Chorabzal randalar porey usulida (45° burchak hosil qilib) biriktiriladigan bo‘yumlarning qismlariga (portret ramka-lari, karnizli birikmalar, eshik va deraza romlariga qoqi-ladigan chaspaklar va shunga o‘xshashlarga) gul chiqarish (abzal solish) uchun ishlatiladi.
Chorabzal randalarning tig‘lari chiqariladigan gulning tu-riga qarab har xil shaklda bo‘ladi. Kundalar tig‘larning shak-liga moslab tayyorlanadi. Bu randalar bilan taxtalarning chetlariga gul chiqariladi. Ba’zi porey usulida bog‘lanadigan qismlar oldindan xomaki yig‘ilib, dastlabki pardozlash ish-lari bajariladi va randalab tekyslangandan keyin qismlar-ga ajratilib gul chiqariladi. Aks holda birikmada gullar bir-biriga moye kelmasligi mumkin.
Duradgorlikda tayyorlanadigan bo‘yumlarning turiga, ularni bog‘lash usuliga qarab nov,yoy randalar; randalanadi-gan yog‘och materiallarning shakli, o‘lchamiga qarab quishuloq, qirq'im randa va o‘roq randalar ham ishlatiladi.
Randalash yo‘li bilan silliqlash, tekislash mumkin bo‘l-magan sirtlarni ishlashda har xil shakldagi yog‘och egovlardan
foydalaniladi.
Buyumlarni pardozlash ishlarida po‘lat qirg‘ich, oyna bilan qirish, har xil markadagi jilvir qog‘ozlar yordamida jilvirlash ishlari bajariladi
Maxsus randalar
а -zakrov randa; б-chok randa; в-nov randa; г-qo’sh quloq randa;d-chorabzal randa;e-konish randa; j-o’roq randa; 1-kunda;2-cheklagich pilyonka; 3-yo’naltiruvchi plastinka; 4- vintlar,6- kontur gayka; 7- taxta.
DASTA BET BORLASH YOKI KERTMAK USULI
Dasta bet boglash duradgorlik birikmalari xosil qilishning eng oddiy va oson usuli. Bu usul binokorlik ishlarida, parnik xujaligida yogoch qismlarni o’zaro biriktirishda, oddiy qoplama ramkalar, vitrinalar va boshqal'ar tayyorlashda 'qo’llaniladi.Birikmaning ulchamiga qarab detallar bir-biriga mixlash yo’li bilan, burama mih bolt yoki changak yordamida qotiriladi.Dasta bet boglashda detallar «G» simon, «T» simon shaklda tug’ri va «qaldirgoch quyruqli» qilib biriktirilishi mumkin Dasta bet boglash
2- texnologik kartada ko’rsatilgan tar-tibda bajariladi. Bu bobda burchak bog'lash usullarigina yoritilgan.
1.Birikmaga moe yog’och tanlanadi, randalashda undan payraxa chiqishini hisobga olib ma‘lum quyim bilan material arralab olinadi
2.Tayyorlangan materialni randalab ixtiyoriy L uzunlikda eni a, qalinligi h bo’lgan ikkita brusok tayyorlanadi. Brusoklar 1-texnologik karta asosida tayyorlanadi.
3.Kertmaklarni rejalash uchun brusoklarning uchlarini guniya asosida arralab tug’ri burchakli qirqimlar hosil qilinadi, so’ngra rejalanadi. Buning uchun brusoklarning uchidan o’lchamda «bet» larga kertmak uzunligi rejalanadi va guniya yordamida qolgan tomonlarga olib o’tiladi. Sungra xatkash yordamida kertmak qalinligi rejalanadi. Buning uchun xatkashni h/2 o’lchamga sozlab «bet» larga nisbatan brusoklarning yon chetlari (qirralari) va ko’ndalang qirqimlariga a uzun likda reja chiziladi.
4.Dasta bet borlashda brusoklarni ustma-ust quyib biriktiriladi. Shuning uchun brusoklarda xosil qilinadigan kertmaklarning biri «bet» tomondan, ikkinchisida orqa tomondan ochiladi. Buning uchun kertmaklarda reja chiziqlarining yarmini saqlagan xolda oldin tilinadi, sungra kundalangiga arralab qirqiladi
Hosil bo’lgan kertmaklarni ustma-ust qoyib mix yoki burama mix yordamida biriktiriladi. Har qanday birikma hosil qilinganda detallarning «bet»larini birikmaning bir tomonida bo’lishiga etibor berish kerak Birikmaning jipsligi, sifati talabga javob beradigan darajaga etgunga qadar mashq qilish davom ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |