Arralarni ishga sozlash ishlari quyidagilardan iborat:
1.Arra tishlarining chaparrasini chiqarish. egovlash. 2- Arra tishlarini
3. Burcharralarda polotnoni kashakka nisbatan sozlab o‘rnatish.
Har qanday arraning tishlarini egovlashdan oldin chaparrasi chiqariladi. Bu maqsadda turli konstruksiyadagi chaparrostlardan (12-rasm) foydalaniladi.
Arra tishlarining chaparrasini chiqarishda, qanday arra bo‘lishidan qat’i nazar, uning toq sondagi tishlari bir tomonga, juft sondagi tishlari ikkinchi tomonga keriladi. Arra tishlarining chaparrasi polotnoning qalinligiga qarab undan 1-2 mm kengroq chiqariladi. Qalin polotnolik yirik tishli arralarning chaparrasi kengroq, yupqa polotnolik mayin tishli arralarning chaparrasi kichikroq chiqariladi. Tirnoq va quloqlar arralanadigan yupqa polotnolik arralarga ba’zan chaparra chiqarilmaydi.
Arra tishlarining chaparrasi chiqarilgandan so‘ng egovlanadi (13-rasm).
Tiluvchi arralarning tishlari uchburchak shaklidagi mayin egov bilan tog‘ va.juft,tishlarninghammasibirtomondanegovlanadi. Bunda egov polotnoga 90° burchak hosil qilib tutilib, gorizontal yo‘nalishda tortiladi.
Qirquvchi arralarning tishlari, tishlarning yirik va mayinligiga qarab, uchburchak yoki romb shaklidagi egovlar bilan egovlanadi. Qirquvchi arralarning tishlarini egovlashda egov polotnoga nisbatan ma’lum burchak hosil qilib tutilib, toq sondagi tishlar bir tomondan, juft sondagi tishlar ikkinchitomondan egovlanadi.
Burilmayoy arralarning tishlari tiluvchi arra tishlari singari egovlanadi.
Dastarralarni ishga sozlash chaparra chiqarish va egovlash bilan tugallanadi.
Burcharralarda chaparra chiqarish, ularni egovlash bilan bir qatorda kashagi sozlanadi va polotnosi kashakka nisbatan har xil burchaklarga burib o‘rnatiladi. Polotno kashakka nisba- tan kamida 20° ga burib o‘rnatiladi. Arralanadigan taxtaning eni va uzunligiga qarab, bu burchak orttirib boriladi. Polot-nonn kashakka nisbatan quloqlar yordamida buriladi. Buning uchun burama tayoqchani qaytarib, tortqi-ip bo‘shatiladi va ikkala quloqni baravar burish yo‘li bilan polotno kashakka nisbatan sozlanadi (14-rasm). So‘ngra tortqi-ip burama tayoqcha bilan eshilib polotno taranglanadi.
Polotnoni kashakka nisbatan burishda uning eshilib qol-masligiga, bitta quloq yordamida burmaslikka e’tibor beri-ladi* Polotno eshilib taranglansa, to‘g‘ri va erkin arralash qiyin bo‘ladi.
Duradgordik o‘quv ustaxonalarida olib boriladigan amaliy mashg‘ulotlar davomida arralar bilan bir qatorda, fanerlar-nya lobzik yordamida arralash ishlari ham o‘rgatiladi.
Arra tishlarining shakli va chaparrasi:
a — tiluvchi arra tishlari; 6— qirquvchi arra tishlari; v—aralash arra tishlari; ye — tiluvchi arra tishlarining chanapasi; d — qirquvchi arra tashlarining chaparasi.