MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI O‘STIRISHNI TA’MINLAYDIGAN OMILLAR.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda nutqni tuza bilish darajasini ko‘tarish maktabgacha ta’lim tizimi metodistlari oldidagi asosiy vazifalardandir. Shuni hisobga olgan holda tevarak-atrofni o‘rganishda maktabgacha tarbiya yoshidagi katta bolalarning nutqini rivojlantirish muammosiga oid tadqiqotni nutqni rivojlantirishni ta’minlaydigan omillarni aniqlashdan boshlash maqsadga muvofiqdir.
Nutq o‘stirishni ta’minlaydigan omillar
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlari
Nutqni rivojlantirishning o‘sib boruvchi salohiyati
So‘z zahirasi
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutkdni rivojlantirishning yuqori darajasiga quyidagilar evaziga erishilishi mumkin ekan;
tilning adabiy meyorlari va qoidalaridan habardorlik;
o‘z fikr-mulohazalarini erkin bayon eta olish;
muloqotga kira bilish, kattalar va tengdoshlar bilan muomala qila olish;
suhbatdoshni tinglay bilish, so‘rash (savollarni tug‘ri bera olish), javob berish, e’tiroz bildirish, zarur bo‘lganda esa tushuntirish, izohlash.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishda nutq-dialogik va monologik nutqni rivojlantirishga alohida e’tibor berish zarur bo‘ladi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar dialogik nutqni nisbatan oson o‘rganadilar. Bu quyidagilar bilan ifodalanadi; bolalar uyda, bolalar bog‘chasida doimo diologik nutqni eshitadi. Bundan tashqari, bolalar o‘zaro muloqotda bo‘lib, асосан диалогик
nutqdan foydalanadilar. Metodik adabiyotlarda bayon qilinishicha, adabiy til negizida asosan monologik nutq yotadi. Shuning uchun xam nutqni rivojlantirish ta’lim- tarbiya tizimida muhim ahamiyat kasb etadi.
Monologik nutq muayyan mavzuga oid mantiqiy izchil gaplar shaklida ifodalangan hamda boshqalarga ta’sir ko‘rsatish uchun yo‘naltirilgan fikrlar (tovushlar)ning uyushgan tizimini namoyon etadi. Bola uchun monologik nutq shubxasiz, psixologik jihatdan murakkab hisoblanadi. Gap shundaki, maktabgacha katta yoshdagi bola monologik nutkda tayyorgarlik jarayonida, shuni tushunadiki, tinglovchilar (boshqalar) uning aytayotgan fikr-muloxazalaridan qandaydir qiziqarli narsani bilishni istaydilar.
Bola intuitiv tarzda bo‘llsada, monologik nutq rejasini mantiqan tuzish, maqsadini bayon etishga oid iboralarni to‘g‘ri tanlash, gap tuzish, tovushlarni to‘g‘ri tayaaffuz qilishga harakat qiladi.
Noqulay psixologik sharoit maktabgacha katta yoshdagi bolaga shunday muhit yaratadiki, uning o‘zi bayon qilmoqchi bo‘lgan so‘z, ibora, gap ma’nosini tushunib yetmaslik bilan borliq bo‘lgan ≪noqulaylik≫ni his etadi.
Hakiqatan ham monologik nutq tinglovchiga maroqli va tushunarli bo‘lishi uchun maktabgacha katta yoshdagi bola, avvalo, xotira va mantiqiy fikrlashga tayanmog‘i lozim. Ma’lumki, bolaning nutqi til qonuniyatlariga to‘g‘ri amal qilish, kattalar nutqini idrok etish va uzining ijodiy faolligi natijasida rivojlanadi.
Shunday qilib, til va nutq maktabgacha katta yoshdagi bolaning psixologik rivojlanishi hamda dastavval xotirasi, fikrlashi, idrok etishi, hissiyoti va ehtirosini ta’minlaydigan ikkita muhim vositadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |