AMIR NASRULLOXONNING TARIXIY PORTRETI
Reja:
Kirish
I bob. Nasrullox Bahodirxon-Buxoro amiri (1827-1860)
1.1 Amir Haydarning vafot etishi va hokimyat uchun kurash.
1.2 Nasrulloxonning Buxoro taxtini egallashi. Amirlikning ichki va tashqi siyosati.
II bob. Tarixiy manba va adabiyotlarda Amir Nasrullox shaxsiyatining talqini
2.1 Amir Nasrulloxon “qassob amir”mi!?
2.2 Amir Nasrulloxon shaxsiyati: uydirma va haqiqat
Xulosa
Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro‘yxati.
Kirish.
O‘zbekiston tarixining o‘rta asrlar, xususan, so‘nggi o‘rta asrlar davriga oid tadqiqotlar nisbatan kamchilikni tashkil etadi. Shu bilan birga, sovet davri tarixshunosligida bu davrda yashagan shaxs, davlat arboblarining faoliyatiga nisbatan bir tomonlama qarab kelindi. Natijada, XVI-XIX asrlarda faoliyat ko‘rsatgan O’rta Osiyo xonliklari hukmron sulola vakillari zolim, ma’rifatsiz, o‘z saroylarida huzur-halovatda yashagan hukmdorlar sifatida nohaq ayblar qo‘yib kelindi. Ularning islohotchilik faoliyati, ma’rifatparvarligi va xalq mehrini qozonish yo‘lidagi faoliyati deyarli yoritilmadi. Buning oqibatida, bugungi kunda ham ta’lim tizimi o‘quv adabiyotlari va ilmiy ba’zi tadqiqotlarda ularning faoliyatini yoritishda sovet davri metodlari ta’siridan uzoqlashmaslik holati yuqori darajasini saqlab qolgan. Shu nuqtai nazardan, xonliklar davri tarixiy shaxslari faoliyatiga xolis baho berish tarix fani oldidagi dolzarb vazifalardan biridir.
Buxoroda Ashtarxoniylar sulolasi hokimyatdan ketkanidan so‘ng(1756-yil) Buxoro taxtini yangi Mang‘itlar sulolasi egalladi va Buxoroni 1920-yilgacha ya’ni Rossiya podsholigi bosib olgunga qadar boshqardilar. Mang‘itlar sulolasining yirik vakillaridan biri hisoblangan Amir Nasrulloxonning hukumronlik yillarida(1826-1860)olib borgan siyosati, turli-xil islohotlari diqqatga sazovordir. Umuman olganda ushbu hukumdorning portreti tog‘risida ko‘plab tarixiy va badiy adabiyotlarda turli-xildagi ma’lumotlar uchraydi. Bazi manbalarda hatto uni “qassob amir”deb ham atashgan. Amir Nasrulloning Qo‘qonga qilgan harbiy yurishi natijasida uning bosib olinishi, hamda adabiyotning yirik namoyandalaridan biri hisoblangan Nodirabegimning vafot etishi, Amir Nasrulloxonning adabiyotda uning nomini qoralanishiga ham sababchi bo‘lganligini ham ko‘plab asarlarda uchratishimiz mumkin. Sovet davrida ham, bugungi kunga ham Nasrulloxon tog‘risida tadqiqotchilar ko‘plab yozishkan. Biroq unda asosan mang‘it sulolasining yetuk hukumdorining hayoti va faoliyati ko‘plab qora bo‘yoqlarda tasvirlangan. Aslida esa tarixchining asosiy vazifasi muayyan tarixiy shaxsning portretini yaratishda o‘sha davrdagi holat va vaziyatlardan kelib chiqib yondoshishi, holis baho berishi lozim. Ushbu kurs ishida Amir Nasrulloxonning Buxoro amirligida, umuman olganda Vatanimiz tarixida qanday o‘rin olganligi to‘g‘risida so‘z boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |