2.Darslarning tiplari va strukturasi. yetakchi didaktik vazifa va strukturaga ko’ra darslar quyidagi tiplarga bo’linadi:
1) kombinatsion darslar (o’qituvchi yangi materialni tushuntiradi,
mustahkamlaydi, takrorlaydi, kontrol qiladi);
2) yangi materialni o’rganish darslari;
3) bilim, ko’nikma va malakalarni mustahkamlash darslari
4) mashqlar va amaliy ishlar darslari;
5) umumlashtiruvchi takrorlash darslari;
6) laboratoriya darslari;
7) o’quvchilar bilimini nazorat qilish, tekshirish va baholash darslari, bundan tashqari standart bo’lmagan, innovatsion dars shakllari ham keng qo’llaniladi: seminar-darslar, konferensiya-darslar, rolli o’yinlar, integrallashgan darslar. Aralash yoki kombinatsion dars o’zida o’quv ishlarining turli maqsad va turlarini aks ettiradi
- o’tilgan material ustida ishlash
- yangi mavzularni anglash va o’zlashtirish
- amaliy ko’nikma va malakalarni hosil qilish
SHu bilan bog’liqlikda aralash darsda odatda quyidagi strukturaviy komponentlar ajraladi.
- o’quvchilarni darsga tayyorlash
- takrorlash-umumlashtirish ishlari
- yangi materialni anglash va o’zlashtirish ishlari
- bilimlarni amaliyotda qo’llash ko’nikma va malakalarini shakllantirish
ishlari bo’yicha ishlar
- uyga vazifa. YAngi materialni bayon qilish darslari. O’qituvchi tomonidan o’quvchilarni yangi material ustida ishlashdan xabardor qiladi va o’rta va yuqori sinflarda katta hajmli va murakkab materiallarni o’rganishda muvaffaqiyatli qo’llaniladi. Bunday dars strukturasi: o’quvchilarni darslarga jalb etish, dars maqsadlarini qo’yish; qisqa tekshirish, uyga vazifa. O’rganilgan materialni mustahkamlash va amaliy ko’nikma va malakalarni hosil qilish darslari uning yanada chuqurroq anglash va o’zlashtirish, amaliy ko’nikma va malakalarni amaliyotda qo’llash maqsadidan kelib chiqib, hamma sinflarda alohida mavzuni yoki bo’limlarni o’rganilgandan keyin o’tilgan materialni takrorlashga yo’naltirilib o’tkaziladi. Takrorlash, tizimlashtirish va umumlashtirish darslari o’quv dasturining katta bo’limlarini takrorlash bilan bog’liq va darhol mavzularni o’rganilgandan keyin yoki o’quv yili oxirida o’tkaziladi.
Dars tuzilishi zamonaviy dars amaliyoti va nazariyasida prinsipial, ahamiyatga ega, xuddiy shunday ta’limda samaradorligi va natija egaligini aniqlab beradi. Dars elementlari sifatida quyidagi tarkibiy qismlar ajratiladi:
- yangi materialni o’rganish;
- uyga vazifa;
- bilimlarni nazorat qilish;
- bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish;
- o’rganilgan materiallarni mustahkamlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |