SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Ekologik omilning insonning jismoniy va ruhny holatiga ta’sir kuchi qanday bo’ladi?
Sotsial ekologiyaning mohiyatini tushuntirib bering.
«Tabiat-Jamiyat-Inson» — ushbu yagona bir butunlikni izoxlay olasizmi?
Ekologik madaniyat deganda nimani tushunasiz?
Tarix darslarida ekologik ta’lim-tarbiyaning asosiy yo’nalishlari va bosqichlarining o’rganilishi qanday natijalar berishi mumkin. Bu haqda sizning shaxsiy fikringiz qanday?
7-mavzu. Ta’lim-tarbiya tizimida tarix o’rganishga integratsion yondoshish.
Reja:
1. Tarix kurslarining talim-tarbiyaviy vazifalari.
2. Maktab tarix darsliklari mazmuni va tuzilishi.
Tayanch so’z va iboralar.
Ta’lim - tarbiya jarayonida ijtimoiy - siyosiy, ma’naviy va mafkuraviy jihatdan yetuk shaxsni kamol toptirishda birinchi galda ta’limni insonparvarlashtirish demokratlashtirish va integratsiyalashtirishga yo’naltirishning asosiy omili deb hisoblanishi.
Darxaqikat, ta’lim-tarbiya jarayonida ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy va mafkuraviy jihatdan yetuk shaxsni kamol toptirish muammosini samarali hal etish ko’p qirrali jarayon bo’lib, unda birinchi galda ta’limni insonparvarlashtirish, demokratlashtirish va integratsiyalashtirishga yo’naltirish asosiy omil hisoblanadi.
Ta’lim jarayonini insonparvarlashtirish, demokratlashtirish va integratsiyalashtirish g’oyasini izchillik bilan amalga oshirib borish esa o’z navbatida har bir o’qitilayotgan fanning yoshlar dunyokarashlarini shakllantirishga xos masalalarni ma’lum maqsadga yo’naltirish, mazkur fanning o’qitish metodikasiga tarixiylik elementlarini kiritishni, bilishning dialektik jarayonini uzluksiz mantiqiy aloqadorlikda olib borish yo’li bilan amalga oshirib borishni taqozo etadi.
Uzoq yillar davomida olib borgan shaxsiy pedagogik faoliyatimiz va umuman xahon ilg’or pedagogik tajribasi shuni ko’rsatadi-ki, ta’lim jarayoniga insonparvarlik, demokratik va integratsion yondashish pedagogdan birinchi galda har bir shaxs-individda mantiqiy tafakkur kobiliyatini uzluksiz rivojlantirishga erishmog’i kerak. O’z navbatida o’quvchi yoshlarda mustaqil tafakkur etish vositalari va qobiliyatlarini rivojlantirib borish lozim. Darhaqiqat, buyuk faylasuf Lukretsiy aytganidek, odamlarda akl-idrok dunyoni bilish bilan o’sib boradi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning IX sessiyasida «Ta’lim to’g’risida» va «Kadrlar tayyorlash bo’yicha Milliy dastur to’g’risida»gi tarixiy qonunlar qabul qilinganligi munosabati bilan respublika davriy matbuotida juda ko’p maqolalar, radio va televideniye kanallarida eshittirishlar, davlat ahamiyatiga molik bo’lgan bu tarixiy xujjatlarni o’rganish bo’yicha maxsus kurslar ishlab chiqilib, e’lon qilindi.
SHu bois Oliy o’quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida O’zbekiston xalqlari tarixi, xahon tarixi, davlati va huquq asoslarini o’rganishda, ayniqsa, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asari yuzasidan maxsus kursni o’rganishda «o’tgan yillarning mantiqi bizni hozirgi kunda uchta asosiy savolga murojaat qilishga undayotganligi:
a) xavfsizlikni qanday saqlab qolish lozim?
b) barqarorlikni qanday ta’minlash darkor?
v) taraqqiyot yo’lidan sobitqadam rivojlanishga nimalar hiso-
biga erishish mumkin?
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o’zining «O’zbekistonning o’z istiqlol va tarakqqiyot yo’li» asarida shunday yozadi: «Turkiyaning tajribasi, uning iqtisodiyotni isloh qilish yo’li, bizga o’xshash etnik-madaniy sharoitlarda davlat bilan din o’rtasida uyg’un munosabatlarga erishishdagi yutuqlari o’zimizning ijtimoiy-iqtisodiy va davlat-xuquqiy taraqqiyot yo’limizni belgilash chog’ida zo’r qiziqishga molikdir»18 (shu asar 34-bet).
Do'stlaringiz bilan baham: |