muhim elementidan biri o’quvchilarni uyida ishlash uchun beriladigan vazifasini bajarishga o’rgatishdir. O’quvchilar bu vazifani muvafaqqiyatli bajarish uchun topshirilgan vazifaning mazmunini va uni bajarish yo’lini yaxshi anglab olishlari shart. Binobarin, o’qituvchi uy vazifasini topshirishda, uning xarakterini belgilashda o’quvchilarning bilim va malakalarini e’tiborga olish, har gal beriladigan vazifa oldindan ko’ra murakkab bo’lishi va shu bilan ularning bilimlari va malakalarini oshib borishga xizmat qilishi lozim. Reja tuzish va shunga muvofiq hikoya qilishga o’rgatish, matn yuzasidan berilgan savollarga javob berish, jadval, sxema, diagrammalar tuzdirish va boshqa xil grafik ishlarni bajarish, uy vazifasini jiddiy va mustaqil bajarish namunalaridir.
O’quvchilarni darslik matnidan zarur joyni tez topa bilishga o’rgatish ham ta’limning muhim elementidir.
O’quvchilarni aktiv aqliy faoliyatining muhim metodlaridan biri ularning o’qituvchi bayon qilgan yangi materiallarni o’zlashtirishda mavjud bilimlarni ishga sola bilishdir. Har bir darsda o’quvchilarni mavjud bilimlardan foydalana bilishga o’rgatish lozim. O’quvchilar olgan bilimlarini esdan chiqarib yubormasliklari uchun vaqt-vaqti bilan ularning e’tibori darslik matniga qaratiladi.
Uyda ishlab kelish uchun berilgan topshiriqlarni o’quvchilar qanday bajarganliklarini tekshirishda ma’lum bo’lgan og’zaki yoki yozma javoblaridagi xatolarni, aniqsizliklarni to’g’rilash uchun ham darslik matniga murojaat qilinadi. SHunday qilib, darslik matni ustidagi ishlar turli xil metodik usullar yordamida, o’qitish jarayonining barcha bosqichlarida - materialni o’zlashtirish darajasini tekshirish paytlarida olib boriladi va xakozo.
Darslik matni ustida olib boriladigan ishlar o’qituvchi bayonini mazmunan boyitadi, faolligini oshiradi, o’quvchilarning bilish faoliyatini aktivlashtiradi va ularning darslik matnini osonroq va puxta o’zlashtirib olishlariga yordam beradi, mustaqil bilish, malaka va qobiliyatlarni o’stiradi.

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish