Rudali resurslar.
О‘zbekiston hududida aniqlangan temir rudasining zahirasi
uncha katta emas. Keyinchalik magmatik temir rudaning bir necha konlari topildi.
Ularning ancha ahamiyatlisi Qoralpog‘istondagi Tebinbuloq (Sulton Uvays tog‘i)
konidir. Bundagi temir rudasi tarkibida nikel, kobalt, xrom planita, palladiy va
boshqalar yо‘ldosh bо‘lib uchraydi.
Surenota (Nurota), Susengen (Chotqol), Jaoraz, Mingbuloq va boshqa konlar
ham magmatik temir ruda konlaridir.
CHо‘kindi jinsli temir ruda konlari bir va uchlamchi davrlarning
yotqiziqlarida joylashgan bо‘lib, bunday konlar orol bо‘yi va Qizilqumda uchraydi.
Ulardan hali ruda qazib olinayotgani yо‘q.
О‘zbekistonda marganesning bir necha konlari ma’lum. Ular asosan
Zarafshon tizmasidagi Ziyovuddin, Dovtosh, Taxtaqoracha, Tersaksoy, CHо‘ponota
konlari bо‘lib, ularning rudasida 8 – 28% gacha marganes bor. Bulardan tashqari
marganes rudasining kichik konlari Qorjantov va Morguzar tog‘larida ham topilgan.
Marganes rudasining zahirasi 8 mln. tonna atrofida bо‘lib, bu konlar ham hali
о‘zlashtirilgan emas. Xrom rudasining kichik konlari Tomditog‘ va Uvays tog‘idan
topilgan, ulardan hali ruda qazib olinayotgani yо‘q. О‘zbekiston mis rudasining
zahirasi bо‘yicha Hamdо‘stlik mamlakatlari о‘rta Qozog‘iston va Rossiya
federasiyasidan keyin uchinchi о‘rinda turadi. Ularning yirik konlari asosan
Qalmoqqir, Dalniy Sarigekuv konlari hisoblanadi.
О‘zbekiston polimetall (qurg‘oshin, rux) konining bir necha yirik konlari
topilgan. Surxondaryo viloyatidagi Xondiza, Qurama tog‘idagi Qо‘rg‘oshin kon va
Koshmansoy konlari shular jumlasidandiryu bu konlarda galenit, sifalerit, xalkopirit,
sheyelit va molibdenit minerallari uchraydi.
Bulardan tashqari polimetallning Uchquloch, Sariqon, Kunyaylov,
Qulchо‘loq va boshqa konlari ma’lum. Bular ichida Shimoliy Nurota tizmasidagi
Uchquloch koni alohida ahamiyatga ega. Bu konning asosiy minerallari galenit
sfalerit va piritdir. Lashkarak (Qurama tizmasi) polimetall rudasi tarkibida vismut
va kumush ham uchraydi.
О‘zbekistonda qiyin eriydigan metallardan volfram rudasi bо‘lib, ular Nurota,
Zirabuloq, Qoratepa, Chakalikkalon tog‘larida volfram rudasi qatlamlari
paleozoyning magmatik jinslari orasida uchraydi. Volframning yirik konlari
Quytosh, Ingichka, Qoratepa va Yakton konlaridir. Shuningdek Choshtepa,
Kamangaron, Jom, Sarikо‘l kabi qator zahirasi u qadar katta bо‘lmagan konlar bor.
Bulardan tashqari, G‘arbiy Tyanshanda Sargardon, Maydontol, Ogayn atrofida ham
volfram konlari topilgan. Hozirgi kunda Ingichka va Quytosh konlaridan volfram
rudasi qazib olinmoqda.
Molibdenning bir qancha konlari, chunonchi, G‘arbiy Hisorning Obizarang,
Chotqolning Chavatisoy, Ung‘irtosh, Oygayin, Qurama tizmasining Shovgaz,
Olmaliq konlari ma’lum. Hozircha molebden faqat Olmaliqda, mis – pofir
rudalaridan yо‘ldosh metall sifatida ajratib olinmoqda. Respublikada qalayning bir
qancha konlari ma’lum, ulardan qalayi hozirgacha qazib olinayotgani yо‘q.
О‘zbekiston qimmatbaho asl metallardan biri bо‘lgan oltinga ancha boydir.
Respublikamiz oltinining sifati va zahirasi dunyo ahamiyatiga ega. uning muhim
konlari Qizilqumdagi Muruntov va Kuupatos, Chotqol – Qurama tog‘ tizimidagi
Sarichekuv, Kuchbuloq va Chodak, Nurota tizmasidagi Marjonbuloq, Zarmiton va
boshqalardir.
Alyuminiy xom ashyosi – alunit konlari Qurama va Hisor tizmalaridan
topilgan. Qurama tog‘idagi Gushsoy konining rudasi bir muncha yaxshi sifatli.
Angren havzasidagi kо‘mir qatlamlari tagida tarkibida alyuminiy bо‘lgan kaolin
qatlamining qalinligi 2 metrdan 46 metrgacha yetadi. Bu konlar ham hali ishga
tushirilgan emas. Kaolindan hozirgacha Angren kulolchilik zavodida sopol
buyumlari ishlab chiqarishda foydalanilmoqda. Kaolin yuqori sifatli chinni
buyumlar ishlab chiqarishda keng qо‘llanilishi kerak. Keramika sanoati
tarmoqlarida Angren keramika kombinati va Toshkent qurilish materiallari
kombinati barcha turdagi sopol koshinlar (yiliga 3436 ming m
3
/, sanitariya – qurilish
fayansi, gips, kanalizasiya turbalari va boshqa turdagi mahsulotlar ishlab
chiqarilmoqda.
Respublikada tog‘ kimyosi xom ashyosidan osh tuzi, kaliy tuzi va fosforitning
katta zapaslari aniqlangan. Osh tuzining asosiy konlari Xujaykon, Oqtosh,
Boybichakon kabilar bо‘lib, ulardan qisman foydalanilmoqda. Kaliy tuzining
Tubegatandagi yirik koni hali ishga tushirilgani yо‘q.
Qashqadaryo viloyatidagi Tepakuton kaliy tuzi hisobidan Germaniya
Respublikasi bilan hamkorlikda kaliy о‘g‘it ishlab chiqaradigan kombinat ishga
tushiriladi, bu bilan mamlakat agrosanoat majmuasini yanada rivojlantirish
imkoniyati bо‘g‘iladi. Fosforidning katta zahirasi Qizilqumda topildi, uni ishga
solish rejalashtirilmoqda. Respublikamizda Oltingugurtdan foydalanish imkoniyati
kengdir. Oltingugurt Farg‘ona vodiysidagi Shersuv konidan qazib olinadi,
О‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan oltingugurtning asosiy qismi Muborak gazni
qayta ishlash zavodida ajratib olinmoqda, ma’lumki bu zavod MDK davlatlarida eng
yirik korxona bо‘lib, har yiliga yarim million tonnadan kо‘p oltingugurt ishlab
chiqaradi, uning asosiy hom ashyosi Buxoro – Xuva provinsiyasidagi oltingugurtli
tabiiy gaz hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyotida oltingugurtdan keng foydalaniladi.
Flyuorit (plavik shtaplardan qishloq xо‘jalik zararkunandalariga qarshi
vositalari tayyorlashda va oyna sanoatida foydalaniladi. Flyuorit – Qurama tog‘
tizimida Oqota, Chibargota, Novshekon, Novgarzon konlaridan olinmoqda. Talkdan
ham qishloq xо‘jalik zararkunandalariga qarshi kurash vositalari va tibbiy dorilar
tayyorlashda foydalaniladi. Uning katta zahirasi Sulton Uvays tog‘ida joylashgan.
Xilma – xil qurilish va pardozlash xom ashyolari О‘zbekiston hududida keng
tarqalgan. Ohaktosh, bur, gil, bentonit va silanes, sement, ohak, gips, albastir kabi
qimmatli mahsulotlar ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo hisoblanadi. Bularning
yaxshi sifatli navlari Bekobod, Quvasoy, Ohangaron, Jizzax, Qoravulbozor va
boshqa joylarda uchraydi. Mustaqillik yillarida Boysun tumanida va Qashqadaryo
viloyatining Dehqonobod tumanlarida kichik korxonalari qurilgan.
О‘zbekiston marmarining shuhrati jahonga keng tarqalgan. G‘ozg‘on,
Omonquton, Jom, Sharaksoy, Orkutsoy, Aqcha, Oqtog‘ va boshqa joylarda marmar
konlari bor. Geologlar Bukantovda marmarning juda katta konini aniqladilar.
О‘zbekiston marvaridan Moskva metrosi va imoratlaridan ishlatilgan. Bu soha tez
rivojlanmoqda chet el sarmoyalaridan keng foydalanmoqda. О‘zbekistonning bir
necha joyidan shifobaxsh ma’dun suvlar chiqadi. Vodorod sulfidli suv Chimyon,
Polvontosh, Xо‘jaobod, SHо‘rsuv, Uchqizil, Kukaydi, Jayronona va boshqa
joylarda topilgan. Yodli suv Chortoqda, randali suv Arashanbuloqda, kam
ma’danlashgan ishqorli termin suvlar Toshkent va Oltiariqda, sulfat – xlorid va
natriy suv Sitorayi Moxi Xosa, Qorakо‘l, Gazli va boshqalar.
Eng muhim tibbiy resurslardan biri О‘zbekistonning
Do'stlaringiz bilan baham: |