Termiz davlat universiteti tarix fakul’teti jaxon tarixi kafedrasi tarix o’qitish metodikasi



Download 1,1 Mb.
bet9/41
Sana14.06.2022
Hajmi1,1 Mb.
#671615
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41
Bog'liq
2 5190428377617535667

Tarix faktlar bilan to’la. SHunday ekan, biz tarix darslarida tarixiy faktlarni tanlashda quyidagi talablarga rioya etmog’imiz lozim:

  1. Faktlar ilmiy jihatdan atroflicha asoslangan bo’lishi kerak

  2. Tanlangan faktlar tarixiy jarayonni tushunishda ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etmog’i kerak

  3. Tanlangan faktlar maksimum aniq va obrazli bo’lsin.

  4. Tanlangan faktlar o’quvchilarni mustaqil tafakkur etishga, uning mohiyatiga baxo berishga yo’naltirilgan bo’lmog’i kerak

SHu narsa muhimki, o’qituvchi dars jarayonida faktlarni tan­lashda o’quvchilarning yoshlarini albatta hisobga olmog’i kerak Ma­salan, VI—IX sinflarida faktlar ko’prok obrazli shaklda tanlan-sa, yuqori sinflarga kelganda tanlanadigan faktlar o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirishga yordam beradigan bo’lsin (Masalan, faktlarni davlat xujjatlari, birinchi Prezident Islom Kari­mov asarlari, nutqlari yoki ommaviy axborot vositalariga bergan intervyularidan foydalanish o’qituvchiga tarix darsini davr talabi asosida olib borish yo’lidagi muammolar yechimidagi faol ishtirokini ta’minlaydi).
O’quvchilar fakt o’rtasidagi uzviy aloqadorliklarini qanchalik puxta o’zlashtirsalar, ularning faktlar asosida olgan bilimlari shunday sistemalashib boradi. CHunki, ular har bir darsda oldingi darslardan o’rgangan faktlardan kelib chiqadigan nazariy xulosalarga ega bo’lib boradilar. Xuddi mana shu metodik qonuniyat hisobga olingan holda dars tuzilishida:
a) «Darsning ta’limiy maqsadi»;
b) «Darsning tarbiyaviy maqsadi degan» talablardan keyin;
v) «Darsda rivojlantirib boriladigan ta’lim» talabining tarix o’qitish metodikasi nazariyasining ajralmas qismi bo’lib kelayotgan talablar mavjud.
Tarixiy bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirib borish — bu tarixiy ilmiy asoslar tushunishning asosiy qurolidir. Tarixiy bilimlarni shakllantirish bilmagan narsadan uni bilib olishga, to’la bo’lmagan, yuzaki, bir-birlari bilan bog’lanmagan bilimlardan nisbatan to’la bilimlarga erishish, chuqur ongli ravishda anglab olgan, sistemalashtirgan, kundalik amaliy faoliyatda qo’llanishi lozim bo’lgan bilimlarni egallash yo’lidagi harakatni ifoda etadi.
Bilish dialektikasi shunday: u tarixiy faktlar to’g’risidagi aniq, obrazlarni yaratish, ya’ni tarixiy tasavvurni yaratishdan boshlanadi. Tarix o’qituvchisi har bir darsda mana shu metodik talabni ma­yorat bilan qo’llamog’i kerak Bu borada klassik pedagogika vakili Q D. Ushinskiy, sho’rolar davri tarixchi-metodist olimlari N. V. Andreyevskaya, V. N. Vernadskiy, A. I. Strajev, A. A. Vagin, P. V. Gora va boshqalar asarlarida tarixiy tushunchalarni faktlar vositasida bilish jarayoni o’zining atroflicha bayonini topgan9.
Tarix o’rganish jarayonida tarixiy tasavvurlarning uch xil turini ko’ramiz. SHuni alohida qayd etib o’tish lozimki, tarixiy tasav­vurlarning roli va turlarini bilishni o’zigina kifoya etilmasdan, balki ularni, ya’ni tarixiy tasavvurlarni yaratish bo’yicha qilinadigan ishlar metodikasini ham atroflicha egallamoq kerak.
Tarixiy tasavvur hamma yoshdagi o’quvchilarda ham shakllantirilib borilsada, ularni detallashtirish darajasi turlichadir. Masalan, V—VII sinflarda tarix o’qitish jarayonida ko’rgazmali ob­razlarni qo’llash alohida ahamiyat kasb etadi (N. V. Gora). Bu narsa shu bilan aloqadorki, bu sinflardagi o’quvchilarda tarixiy bilim zaxiralari birmuncha sayoz, shuning uchun ham adektiv, ya’ni o’xshash davrlarning obrazlari yaratilishi kerak O’rta sinflarda (V—VII) bu masalaga loqaydlik bilan qarash tarix o’rganishni davr talabi darajasida boyitilishiga putur yetkazadi.
O’quvchilarda tarixiy tasavvurni shakllantirishda ko’rgazmali qurollar, illyustratsiyalar, sxemalar, shuningdek mavzuiy kartalarning roli beqiyos kattadir.
YAna bir masala. Tarix har doim makon va zamonda sodir bo’ladi. Bunda tarix o’qitish metodikasi talablaridan biri — «Davr lentasi»dan foydalanish dars samaradorligini oshirishning asosiy shartlaridan biridir. (Masalan, Mustaqil O’zbekiston Respublikasining vujudga kelishi, shakllanish, takomillashib borish ja­rayoni, «O’zbek modeli» respublikamiz an’analariga ko’ra mustaqillikka erishgandan buyon har bir yilni ma’lum umumdavlat muammosini hal etishga bag’ishlanganligi: 2001 yil — «Onalar va bolalar yili», 2002 yil — «Qariyalarni qadrlash yili», 2003 yil — «Obod mahalla yili», 2004 yil — «Mehr va muruvvat yili», 2005 yil — «Sihat-salomatlik yili», 2006 yil — «Homiylar va shifokorlar yili», 2007 yil — «Ijtimoiy himoya yili», 2008 yil — «YOshlar yili», 2009 yil — «Qishlok farovonligi va taraqqiyot yili», 2010 yil — «Barkamol avlod yili»).
Maktab tarix kursidagi xronologik sanalar o’zlarining mohiyatlari bo’yicha turlicha bo’ladi.
Bular:

  1. Asosiy sanalar, qaysiki o’quvchilar xotiralarida saqlanib turishi kerak Masalan, O’zbekiston mustaqillikka erishgan sana, «Mustaqillik Deklaratsiyasi»ning qabul qilinishi, «Mustaqil O’zbekiston Konstitutsiyasi»ning qabul qilinishi, «O’zbekistonning BMTga qabul qilinishi» va h. q

  2. Tayanch sanalar, tarix kursining ma’lum davrini o’rganishda esda saqlab qolish uchun zarur bo’lgan sanalar. YAna bir misolda Birinchi jahon uru-shini keltirib chiqargan «sabab» va «bahona»lar xususida to’xtalib o’tish ham har ikki jahon urushini ma’lum darajalarda solishtirib o’tishga imkon beradi. Mazkur o’rinda Avstriya-Vengriya taxtining merosxo’ri shahzoda Frans Ferdinandning o’ldirilishi bilan aloqador bo’lgan faktni yoritib berish talabga muvofiq bo’lar edi.

  3. Tayanch sanalari va ikkinchi darajali faktlar bilan aloqa o’rnatadigan sanalardir.

Fikrimizcha, Ona Vatanimiz tarixiga aloqador bo’lgan, shunday fikr-mulohazalar, turli yo’nalishda berilgan baholar borki, biz ularning bugungi talaba yoshlarimizga xalqimizning bosib o’tgan mashakkatli tarixiy yo’llari qanchalik achchiq bo’lgan bo’lmasin, ular­ning tarixiy faktlar asosida shundayligicha sharhlab bermog’imiz lozim. Bu borada «O’zbekiston tarixi» kursida qator mavzularni o’rganishda tarixiy faktlar asosida milliy mustaqilligimizni qo’lga kiritganligimizga qadar o’zbek xalqi chet el boskinchilari tomonidan qanchalik kamsitilib kelinganligini umumiy so’zlar bilan emas, balki aniq tarixiy faktlar asosida yoritib bermog’i­miz lozim. Afsuski, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun «O’zbekiston tarixi»dan mavjud bo’lgan o’quv dasturlarida muallif-larning tarix o’qitish metodikasiga bo’lgan ilmiy-nazariy talablardan yirokliklari bois, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida O’zbekiston tarixini o’rganishga bo’lgan uzviylik, ya’ni talabalarni 7—8—9-sinflarda O’zbekiston tarixidan olgan bilimlariga integratsion yondashishni amalga oshirib, tarix ta’limini bir butun holda o’zlashtirishlariga imkon berayotir. O’qituvchilar malakasini oshirish kurslari va hatto institutlarida esa bunday kamchiliklar yanada chuqurlashib bormoqda. Natijada talabalarimizda ko’p hollarda Vatanimizda sodir bo’lgan u yoki bu tarixiy fojeaning sabab-oqibatlari aniq tarixiy faktlar asosida ko’rsatib, ilmiy asosda tushuntirib berish imkoniyatidan, to’la bilim va tasavvurni shakllantirmasdan, ko’p hollarda tarixiy mavzulardagi bosh g’oyalar, tayanch tushunchalari professor V. F. SHatalov iborasi bilan aytganda, har bir mavzudagi tayanch signallar albatta o’z o’rnida maqsadga muvofiq holda foydalanishi kerak bo’lgani holda, biz o’quvchi yoshlarga tarixiy voqealar, ularni keltirib chiqargan sabab, natijalar, ularga rahbarlik qilgan tarixiy shaxslar xususida tarixiy bilimlardan mutlaq yiroq bo’lgan umumiy so’zlar bilan «kifoyalanib» kelyapmiz.
SHu narsani yana bir karra eslatib o’tishimiz joizki, mustaqil O’zbekiston Respublikasi taraqqiyotidan kutilayotgan natijalar — bu mamlakatimizda demokratik, huquqiy, fuqarolik jamiyat qurishdek Oliy maqsaddan iboratdir. SHunday ekan, ana shu maqsadga erishmoqning asl ilmiy yo’li bugungi kunda ayrim davlat arboblari tomonidan ayyuhannos solib «demokratiya» deyilmish muqaddas tuzumni zo’ravonlik bilan bugungi Afg’oniston yoki Iroq mamlakatlarida sobiq Ittifoq hududida «Zarg’aldoq inqilob» degan xunuk nom olgan harakatlar natijasida vujudga kelgan Gruziya, Ukraina davlatlari hayotida sodir bo’lib, zo’rma-zo’raki «rivojlantirish» yo’llaridan mutlaq farq etgan holda, O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning O’zbekiston Res­publikasi Konstitutsiyasining 13 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda «Inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari eng Oliy qadriyat» mavzusidagi ma’ruzasida bayon etilgan biz erishmoqchi va yaratmoqchi bo’lgan demokratiyani quyidagi belgilari aniq faktlar asosida atroflicha tushuntirilib, har bir talaba-yoshlarimizning ongu shuuriga to’la yetkazib borilmog’i kerak.




  1. Download 1,1 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish