2-Mavzu: Yog‘ochga ishlov berishda qo‘l asboblaridan foydalanish texnologiyasi. Iskana asbobidan foydalanish



Download 9,76 Mb.
Sana10.02.2022
Hajmi9,76 Mb.
#441326
Bog'liq
7-sinf 2- mavzu

2-Mavzu: Yog‘ochga ishlov berishda qo‘l asboblaridan foydalanish texnologiyasi. Iskana asbobidan foydalanish

Yog‘ochdan turli buyumlar tayyorlash uchun yog‘och materiallarni o‘lchash va rejalash kerak bo‘ladi. Buning uchun maxsus asboblardan foydalaniladi. O‘lchash deb yog‘och materialning o‘lchamlarini va shaklini aniqlashga aytiladi. Bu asboblarga chizg‘ichlar, metr, ruletka, go‘niyalar, xatkash va o‘lchov andozalari kiradi. O‘lchov andazalari bir xil buyumni ko‘plab tayyorlashda qo‘llaniladi. O‘lchov andazasi bir xil uzunlikni ko‘p marta o‘lchash uchun kerakli kattalikda tayyorlangan reyka, tayoqcha yoki shu kabilardan iborat. Tayyor buyum namunasidan ham foydalansa bo‘ladi.

  • Yog‘ochdan turli buyumlar tayyorlash uchun yog‘och materiallarni o‘lchash va rejalash kerak bo‘ladi. Buning uchun maxsus asboblardan foydalaniladi. O‘lchash deb yog‘och materialning o‘lchamlarini va shaklini aniqlashga aytiladi. Bu asboblarga chizg‘ichlar, metr, ruletka, go‘niyalar, xatkash va o‘lchov andozalari kiradi. O‘lchov andazalari bir xil buyumni ko‘plab tayyorlashda qo‘llaniladi. O‘lchov andazasi bir xil uzunlikni ko‘p marta o‘lchash uchun kerakli kattalikda tayyorlangan reyka, tayoqcha yoki shu kabilardan iborat. Tayyor buyum namunasidan ham foydalansa bo‘ladi.

Arralar.

Arralarning tishlari

Yo‘nuvchi iskanalar yordamida yo‘nish yo‘li bilan taxtalarning chetlariga faska chiqariladi, tirnoqlar rostlanadi, teshik, uyalar yo‘nib kengaytiriladi. Shuningdek, yumshoq va yupqa taxtalar o‘yib teshiladi. Qalin va qattiq yog‘ochlarni o‘yish-teshish ishlari o‘yuvchi iskanalar yordamida bajariladi. Yo‘nuvchi iskanalar yupqa, o‘yuvchi iskanalar qalin bo‘ladi. Bundan qat’iy nazar, ularning eni har xil o‘lchamda tayyorlanadi. Yo‘nuvchi iskanalarning eni 4 mm dan 40 mm gacha, o‘yuvchi iskanalarning eni 6 mm dan 20 mm gacha bo‘ladi.

  • Yo‘nuvchi iskanalar yordamida yo‘nish yo‘li bilan taxtalarning chetlariga faska chiqariladi, tirnoqlar rostlanadi, teshik, uyalar yo‘nib kengaytiriladi. Shuningdek, yumshoq va yupqa taxtalar o‘yib teshiladi. Qalin va qattiq yog‘ochlarni o‘yish-teshish ishlari o‘yuvchi iskanalar yordamida bajariladi. Yo‘nuvchi iskanalar yupqa, o‘yuvchi iskanalar qalin bo‘ladi. Bundan qat’iy nazar, ularning eni har xil o‘lchamda tayyorlanadi. Yo‘nuvchi iskanalarning eni 4 mm dan 40 mm gacha, o‘yuvchi iskanalarning eni 6 mm dan 20 mm gacha bo‘ladi.

Yog‘och taxtalarni yo‘nish, o‘yish-teshishda nov shaklidagi iskanalar ishlatiladi. Ular yordamida silindrik teshik va uyalar o‘yish, sirtlarda nov ochish ishlari bajariladi. Nov shaklidagi iskanalar har xil o‘lchamda tayyorlanadi. (6-rasm)
Iskanalar bir tomonlama charxlanadi. Yo‘nuvchi iskanalarning o‘tkirlik (charxlash) burchagi 18–25°, o‘yuvchi iskanalarning o‘tkirlik burchagi 25–35° atrofida bo‘ladi.

Yog‘ochga qo‘lda ishlov berish asboblarini ishga tayyorlash hamda ish joyini tashkil qilish

  • Maktab ustaxonasidagi duradgorlik dastgohining asosiy qismi uning oyoqlariga o‘rnatilgan va kerakli balandlikda maxkamlanadigan ish stolidan iborat bo‘lib, u stolda tegishli kattalikdagi yog‘och materiallarining ishlov berish uchun kerakli xolatda maxkam o‘rnatish uchun teshiklar ochiladi. Stolning chuqurlashtirilgan qismidan ishlatiladigan asboblar va materiallarni qo‘yish uchun foydalaniladi. Duradgorlik dastgohining iskanjasida vintli mexanizmdan foydalaniladi. Iskanja ishlov beriladigan detalni kerakli holatda maxkam o‘rnatish hamda bo‘shatib olish uchun ishlatiladi. Duradgorlik dastgohi stolning balandligi unda ishlayotgan odamning bo‘yiga mos bo‘lishi kerak (7-rasm)

Yog‘ochdan uy-ro‘zg‘or buyumlar yasash

  • Yog‘ochdan tayyorlangan uy-ro‘zg‘or buyumlari turli xil bo‘lib, ulardan ko‘pincha yog‘ochdan yasash qulay hisoblanadi. Ularning asosiy turlari oshxona buyumlari, mehmonhona, yotoqxona hamda ro‘zg‘orda ishlatiladigan turli asboblar va buyumlar yog‘och qismlaridan iborat. Uy-ro‘zg‘or buyumlaridan har birini tayyorlashda uning bajariladigan vazifasiga qarab qanday yog‘och turidan maqsadga muvofiqligini aniqlab olinadi. Unda asosan ishlatiladigan yog‘och materialining qattiqligi hamda undan tayyorlanadigan buyumdan foydalanish jarayonida ro‘y beradigan ta’sirlarga chidamlilik darajasi hisobga olinadi. Oddiy shaklda uy-ro‘zg‘or buyumlaridan bo‘lgan sabzavotlar to‘g‘rash taxtasini odatda o‘rtacha qattiqlikdagi yog‘ochlardan turli shakllarda tayyorlanadi.

Mustahkamlash uchun savollar:

Mustahkamlash uchun savollar:

  • 1. O‘lchov andozalari nima uchun ishlatiladi?
  • 2. Yog‘ochni arralash uchun qanday arralar ishlatiladi?
  • 3. Arralar bir-birlaridan qaysi belgilariga qarab farqlanadi?
  • 4. Iskanalar qanday turlarga bo‘linadi?
  • 5. O‘yuvchi iskanalar bilan qaysi ishlar bajariladi?
  • 6. Yo‘nuvchi iskanalarni tig‘i qanday shakllarda bo‘ladi?
  • 7. Kesuvchi iskanalar bilan qanday ishlar bajariladi?
  • 8. Iskana bilan ishlashda qanday xavsizlik qoidalariga rioya qilish shart?

9. Duradgorlik dastgohi qanday maqsadda xizmat qiladi?

  • 9. Duradgorlik dastgohi qanday maqsadda xizmat qiladi?
  • 10. Duradgorlik dastgohi qanday qismlardan iborat?
  • 11. Dastgoh stolining bir qismi nima uchun chuqurlashtirilgan?
  • 12. Dastgoh stolining balandligi qanday usulda belgilanadi?
  • 13. Dastgohda materialni to‘g‘ri o‘rnatish va maxkamlash qoidalariga rioya qilish nima uchun zarur?
  • 14. Dastgohning yaxshi saqlanishi nimalarga bog‘liq?

Download 9,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish