Kalit so’zlar: fuqaro, erkinlik, shaxs, inson huquqlari, konstitutsiya. Annotatsiya



Download 19,61 Kb.
Sana27.10.2022
Hajmi19,61 Kb.
#857210
Bog'liq
Qomusimiz - erkin va farovon hayotimiz kafolati


Qomusimiz erkin va farovon hayotimiz kafolati
Tavbayeva Diana Alisher qizi
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti 1-bosqich talabasi.

Kalit so’zlar: fuqaro, erkinlik, shaxs, inson huquqlari, konstitutsiya.
Annotatsiya: Ushbu maqolada inson va fuqaroning huquqi va erkinligi haqida tushuncha berilib, ularning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi o’rni ko’rib chiqilgan.
Inson erkinligi – bu har bir kishining o‘z istagi bo‘yicha erkin ish tutishi. Erkinlik tushunchasi huquqshunoslik, siyosatshunoslik, etika, estetika kabi ijtimoiy bilim sohalarida keng ishlatiladi. Masalan, vijdon erkinligi, so‘z erkinligi, matbuot erkinligi va hokazo. Erkinlik o‘zi boshboshdoqlikni emas, jamiyatdagi muayyan tartibni ifodalaydi. Erkinlik insoniyatning jamiyat oldidagi bajarishi kerak bo‘lgan vazifasini erkin, ixtiyoriy tanlashidir. Erkinlik insonning siyosiy, ma’naviy ta’qibdan, zo’ravonlikdan himoyalanganligini bildiradi. Erkinlik o‘z baxtini o‘zi yaratish vositasi bo‘lib, insonning o‘zligini anglash darajasini ifodalaydi. Yana shuni aytish kerakki, shaxs erkinligini oshiruvchi omillarga u egallagan bilim va tajriba kiradi.
Inson huquqlari – bu jamiyatning eng oliy qadriyati, himmatidir. Inson huquqlari – bu butun insoniyatning intilishlari, orzu-umidlarini o‘ziga jamlagan keng qamrovli tushunchadir. Inson huquqlari – bu hozirgi taraqqiyotning asosi va davr talabidir.
Inson huquqlari – bu demokratik huquqiy davlatning eng muhim belgisidir. Inson huquqlari har bir davlatning demokratik taraqqiyoti darajasini ko‘rsatuvchi muhim mezondir. Shuning uchun ham inson huquqlari xalqaro huquqda va milliy huquqiy tizimda muhim o‘rin tutadi. Insoniyat o‘z tarixiy rivolanishi jarayonida inson huquqlariga oid qonunchilik – bu inson va fuqaro huquqlari hamda erkinliklari haqida qonunlar majmuidir. Bu qonunlar qatoriga inson huquqlari bo‘yicha xalqaro hujjatlar va milliy qonunlar kiradi.
Inson huquqlari avvalambor O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan. Konstitutsiyamizning bosh yo‘nalishi-insonni va uning hayotini ulug‘lashdir. Asosiy qonunimizning 13-moddasida: “O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, eriknligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi”, deb mustahkamlab qo‘yilgan.
Konstitutsiyaning II-bo‘limi aynan inson va fuqarolarning huquq va erkinliklariga oid normalarni o‘z ichiga oladi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining VII, VIII, IX, X, XI-boblarida inson va fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy huquqlari, burchlari, shuningdek bu huquqlarni ta’minlash kafolatlari ham belgilab berilgan.
O'zbekistonda Inson huquqlari bo'yicha milliy institutlarning shakllanishi mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlari doirasida davlat va jamiyatning barcha sohalarida demokratik islohotlar o'tkazish amalga oshirildi. Inson huquqlari bo'yicha milliy institutlarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash, moddiy-texnikaviy bazani mustahkamlash, Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi va boshqa milliy institutlar bo'linmalarining samarali ishlashi uchun zarur bo'lgan sharoitlarni yaratish bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish ko'zda tutilgan. Inson huquqlari bo'yicha milliy institutlar faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida qabul qilingan me'yoriy hujjatlar, xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish maqsadlarida milliy institutlarning qonunchilik asoslarini takomillashtirish O'zbekistonning demokratik o'zgarishlarga sodiqligini yana bir karra namoyish qilmoqda.
Ayni paytda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan inson huquqlari bo'yicha milliy institutlardan Oliy Majlis Inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman), O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonunchilik monitoringi instituti hamda Milliy markazimiz zimmasidagi vazifalarni to'laqonli bajarish yo'lida xizmat qilib kelmoqda. Bu tashkilotlarning harakati, izlanishlari o'laroq, yurtimizda inson huquqlari muhofazasi yo'lida mustahkam qonunchilik tizimi barpo etildi. Istiqlol yillarida insonning asosiy huquq va erkinliklarini ta'minlashga doir konstitutsiyaviy qonunlar, kodekslar va boshqa qonunlar qabul qilinib, hayotga tatbiq etilmoqda. Ayni paytda mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarining huquqiy asoslari yaratilishi va uning amalda qo'llanishi hamda kafolatlanishini kuzatuvchi mexanizmlardan yuqorida tilga olib o'tilgan institutlar bilan bir qatorda Oliy sud huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta'minlash bo'yicha tadqiqot markazi va Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligida inson huquqlari bo'yicha bo'linmalar va boshqarmalar samarali faoliyat yuritmoqda.
Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari joriy qonunlarda o‘z aksini topgan. Hozirgi kunda davlatlar o‘z Konstitutsiyalarida inson huquqlariga oid quyidagimuhim qoidalarni mustahkamlaganlar:
– inson huquqlari va erkinliklarini tan olish va himoya qilish bu davlat majburiyatidir;
– inson huquqlari va erkinliklari xalqaro-huquqiy andozalarga mos kelishi va bu sohada xalqaro huquqning ustuvorligi;
– inson huquqlari va erkinliklari unga tug‘ilgandan boshlab taalluqlidir, yangi tabiiy huquq g‘oyasini, nazariyasini e’trof etilishi;
– hammaga va har kimga inson huquqlari va erkinliklarining teng va barobar taalluqliligi;
– fuqarolarning kafolatlangan sud himoyasi bilan ta’minlanishi;
– inson huquq va erkinliklarini amalga oshirish boshqa shaxslar huquqlarini buzmasligi zarurligi.
Dunyo davlatlarida inson huquqlariga oid qonunchilik tizimi quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1. Fuqarolarning shaxsiy huquqlariga oid qonunlar.
2. Fuqarolarning siyosiy huquqlariga oid qonunlar.
3. Fuqarolarning iqtisodiy huquqlariga oid qonunlar.
4. Madaniy huquqlarga oid qonunlar.
5. Inson huquqlariga oid xalqaro huquqiy hujjatlar.

Bizning asosiy qonunimiz bo‘lmish Konstitutsiyamizda ham inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari shaxsiy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarga bo‘lingan.


Shaxsiy huquq va erkinliklar inson erkinligining asosiy jabhalarini qamrab oladi, kishining jamiyatdagi turmushi, yashash va faoliyat ko‘rsatish asoslarini ifodalaydi, uning shaxsiy hayotini, xususiy erkinliklarini turli xildagi aralashuvlardan himoya qiladi. Ushbu turga kiruvchi subyektiv huquq va erkinliklarning muhim farqi shundaki, ular kishining individual hayotiy ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, ularning o‘zlari tomonidan mustaqil amalga oshiriladi.
Download 19,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish