Amir nasrulloxonning tarixiy portreti


II bob. Tarixiy manba va adabiyotlarda Amir Nasrullox shaxsiyatining talqini



Download 97 Kb.
bet4/6
Sana05.06.2022
Hajmi97 Kb.
#638390
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qo‘shboyev Quvonchbek Salimjon o‘g‘lining O‘zbekiston tarixi fanidan

II bob. Tarixiy manba va adabiyotlarda Amir Nasrullox shaxsiyatining talqini
2.1 Amir Nasrulloxon “qassob amir”mi!?
Buxoro amirligida qattiy markazlashtirish siyosatini olib borgan, turli xil separatistik kayfiyatdagi kuchlar qarshiligini sindirishga harakat qilgan, o‘z siyosatida butun Movarunnahr va Xorazmni yagona davlat ostida birlashtirishka harakat qilgan, ushbu rejasini to‘liq amalga oshira olmagan bo‘lsada qisqa muddatga bo‘lsa ham butun Movarunnahrni birlashtirishga erishkan Buxoro amirining hayoti turli qora bo‘yoqlarda tasvirlab kelingan. Nasrulloxon ko‘p yillar mobaynida xalq ongida “daxshatli va qonxo‘r”, “botur qassob”, “qassob amir” kabi obrazlarni shakllantirishdi. Amir Nasrulloxon rostan ham “qonxo‘r va qassob amir” bo‘lganmi?! Tarixga xolis nazar solamiz. Tarix fanlari nomzodi A.Zamonovning huddi shu nomdagi ilmiy maqolasida quidagi ma’lumotlarni keltirib o‘tadi: “ Tarixchi Mirzo Shams Buxoriy XIX asrning 20-yillarida yuz bergan siyosiy voqealarning bevosita ishtirokchisi, hokimyat uchun kurashda Amir Haydarning har uchala o‘g‘li ( Husayn To‘ra, Amir Umarxon va NAsrulloxon)ga yordam bergan va uch hukumdorning xizmatida ozmi-ko‘pmi muddat bo‘lgan. U o‘zining “ Buxoro, Qo‘qon va Qoshg‘arning ayrim voqea-hodisalari bayoni” asarida Amir Nasrulloxonning Buxoro taxtini egallash va Amir Umarxonni hokimyatdan ag‘darib tashlash jarayonida 7-8 ming kishi xalok bo‘lgan, o‘z hukumdorligining dastlabki oylarida har kuni 50-100 kishini qatl ettirib turgan deb yozadi. Mirzo Shams Buxoriyning mazkur davosi mubolag‘adan boshqa narsa emas. Chunki, munshiy va tarixchi Buxoriy Umarxonga xayrixoh, Nasrulloxonga esa muholifatda bo‘lgan. U Amir Nasrullodan qochib Shahrisabzga keladi va bu yerda 11 oy yashagach Qo‘qonga u yerda yurgan Umarxon huzuriga boradi. Agar ushbu ma’lumotlarni inobatga oladigan bo‘lsak, uning Nasrulloxon faoliyatini haddan tashqari qora bo‘yoqlarda tasvirlagani sabablari oydinlashadi.22
Bundan tashqari Amir Nasrulloxonni qora bo‘yoqlarda tasvirlashiga boshqa sabablarni ham keltirib o‘tishadi. Jumladan, Amir Haydardan keyin taxtni egallagan Husayn To‘ra 78 kunlik humronlikdan keyin to‘satdan vafot etkanida Amir Nasrulloning qo‘li borligini, bundan tashqari ikkinchi akasi Amir Umarxonni ham Nasrulloning o‘zi o‘ldirgan degan fikrlar ham mavjud. Masalan, tarixchi Mirzo Abdulazim Somiy shunday fikrlarni ham bayon qilgan. Dastlab Husayn To‘raning o‘limiga to‘xtalib o‘tsak. A. Vamberi o‘zining “ Buxoro yohud Movarunnahr tarixi” asarida quidagi jumlalarni keltirib o‘tadi: “Otasi tiriklik vaqtida Qarshi hokimi bo‘lib turgan paytda (Amir Nasrullo) nufuzli kishilarni o‘z tomoniga og‘dirish yo‘li bilan alday boshladi va erishdi ham. Mo‘tabar kishilar orasida eng muhumlari qo‘shbegi Hakimbiy va Hisor hokimi Mo‘minboylar edilar. Garchi ular, shariy valiyahdning xizmatida, keyin podshoh Amir Husaynning mamuriyatida bo‘lsalar han, ammo uning taxtdan tushurilishi va o‘limining bosh sababchilari shulardir23 deya qayt etadi. Bu bizda ozgina shubhalarni uyg‘otishi mumkin, biroq yangi tatqiqotlar natijasida ko‘plab ma’lumotlar aniqlangan. Xususan Q.Rajabovning “Nasrulloxon” tarixiy risolasida Amir Husaynning vafot etkanidan bir necha yil keyin Buxoroga kelgan A.Byo‘rnsning uch jildlik “Buxoroga sayohat…” kitobida Amir Husaynning o‘limini jahon tarixshunosligida ilk marotaba yoritib, uning qo‘shbegi Hakimbiy tomonidan taomga qo‘shilgan og‘u natijasida vafot etkanini keltirib o‘tadi.24Biroq uning aynan Nasrulloxon buyrug‘i bilan amalga oshirilganligi noma’lum. Shunisi aniqki Nasrulloxon ham uning o‘ldirilishiga qarshilik qilmagan. Umarxonga keladigan bo‘lsak, Tarixchi Mirzo Salimbek o‘zining “Kashkuliy Salimiy…” asarida keltirilishicha: Amir Nasrullo xijriy 1242-yilda Buxoro saltanati taxtini egallagandan so‘ng, o‘zining birodari Umarxonni Hirotga yubordi. U yerdan Qo‘qonga keldi. Umarxon (Qo‘qon xoni 1810-1822) unga o‘z singlisini nikohlab berdi.Amir Umarxon Qo‘qonda vafot etdi25 deya o‘z so‘zlarini keltirib o‘tadi. A. Vamberi esa uning Qo‘qonda vabo kasalligiga chalinib vafot etkanini qayt etkan. Bundan ko‘rinib turibdiki, Umarxonning o‘limiga birodari Nasrulloning hech qanday aloqasi bo‘lmagan.

Download 97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish