2.2 Amir Nasrulloxon shaxsiyati: uydirma va haqiqat
Bizga ma’lumki, XX asr boshlarida Buxoro amirlik tuzumi va Mang‘itlar sulolasining hukumronligiga qarshi keng miqyosida kurash, jadidchilik harakati, yosh buxoroliklar paretiyasining faoliyati natijasida, shuningdek, Rossiya bolsheviklarining hokimyat tepasiga kelishi va sovet Rossiyasining harbiy kuchlari bo‘lgan qizil armiya jangchilari tomonidan Buxoro shahriga qilingan bosqin natijasida 1920-yilning 2-sentabrida Buxoro amirlik tuzumi ag‘darilib tashlandi. Natijada Buxoro tarixida yangi tuzum-respublika davri boshlandi. Shu davrdan boshlab yangi tuzum faollari bo‘lgan Yosh buxorolik jadidlar o‘zlarining dushmani sifatida Mang‘itlarni qattiq tanqid qilishka kirishdilar. Bu ishlarning boshida S.Ayniy va Fitratlar turishdi. Keyinchalik bu holatlar yanada avj olib ketdi. S.Ayniy o‘zining biq qancha asarlarida “Buxoro jallodlari”, “Buxoro mang‘it amirlari tarixi” va shunga o‘xshash tatqiqotlarida mang‘itlar sulolasi vakillarini asosan qora bo‘yoqlarda tasvirladi. Bundan keyin bu holatlar yanada avj oldi. Qo‘qon tarixnavislik maktabining asoschilaridan hisoblangan Isxoqxon To‘ra Ibrat ham o‘zining “Farg‘ona Tarixi” asarida Amir Nasrulloxonni Qo‘qonga qilgan yurishini, u yerda olib borgan ishlarini qattiq qoraladi. Bundan tashqari Fitrat va Ibratlar tomonidan Nasrulloxon “Botur qassob”, “Qassobning boturi” degan nomlar bilan tilga olindi. Biz asosiy adabiyotlardan biri sifatida foydalanayotkan Rajabovning tarixiy risolasida Fitratning 1930-yili yozgan “Amir Olimxonning hukumronlik davri” nomli tarixiy risolasida barcha mang‘it amirlari singari Amir Nasrulloxonning faoliyati qoralanganligini keltirib o‘tadi. Shuningdek istbot tariqasida Fitratning ushbu asaridan quidagi jumlalarni keltirib o‘tadi: “Amir Haydardan keyin uning o‘g‘li Amir Husayn taxtga o‘tirdi, biroq ikki oy-u necha kundan keyin u vafot etdi. Uning o‘g‘lini Amir Umar egalladi. Biroq Amir Haydarning o‘g‘li Amir Nasrullo o‘zining birodariga qarshi lashkar tortib, Buxoroni o‘rab oldi va hukumatni o‘z qo‘liga oldi. Nasrullo oldin Umarni omon qoldirib, Buxorodan chiqarib yubordi, ammo o‘z ahdiga vafo qilmay orqasidan jallodni yubordi. Jallood Amir Umarni boshini kesib keltirdi. Nasrullo o‘zining boshqa aka-ukalarini ham turli xiyla-nayranglar bilan o‘ldirdi va Buxoro hukumatiga hech qanday raqobatsiz ega bo‘ldi. Unga “qassobning boturi” laqabi berilgan edi deya fikrlarini keltirgan. Bu gaplarning qanchalik “asosli” ekanligini biz turli xil manbalar orqali bilib oldik. Xususan Uning birodarlari hisoblangan Amir Husaynning qo‘shbegi Muhammad Hakimbiy tomonidan zaharlab o‘ldirilganligini manbalar orqali asoslab berildi. Amir Husayndan keyin taxtga chiqqan Amir Umar esa Qo‘qondan qo‘nim topkani va o‘sha yerda vaboga chalinib olamdan o‘tkanini tarixchi Mirzo Salimbek ham, bundan tashqari ingliz sayyohi A. vamberi ham qayt etib o‘tkani yana bir bor takidlaymiz. Shunday ekan ularning o‘limida Amir Nasrulloxonni ayblash qanchalik noo‘rin ekanligi oydinlashadi. Fitratning shubhasiz tariximiz oldidagi xizmatlari katta biron uning ushbu asaridagi Mang‘itlar sulolasining vakillariga bo‘lgan tavfsiflar noto‘g‘ri ekanligini va ushbu asar o‘sha davrdan kelib chiqib qaralsa, bolsheviklarning maxsus buyurtmasi natijasida yozilganligi va unda sinfiy yondoshuvning ustunligini ta’kidlab o‘tish lozim. Biroq ushbu asarning o‘sha davrdan kelib chiqib bu tarzda yozilganligini tushundik, ammo aynan mana shunday asarlar natijasida bugungi kundan ko‘plab ilmiy tatqiqotlar olib borildi va o‘z tatqiqotlarida foydalanib kelishmoqda. Jumladan 2010-yilda qayta nashr etilgan “Vatan Tarixi” kitobida Amir Nasrulloxon haqida quidagi jumlalar keltirilgan: “Amir Nasrullo Buxoroni qamal qildi va hokimyatni qo‘lga kiritdi. U nayman urug‘ aslzodalarining hammasini qatl ettiradsi, bir qismini shahardagi baland minoralardan tashlattiradi, ularning uy-joylarini va oilalarini talash va haqoratlashni qo‘shinlariga topshiradi. Nasrullo dastlab Umarga rahm qilib uni omon qoldiradi. Ularga Qo‘qon xoni boshpana beradi. Lekin o‘z va’dasiga vafo qilmagan Nasrullo jigarining orqasidan odam yubortirib o‘ldirtiradi. O‘sha paytda Umar 21 yoshga endigina to‘lgan edi. O‘taketkan shuhratparast va ichi qora Nasrullo hamma narsadan shubhalanar va hech kimga ishonmas edi. Nasrullo qonxo‘rligi bilan nom chiqargan edi. Shu sababdan unga “qassobning boturi” deb laqab qo‘yishgan”26 deya qayt etilgan edi. Bularning taqdirlari qay tarzda kechkanligini yuqorida qayt etib o‘tdik. Bundan tashqari professor A.Sagdullayeb boshchiligidagi bir guruh tarixchi olimlar (B.Aminov, O‘.Mavlonov, N.Norqulov) tomonidan yozilgan “O‘zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti” 1-qismida ham ushbu fikrlarni uchratishimiz mumkin: “O‘z akalari (Husayn va Umar) ni o‘ldirib, Buxoro taxtini egallagan Amir Nasrullo Buxoroning eng shavqatsiz vaqonxo‘r hukumdori sifatida tarixda qoldi…o‘z dushmanlarida qo‘rquvni kuchaytirish, o‘z hokimyatini mustahkamlash uchun Buxoroda har kuni ko‘plab kishilarni qatl ettirib turgani uchun uni “qassob amir” deb ham ajratadi27 Ushbu ko‘chirmalardan ko‘rinib turibdiki, Amir Nasrullox haqida aytilgan va qora bo‘yoqlarda tasvirlangan tasvirlar sovet va mustaqillik davridagi chop etilayotkan ko‘plab kitob va maqolalardan o‘rin olib kelmoqda. Bu achinarli holat albatta. Muammoning yukini yanada og‘irligini, yanada chuqrligini ushbu ishga adabiyotshunoslarning ham o‘zlarining “hissa”larining ham qo‘shkanligidan ham bilish qiyin emas. Xususan adabiyotshunos olim va adib P.Ravshanov o‘zining “Malika Kenagasoyim yohud Amir Nasrulloning o‘limi qissasi” nomli tarixiy qissasida Amir Nasrulloxonning faoliyati faqat qora bo‘yoqlarda tasvirlangan. Uning “Amir Nasrullo” deb nomlangan qismida Nasrulloxxonning shaxsiyati quidagicha tasvirlangan: “U tabiatan odamiylik sifatlaridan mahrum, xudbin, rahm-shavqatdan forig‘, fikri tor, kuchga zo‘r berguvchi bir kas edi. Maslahat deyilsa, joni chiqib ketardi-nazarida, undan bo‘lak aqlli kishi yo‘q edi. Go‘labirdan kelgan, bug‘doyrang, qora soqoliga oqlar oralagan, mudom adrasto‘n kiyadigan amir umrida hech kim bilan do‘st bo‘lgan va hech kimni chiqishtirgan emasdi. Yaxshilikni tez unutadigan, yomonlikka hayollamay javob qaytaradigan odati, yoshi ulg‘aygan sari yo‘qolish o‘rniga, kuchaygandan kuchayib boradi”.Bundan tashqari uning shaxsiyatini turli-xil mubolag‘ayu bo‘rttirmalar bilan tariflaydi: “ Amirning razolati shu darajada ediki, davlatning harbiy qudratiga daxldor, vaqtida bemisl xizmatlar qilib qo‘ygan kishilar ham bir soniyada uning dushmaniga aylanardi. Shubha va gumonlik uning qoniga singib olgan iblislar edi” deya o‘z jumlalarini keltiradi. Hech qanday tarixiy dalillarsiz o‘z fikrlari orqali bir shaxsni bu darajada qoralash noo‘rindir. Amir Nasrlloxonning hukumronlik davrida mamlakatda olib-borgan turli islohotlari natijasida mamlakatning iqtisodiy va harbiy qudrati anchagina yuksalganligini tarixiy manba va adabiyotlar ko‘rsatib turibdi.
Xulosa
Bugungi kunda o‘zbek xalqini yagona milliy g‘oya atrofida jipslashtirish va birlashtirish, xalqimizning bunyodkorlik faoliyatini jonlashtirish jarayonida Amir Nasrulloxonning mamlakatimiz tarixidagi tutkan o‘rni va ro‘lini xolis baho berishimiz va xalqimizga yetkazishimiz darkordir. Amir Nasrulloxon o‘zining 33 yillik hukumronligi davridagi olib borgan ishlarini, uning Turkiston tarixidagi o‘rni quidagilar bilan belgilanadi:
Birinchidan, Amir Nasrulloxon Buxoroda qattiy markazlashtirish siyosatini olib bordi. Mamlakatning birligini, jipsligini saqlab qolish uchun qattiq harakat qildi va markaziy hokimyatga bo‘ysunishni istamagan Shahrisabz va Kitob bekliklarining qarshiligini uzoq muddat kurash olib borib oxir-oqibat sindirib, turli ayirmachilik harakatlarga barham berdi.
Ikkinchidan, Nasrulloxon o‘zining siyosatida butun Movarunnahr va Xorazmni yagona davlatga birlashtirish uchun harakat qildi. Biroq bu natijaga erisha olmagan bo‘lsa ham, lekin qisqa muddat davomida Movarunnahrni birlashtirib u yerdagi aholini yagona bir xalq sifatida bir bayroq ostida yashashini ta’minladi. Bundan tashqari Qo‘qon xonligi hududining Buxoro amirligiga qo‘shib olinishi aslini olganda ikki o‘zbek davlatchiligining birlashtirilishi edi.
Uchinchidan, Nasrulloxonning Buxoro amirligida olib borgan turli-xil islohotlari natijasida mamlakatning ko‘plab sohalari anchagina taraqqiy etdi. Ayniqsa uning 1837-yilda olib borgan harbiy islohoti natijasida mamlakatda yangi zamonaviy o‘t ochar qurollar paydo bo‘ldi, hattoki mamlakatning o‘zida zamonaviy to‘p quyadigan ustaxonalar barpo etildi. Hatto chet eldan mutaxasislar ham chalb etildi. Bularning natijasida qo‘shinning salohiyati anchagina o‘sishga erishdi. Aynan harbiy islohatlarning natijasida Rossiyaning tajovuzi va hujumiga qarshi kurashda Buxoro amirligini uch o‘zbek davlatlari orasida eng keskin kurash olib borgan va uzoq muddat qarshilik qilishiga olib keldi. Rossiya imeriyasining bosqini natijasida Buxoro amirligi mag‘lubiyatka uchragan bo‘lsada, mamlakat hududining muayyan qismini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.
To‘rtinchidan, Nasrulloxon o‘zining faol tashqi siyosati orqali Buxoro davlatining azaldan yaxlit qismi hisoblangan Balx, Marv va boshqa bir qator hududlarni amirlik ihtiyoriga yana qaytarishga erishdi.
Buxoro amiri hisoblangan Nasrulloxon o‘zining hukumronlik davri mobaynida ulkan ishlarni amalga oshirdi, bularga tarix guvoh. Hukumdor sifatida dushmanlariga shavqat qilmadi va bu yo‘l orqali o‘z xalqi va o‘z mamlakatini ham himoya qildi. Bu davrlarda ba’zi kamchilik va xatolarga ham yo‘l qo‘ydi. Biroq tarixchi sifatida muayyan shaxsning faoliyatini tahlil qilishda zamonasozlik qilmasdan, ularga asossiz ayblar qo‘ymasdan, ular yashab o‘tkan sharoit va vaziyatdan kelib chiqqan holda holis baholasak ayni muddao bo‘lardi. Zero yosh avlod o‘zining bobokalonlari haqida faqat qora bo‘yoqlarda tasvrilangan va yomon ishlari bilan to‘lib toshkan ma’lumotlar bilan tanishmasdan, ularning ham qilgan ezgu ishlari, botirliklari, ko‘rsatkan jasoratlari haqida ham bilishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |