Tеrmiz davlat univеrsitеti kasbiy ta’lim kafedrasi



Download 24,49 Mb.
bet114/174
Sana26.06.2022
Hajmi24,49 Mb.
#706595
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   174
Bog'liq
МАЖМУА тайёри

Mushranda tuzilish jihatidan taxta randadan farq qil-maydi. Mushranda tig‘ida qo‘shimcha temir pushtak bo‘lib, u pay-raxani sindirish vazifasini o‘taydi. Shuning uchun temir push-takni tig‘ning kesuvchi qirrasiga yaqin o‘rnatiladi. Shu tariqa o‘rnatilganda tig‘ chiqargan payraxani darhol qayirib sindi-radi va randalashni yengillashtiradi. Temir pushtak kesuvchi qirradan ortiqcha uzoqlashtirilmaydi. Aks holda uning taxta randadan farqi qolmaydi.
Mushranda yordamida yog‘och materiallarning sirti silliq-lanadi, shuningdek, yig‘ilgan tayyor buyumlarga dastlabki par-doz beriladi, buyum sirtidagi notekisliklar randalab tekis-lanadi.
Japs randa. Taxta randa va mushranda yordamida uzun va enlik taxtalarning sirti silliqlansa ham, ular bilan tekis randalab •bo‘lmaydi. Bunday sirtlar japs randa bilan randalab tekislanadi.
Japs randa kundasi uzun (700—800 mm), enlik (70— 80 mm), tig‘ining eni 55—60 mm bo‘ladi. Japs randaga, ko‘pin-cha, temir pushtakli tig‘ o‘rnatiladi. Bu randa yordamida ran-dalashda sirtlar tekis chiqishi uchun payraxa yupqa olinadi, qalin payraxa olinsa, sirt tekis chiqmaydi.
Sirtlarning tekis va silliq chiqishi randalarning ishga sozlanishiga, ularni to‘g‘ri tutib erkin randalashga va randa­lash vaqtida randaga kuchlarning to‘g‘ri qo‘yilishiga bog‘liq.
Randalarni ishga sozlash tig‘lar o‘tmaslanganda ularni kun­dadan chiqarib charxlash, charxlashda hosil bo‘lgan qirovini to‘-kish va tig‘ni kundaga qaytadan to‘g‘ri o‘rnatishdan iborat (17-rasm).
Tig‘lar elektr yoki suvli charxlarda charxlanadi. Charxlash vaqtida charx toshlar hamma vaqt oldinga qarab (to‘g‘ri yo‘na-lishda) aylantiriladi. Teskari yo‘nalishda aylantirilganda': (xususan elektr charxlarda) undan uchib chiqadigan kukun ki-shining ko‘ziga tushadi va xavfsizlik texnikasi qoidalarining buzilishiga olib keladi. Shuning uchun elektr charxlardan foy-dalanishda charxdagi himoya oynasini to‘sib olish yoki himoya ko‘zoynagi taqib olinadi.
Charxlash natijasida tig‘larda hosil bo‘lgan qirovni to‘-kish uchun qumqayroq yoki qayroqtosh, kerosin, suv bilan nam-^/ lab turiladi. Kerosin qirovni tez to‘kishga yordam beradi. Qayrash vaqtida tig‘larning o‘tmaslanib qolmasligiga, qumqay-roqning o‘yilib tezda ishdan chiqib qolmasligiga e’tibor be-riladi.
Qirovi to‘kilgan randa tig‘lari kundaga o‘rnatiladi. Bun­da, tig‘ning kesuvchi qirrasi kundadan bir tekis chiqarib (kun-da ostiga parallel qilib) o‘rnatiladi. Notekis o‘rnatilgan tig‘ sirtni tekis randalamaydi.
Randalarni to‘g‘ri tutish va erkin randalash sirtlarning tekis chiqishini ta’minlash bilan bir qatorda randalash vaq­tida o‘quvchilarning ortiqcha kuch sarflab qiynalmasliklariga, charchamasliklariga yordam beradi.
Randalash vaqtida sirtlarning tekis chiqmasligi ortiqcha mehnat va material sarflanishiga, materialning ishdan chiqi-shiga va o‘quvchilarning ishdan bezishlariga sabab bo‘ladi.
Randalash vaqtida randaga suruvchi va bosuvchi kuchlar qo‘-yiladi. Bu kuchlar noto‘g‘ri qo‘yilsa, ko‘pincha, taxtaning ikki uchi o‘yilib o‘rtasi do‘ng bo‘lib qoladi, sirtning tekisligi bu-ziladi.
Uquvchilarga sirtning silliq va tekis chiqishiga sabab bo‘-luvchi omillarni o‘rgatish bilan bir qatorda ortiqcha mehnat sarflamasdan tez va sifatli randalashga o‘rgatiladi. Buning uchun randalardan foydalanish ketma-ketligi, randalash tar-tibi va tekislikni tekshirish to‘g‘risida tushuncha berilib, bu borada yetarli ko‘nikma va malakalar hosil qilinadi. (Bu-haqdagi materiallar uchinchi bo‘limda yoritiladi.)
/

Randadarnn ishga sozlash:


I —.tig’ni charxlash va qayrash; a-charxlash; b- qayrash; v, g-qirov tushirish; II –tig’ni kundadan chiqarish va qayta o’rnatish;a,b-tig’ni chiqarishda kundaga shunday turiladi;v,g-tig’ni kundaga o’rnatish;d-ponani qotirish;e-tig’ning to’g’ri o’rnatilganligini tekshrish;
_



Download 24,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish