ISHNI BAJARISH TARTIBI
N
|
Ish ketma-ketligi
|
Ish eskizi
|
Asboblar
|
Moslamalar
|
Ulchov
|
Ish
|
1
|
Birikmaga mos yog’och tanlash va berilgan o’lchamlarga keltirib randalab qirqish 1-ish chizmasi asosida olib boriladi
|
2
|
Kertmaklarni rejalash (2 ta)
|
|
Lineyka , go’niya , qalam , xatkash
|
|
Rejalash stoli yoki veristak
|
3
|
Kertmaklarni hosil qilish
|
|
|
Tiluvch va qirquvchi arra , yunuvchi iskana
|
Rejalash stoli yoki veristak
|
4
|
Birikma hosil qilish
|
|
|
Mix , bolg’a , burama mix , otvyortka
|
Rejalash stoli yoki veristak
|
Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Yog`och materiallarni oyish va parmalash, pardozlash (silliqlash). Kesuvchi asboblarni ishga sozlash. Mehnat havfsizligi qoidalari. Ish usullarini o’rganish va malaka hosil qilish
Shakllantiriladigan bilimlar: Ish turiga qarab qirquvchi, yo’nuvchi, oyuvchi uskunalar tanlash. Uskunalarni charxlash va o’tkirlik burchaklarini tekshirish. Buyumlarni teshish uchun parma va yordamchi moslamalarni tanlash va mahkamlash, qisqichga o’rnatish.
Ishdan maqsad: Duradgorlik buyumlari detallarini ishlar: Iskanalar bilan yog`ochni boyiga, eniga, ko’ndalangiga yo’nish, shurup va yog’och mixlar yordamida biriktirish.
Jihozlar, asbob va moslamalar: O’lchov chizg’ichi, guniya, hatkash, qalam, sirkul, arra, parma, bolg’a, egov, randa, oyuvchi iskana, tukmoq va boshqalar.
Mashg’ulot yuzasidan topshiriq: Mix, shurup va yelim yordamida yog’ochdan yasaladigan gul uchun taglik tokcha, rasm ramkasi, o’tirgich, bolalar kravati, qush uyasi, plakat va kartalar uchun shtativ va boshqa buyumlarni biriktirib yasash.
Topshiriqni bajarish yuzasidan ko’rsatma:
Tayyorlanadigan buyumni texnologik xaritasini tuzish.
Tayyorlanadigan buyumlarga mos materiallar tanlash (qarag’ay, archa, tilag’och, oq qarag’ay, terak, eman, tog’ teragi va faneralar).
Tayyorlanadigan buyumni chizma boyicha rejalash.
Tayyorlanadigan buyumni chizma boyicha arralash ishlarini bajarish.
Har bir buyumni birinchi (baza) qatlamini randalash.
Zagatovkani eni va qalinligi boyicha to’rt tomondan rejalash.
Reja boyicha boylamasiga arralash.
Detallarda yarim oyiqli birikma yoki quloq va uyalarni rejalash.
Tirnoq va uyalarni arralash va trum ochish, parmalash.
Biriktirish usullaridan foydalanib mix, burama mix (shurup) va yelimlar yordamida biriktirish ishlarini bajarish.
Buyumlarni jilvirlab pardozlash.
Tayyorlangan buyumni o’qituvchi va o’quv ustasiga topshirish.
Nazorat uchun savollar:
Duradgorlik yelimlari va ularni ishlatish usullarini tushuntiring.
Asboblar saqlanadigan planshet, shvabra va archa uchun taglik tayyorlashning texnologik xaritalarga muvofiq to’g’ri tirnoq va quloqlarning kesish texnologiyasini tushuntirish.
Mustaqil ta’lim uchun topshiriqlar.
Duradgorlikda ishlatiladigan yelimlar (Glyutin, Kazein, Fenolformaldegid va boshqalar) haqida ma’lumot. Yelimlarni fizik va kimyoviy xossalarini o’rganish. Mix, vint, burama mix (shurup) larning texnologik xususiyatlari haqida. Qadimgi xalq xunarmandchiligida ishlatiladigan biriktirish elementlari. Hozirgi zamonda yelimlarni tayyorlash texnologiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |