Mavzu: Nivelir reykalari va ularni tekshirishlarni bajarish



Download 156,36 Kb.
Sana28.06.2022
Hajmi156,36 Kb.
#711923
Bog'liq
geodeziya 3 -amaliy


3-AMALI ISH
Mavzu: Nivelir reykalari va ularni tekshirishlarni bajarish
Nisbiy balandlikni o‘lchashda ishlatiladigan reykalar uch turga bo‘linadi:
𝑃𝐻 − 05, 𝑃𝐻 − 3, 𝑃𝐻 − 10; shifrda 𝑃 −reyka, 𝐻 −nivelir, raqam 05, 3, 10 bir kilometr yo‘lni nivelirlashdagi o‘rtacha kvadratik xatolikni bildiradi, (mm) da.
𝑃𝐻 − 05 – nivelir reykasining asosi yaxlit taxtadan bo‘lib 3 metrli (maxsus ishlar uchun 1 metrli) uzunlikda bir tomonli qilib ishlab chiqiladi. Reyka o‘rtasiga 5 mmli bo‘laklarga bo‘lingan invar tasmasi tortilgan (1–shakl. a). Bu reyka yordamida yuqori aniqlikdagi nivelirlash ishlari bajariladi.




1-shakl. Nivelirlash reykalari

  1. RN 05 invar reykasi; b)RN 3 yaxlit va buklama reykalari; v)shtrix kodli reyka

𝑃𝐻 − 3 – nivelirlash reykasi uzunligi 3 – 4 metr, kengligi 8 – 10 sm, qalinligi 2 – 2.5 sm keladigan taxtachadir. Reyka boshidan oxirigacha oq rang moyli bo‘yoq bilan bo‘yalgan, ikki uchiga tunika qoqilgan. Reyka maxsus mashina yoki shablon yordamida santimetrlarga bo‘lingan. Santimetrli bo‘laklar 1 santimetr oralatib qora yoki qizil rangga bo‘yalgan. Reykadan sanoq olishni osonlashtirish maqsadida har bir ditsemetr 5 sm li bo‘laklarga ajratilgan, har bir ditsemetrning birinchi besh bo‘lagi E harfiga o‘xshaydi. Reykadagi ditsimetrlar teskari yo‘nalishda ya’ni O dan boshlab reyka uchiga tomon raqamlar bilan belgilangan (01, 02, 03…. . ), (1– shakl. 𝑏).


Nivelirlashda ishlatiladigan reykalar yaxlit, buklama va surilma bo‘ladi. Reykalar ikki tomonli bo‘lganda reykaning bir tomonida santimetr bo‘laklari qora rangda bo‘ladi va pastidan detsimetr bo‘laklari 0 raqamdan boshlanadi, ikkinchi tomonidagi santimetr bo‘laklari qizil rangga bo‘yaladi va bu tomondagi raqamlar 4887 yoki 4787 sonidan boshlab belgilanadi.
Shuning uchun reykaning qora va qizil tomonidan olingan sanoqlar farqi 4887 yoki 4787 ga teng bo‘ladi.
Raqamli nivelirlardan foydalanib nivelirlanganda shtrix-kodli reykalar ishlatiladi (1– shakl. 𝑣). Raqamli nivelirlar reyka bo‘yicha hisoblash prinsiplari bilan reykalar esa shtrix-kodlari bilan farqlanadi. Shuning uchun,
𝐿𝑒𝑖𝑐𝑎 𝐺𝑒𝑜𝑠𝑦𝑠𝑡𝑒𝑚 𝐴𝐺 firmasining nivelirlari bilan ishlaganda, shu firmaning nivelirlari uchun mo‘ljallangan reykalarini qo‘llash lozim, 𝑇𝑂𝑃C𝑂𝑁 firmasi nivelirlaridan foydalanilganda TOPCON firmasining reykalaridan foydalanish lozim va hokozo. 1km ikkilangan yo‘lni nivelirlashda nisbiy balandligini aniqlash o‘rta kvadratik xatoligini o‘lchashda qo‘llaniladigan reykalarning materiallarini sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchi firmalar nafaqat yuqori aniqlikda o‘lchashga erishishga intiladilar, bir vaqtda reykalar yengil va mustahkam bo‘lishini ta’minlashga harakat qiladilar.
Hozirgi kunda mustahkamligi va og‘irligi, chiziqli kengayish koeffitsiyentining kichikligi–10 𝑃𝑃𝑚 (mm/km) bilan juda yaxshi munosabatga ega bo‘lgan – shishatolali yangi material (fiberglas) paydo bo‘ldi. Odatda reykaning bir tomoniga, avtomatik ravishda hisoblash uchun binarli kodlar, boshqa tomoniga esa, vizual hisoblash uchun shkala tushiriladi.


Nivelir reykalari sifatli yog'ochdan yasalgan bo’lib, uzunligi 3 yoki 4 m (3000 yoki 4000 m m ) , qalinligi 2 — 3 va eni 8 s m ga teng boiishi kerak . Reykaga shashkasimon santimetrli bo’laklar chiziladi va detsimetrli oraliqlar arab raqamlari bilan ko'rsatiladi. Bo’laklar hisobi reykaning pastki uchidan (tovonidan) boshlanadi. Detsimetrli bo’laklaring boshlanishi chiziqcha bilan belgilanadi. Reyka egilmaydigan va chidamli bo’lishi uchun qo ‘shtavr kesimli qilib yasaladi va ikki uchiga metall (tunuka) qoplanadi. Reykalar bir tomonli (bo’laklar bir tomoniga chizilgan) va ikki tomonli (bo’laklar ikki tomoniga chizilgan) oq va qora, ikkinchi tomondagilari esa oq va qizil rangga bo ‘yalgan bo‘ladi. Shuning uchun reykaning qora rangli tomoni — qora tomon , qizil rangli tomoni — qizil tomon deb ajratiladi. Sanoq olish qulay bo’lishi uchun har detsimetrli bo’lakning dastlabki besh santimetrli bo’laklari « Е » harfi ko‘rinishda beriladi va qiymati dm birlikda yoziladi. Dala ishlarini boshlashdan oldin reykalarning butunligi, bo‘laklar va raqamlar bo‘yog‘ining ko‘chmaganligi, mahkamlash moslamalarining ishlashi ( buklanadigan yoki yig‘ma reykalarda) va uchlardagi metall qoplamalaring mustahkamligi ko‘rib chiqiladi. Keyin quyidagi tekshirishlar bajariladi: 1. Reykalar juftidagi metrli oraliqlarning o‘rtacha qiymatini aniqlash. Tekshirish Jeneva chizg‘ichi (zanglamaydigan oq metalldan yasalgan, uzunligi 1 m , eni 40 — 55 mm , ikki yog‘i qiyayo‘nilgan va bir tomoni 0,2 mm , ikkinchi tomoni esa 1 mm li bo’laklarga bo‘lingan maxsus chizg‘ich) yordamida bino ichida bajariladi. Tekshirishni boshlashdan oldin metrli oraliqlar, ya’ni qora tomondagi 01, 10, 20, 29; qizil tomondagi 47, 57, 67, 76 detsimetrli bo’laklarning boshlanishi o‘tkir qalam bilan metall chizg’ich yordamida belgilab olinadi. Reykani egilmaydigan qilib gorizontal holatda yotqiziladi. Keyin Jeneva chizgichi yordamida har bir metrli oraliq (01-10, 10-20, 20-29 va 47-57, 57-67, 67-76) ikki marta to‘g‘ri va teskari yo‘nalishda o’lchanadi. Har bir metrli oraliqda Jeneva chizg’ichining o‘ng va chap uchlaridan olingan sanoqlar farqi 0,1 m m dan oshmasligi kerak. Reykalar juftidagi metrli oraliqlarning o‘rtacha qiymatlari bir-biridan 0,8 mm.
Download 156,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish