Termiz davlat universiteti tarix fakul’teti jaxon tarixi kafedrasi tarix o’qitish metodikasi


Tarix o’qitishda ekologik ta’lim-tarbiyaning asosiy yo’nalishlari



Download 1,1 Mb.
bet14/41
Sana14.06.2022
Hajmi1,1 Mb.
#671615
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41
Bog'liq
2 5190428377617535667

6. Tarix o’qitishda ekologik ta’lim-tarbiyaning asosiy yo’nalishlari
Reja:

  1. Ekologik ta’lim-tarbiyaning asosiy yo’nalishlari

  2. Sotsial ekologiyaning asosiy qoidalari

  3. Ekologik madaniyat tushunchasi

Tayanch so’z va iboralar:
Ekologik ta’lim, sotsial ekologiya, ekologik madaniyat, tabiat qonunlari
Bugungi kunimizda fanning biron sohasi yo’qki, u ekologiya muam-molarini hal etishdan chetda qolgan bo’lsa. SHunday ekan, istiqlol sha-rofati bilan O’zbekiston Respublikasi maktablari o’quv rejalari (setkasi)da o’zinig qonuniy o’rnini egallagan O’zbekiston xalqlari tarixi, shuningdek, «Inson va jamiyat» kursini o’qitishda o’quvchilarga ekologik ta’lim-tarbiya berish ham chetda qolishi mumkin emas.
SHuni alohida qayd etish lozimki, hozirgi vaqtda inson bilan uni o’rab turgan muhitning tuzilishi va xususiyatlariga, shuningdek ekologik omilning insonni jismoniy va ruhiy holatiga ta’sir kuchini tadqiq etadigan sotsial ekologiyaning mohiyati tez sur’atlar bilan o’sib bormoqda.
Sotsial ekologiya quyidagi asosiy qoidalarga asoslanadi: «Tabiat-Jamiyat-Inson» yagona bir butunlikni tashkil etadi; inson tabiatning bir qismi uning rivojlanishi tabiatni o’zgartirish inson hayotining asosini tashkil etadi; tabiat tarixi bilan jamiyat tarixining birligi mehnat jarayonida namoyon bo’ladi. Ijtimoiy qonunlarga nisbatan tabiat qonunlari birlamchidir; yangi ekologik madaniyatning rivojlanishi shaxsning tabiatga nisbatan yuqori darajadagi mas’uliyatini ifodalaydi. Tabiatga yangicha madaniy munosabatning shakllanishi to’la mazmundagi gumanizmni o’zida mujassamlashtiradi. Tabiat qonunlarini oyoq osti qilish, xalq mablag’larini sarflashda isrofgarchilikka yo’l qo’yish, shuningdek tabiatga o’z shaxsiy talabi nuqtai nazaridangina yondashish gumanizmga qanchalik zid bo’lsa, tabiatga nis­batan ham shunchalik ziddir.
Sotsial ekologiyaning insonparvarligi ayniqsa pedagogika faniga yaqindir. Maktab va xalq ta’limining hamma yo’nalishi yangi avlodni ilgaridan an’anaga kirgan g’oya — «tabiat in’omidan to’la foydalanish kerak», «biz tabiatdan xayr-ehson kutib o’tirmaymiz, uni o’zimizga bo’ysundiramiz!» konsepsiyalari bilan aloqasini batamom, uzil-kesil uzib tashlab, uni himoya qilish va uning in’omlaridan avaylab, unga zarar yetkazmasdan foydalanishni taqozo etadi15.
Ekologik madaniyat o’quvchi yoshlarimiz ijtimoiy faolliklarining ifodasi, mustaqil O’zbekistonimiz tabiiy boyliklarini ko’z qorachig’imizdek saqlash va ko’paytirish borasidagi vatanparvarlik harakatlarining sarchashmasi bo’lmog’i darkor.
Ekologik ta’lim-tarbiya bilan umumiy ta’limning o’zaro aloqadorli-gi, insonni uning urab turgan tabiatga nisbatan mas’uliyati to’g’ri-sidagi umumiy tasavvur asoslarni shakllantirishga asoslangandir. Bundan tashkari, ekologik tarbiya o’quvchilardan tevarak muhitga nisbatan munosabatlarida tubdan o’zgartirish kiritishni, o’z faoliyatlarini nazariy bilimlar bilan uzviy aloqadorlikda amalga oshirib borishlarini, bu boradagi ko’nikma va malakalarini izchillik bilan boyitib borishlarini taqozo etmokda.
Maktab sharoitida ekologik ta’lim-tarbiyaning maqsad va vazi-falarini amalga oshirishda Mustaqil O’zbekiston Respublikasining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi muhim talablarga amal qilish lozim:

  • tabiiy muhit va uni yaxshilash bo’yicha amaliy faoliyatni ma’naviy va emotsional jihatdan uzviy birligini idrok etish;

  • ekologik tarbiyaning bog’likliligini va uzluksizligini, uning predmetlar va kurslararo aloqa bog’lash bilan amalga oshirib borish;

  • va nihoyat, ekologik ta’lim-tarbiyani amalga oshirib borish ekologik muammolarni umumbashariy, bir vaqtda milliy va o’lka-shunoslik xarakter kasb etishini hisobga olgan holda faoliyat ko’rsatish.

O’quvchilarni o’rab olgan tabiiy muhitga nisbatan javobgarlik munosabatida bo’lish his-tuyg’ularini shakllantirib borish, istiqlolga erishgan O’zbekiston maktablarida Respublikamizning kelajagi qudratli davlat bo’lishini ta’minlashda katta nazariy va ama­liy ahamiyat kasb etadi.
Ekologik tarbiya o’quvchilarda faqatgina ekologik-madaniyatnigina shakllantirib bormasdan, balki ta’lim va tarbiyaning ko’pgina umumiy bir butun vazifalarni hal etishda ham katta rol’ o’ynaydi.
Tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi o’zaro aloqadorliklarni ko’rsa-tishning o’zi o’quvchilarda real dunyoning bir butun ekanligi to’g’risidagi dunyoqarashga xos bilimlarini yanada boyitadi. Ekologik bilimlar o’quvchilarga sabab, maqsad aloqalari, voqea va hodisalarni tizimli tuzilishi jihatidan rivojlanishlarini ta’min etadigan vazifalarni yanada ijobiy hal etib borishlarini ta’minlashga ko’maklashadi.
Tabiat chin ko’ngildan insonni har doim «vijdonli, insofli bo’lib olishga yordam beradi. Tabiat har doim u ONA ekanligini eslatib turadi». Go’zallikning bitmas-tuganmas manbai bo’lgan tabiat — umuman estetik tarbiyaning muhim vositasi, tabiatni shafqatsizlarcha vayron etishga qo’l urilgan kuchlarga qarshi turuvchi insonni kamol topishiga katta yordam beradi.
Ekologik bilimlar mehnat ta’limi va tarbiyasida, shuningdek o’quvchilarning jismoniy rivojlanishlari va gigiyenik tarbiyalarida ham katta rol’ o’ynaydi.
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov o’zining «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» asarida Respubli­kamizning ekologik holati to’g’risida gapirar ekan, «tabiiy resurslardan ayovsiz foydalanishga, atrof-muhitga ziyon yetkazilishiga va respublikadagi ekologik vaziyatning yomonlashuviga yo’l qo’ymaslik, boshqa davlatlarning ishtirokida Orolni qutqarish, Orol bo’yidagi ekolo­gik sharoitni sog’lomlashtirish borasida samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish, mazkur mintaqalarning iqtisodi va ijtimoiy sohasidagi falokatli oqibatlarni bartaraf etish»16 lozim ekanligini alohida uqtirib o’tdi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov mazkur risolasining «Mustaqil O’zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlari xususida fikr yuritganida uning falsafiy — dialektik tafakkur mantiqi bilan ifoda etilgan quyidagi fikrlari mazmuni har bir pedagog tomonidan o’quvchilar ongiga singdirilmog’i lozim: «Butun dunyo, — deb yozadi Birinchi Prezident Islom Karimov, — yagona va o’zaro bog’liqdir. Bizning mushtarak burchimiz yer yuzini bolalarimiz va nabiralarimizga obod va baxtiyor yashashlari uchun munosib qilib qoldirishdir. O’zbekiston eng og’ir kiyinchiliklarga duch keldi. Orolning ekologik holati jahon mikyosidagi fojia deb e’tirof etilmoqda. Bu fojiani O’zbekiston va uning qondosh-qardosh qo’shnilari yakka holda daf etolmaydilar17.
Maktabda ekologik tarbiya olib borishni kundalik hayotimizda sodir bo’layotgan voqea va hodisalar bilan uzviy aloqada bog’lab borishda O’zbekiston tabiatni muhofaza qilish Davlat qo’mitasi faoliyatini bayon etib boradigan materiallar va axborotlardan sistemali ravishda foydalanib borish lozim.
Mazkur qonunda nafaqat tabiatni muhofaza qilishdan kuzatilgan maqsad, balki uni samarali hal etish, «Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga erishish» (4-modda) ham quyidagicha aniq ko’rsatib berilgan.

  • «Insonning yashash muhiti bo’lmish biosfera va ekologiya ti­zimlari barqarorligini saqlab qolish, odamlarning ekologik jihatdan xavfsizligi, inson va uni kelgusi avlodlari genetik fondi haqida g’amxo’rlik qilish;

  • fuqarolarning hayot uchun qulay tabiiy muhitga ega bo’lish xuquqini ta’minlash, barcha turdagi ta’lim muassasalarida ekolo­giya ta’limining majburiyligi (T. T.);

  • jamiyatning ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini ilmiy asoslangan holda uyg’unlashtirish;

  • tabiatdan okilona foydalanishni va tabiatni muhofaza qilishni rag’batlantirish;

  • tabiiy resurslarni tiklash zarurligi, atrof tabiiy muhit va inson sihat-salomatligi uchun zararli, tiklab bo’lmas oqibatlarga yo’l qo’ymasliq

  • tabiatni muhofaza qilish vazifalarini hal etishda oshkoralik

  • tabiatni muhofaza qilish sohasida milliy, regional va xalqaro manfaatlarni uyg’unlashtirish;

  • tabiatni muhofaza qilish qonunlari talablarini buzganlik uchun javobgar bo’lish»1.

  • O’zbek xalqi tabiatga tarixan uzoq davrdan beri mehr bilan qarashga, uni asrab-avaylashga o’rganib kelgan. Bu milliy bayram, kadimiy an’ana, urf-odatlarda yaqqol ko’rinadi. Xususan Markaziy Osiyo xalqlarining har yili nishonlanadigan «NAVRO’Z» bayrami asrlar davomida ona yerga va tabiatga mehr-muhabbat, unga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, uni ardoqlash tuyg’ularini tarbiyalagan, mehnat tarbiyasi va ma’naviy tarbiyada muhim rol’ o’ynagan. Tabiat bi­lan insonning o’zaro chambarchas aloqasini, ularning bir butunligini ifodalovchi bu bayram dehqonchilik bayramigina emas, balki tom ma’noda ekologik bayram hamdir.

  • Xalqning sof ekologik mazmunga ega tarixiy udumlaridan yana biri «TAG’ANAK»dir. Bu udumga ko’ra tog’ etagida yashovchi kishilar erta bahorda yig’ilishib, shod-xurramlik bilan uzoq yo’lga otlanadilar va tog’ -toshdagi buloqlar ko’zini ochib, jilg’alar yo’lini shox-shabbalardan, loyqadan tozalaydilar, daraxtlarning qurigan shoxlarini kesadilar*. Aholini ekologik ruhda, ya’ni ona tabiatga mehr-muxabbat uyg’otish, tabiatni muhofaza qilish ruhida tarbiyalashda milliy badiiy adabiyotning ham ahamiyati kattadir. O’zbek xalqining mumtoz shoir va yozuvchilari, jumladan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari ayniqsa ekologik maz­munga egadir.

  • O’zbekistonning mustaqillikka erishishi ekologiya muammolarini jadal va katta mas’uliyat bilan hal qilishda yangi boskich ochdi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida «Er, yer osti boyliklari suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur»2 deb mustahkamlab qo’yilgan. Endilikda ekologik muammolar hukumatning doimiy nazorati ostida. Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov aytganlaridek, «Milliy xavfsizlikka qarshi yashirin tahdidlarni ko’rib chiqar ekanmiz, ekologik xavfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilish muammosi alohida e’tiborga molikdir.


Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish