3. antropometrik o‘lchovlarni o‘tkazishga doir amaliy ko‘nikmalar



Download 25,93 Kb.
Sana24.03.2022
Hajmi25,93 Kb.
#507693
Bog'liq
Bo`y uzunligini o`lchash uchun – rostometr.


3. ANTROPOMETRIK O‘LCHOVLARNI O‘TKAZISHGA
DOIR AMALIY KO‘NIKMALAR
Antropometriya — bolaning jismoniy rivojlanganligini tanasini
o‘lchash yo‘li bilan aniqlashdir. Hamshira bo‘y va ko‘krak aylanasini
o‘lchaydi. Eng oddiy antropometrik tekshirishlarni ham tibbiyot
hamshiralari (statsionar, poliklinika, sanatoriy, dam olish uyla-
rida) o‘tkazadilar.
3.1. Bolaning bo‘yini o‘lchash
1. Qo‘llar yuvib, quritiladi.
2. Tayyorlab qo‘yiladi: bo‘y o‘lchagich, xlorli ohakning 1 % li
eritmasi, 96 % li spirt.

218
3. Bolaga oyoq kiyimini yechish taklif qilinadi.


4. Bo‘y o‘lchagichning plankasi shkala bo‘yicha yuqoriga ko‘tariladi.
5. Bolani 4 nuqtasi (tovonlari, dumbalari, kuraklari, ensasi)
bilan tegadigan qilib qo‘yiladi.
6. Plankani ohista bemor boshigacha tushiriladi va shkalada
belgi qoldiriladi.
7. Olingan natija kasallik tarixiga yozib qo‘yiladi.
8. Bo‘y o‘lchagichga ishlov beriladi.
Yoshiga yetmagan bolalar
uchun gorizontal rostometr
(bo‘y o‘lchagich) qo‘llaniladi.
Bola boshi rostometrning bosh
tomoniga zich taqalib turadigan
qilib yotqiziladi, bolaning boshini
onasi yoki xodimlardan biror
kishi shu holda ushlab turadi.
Tibbiyot hamshirasi bolaning
tizzalariga ohista bosib, oyoqlarini
rostlaydi va shu vaqtda surma
taglikni oyoq panjasiga surib
keladi. Rostometrning shu tagligi bilan bosh tomoni orasidagi
masofa bolaning bo‘yini ko‘rsatib beradi (biriktirib qo‘yilgan
santimetr lentasiga qarab aniqlanadi, 46-rasm).
3.2. Tana og‘irligini o‘lchash
1. Qo‘llar yuvib, quritiladi.
2. Tayyorlab qo‘yiladi: tarozi, xlorli ohakning 1% li eritmasi,
96 % li spirt.
3. Tarozidagi ilgak ochib qo‘yiladi.
4. Tarozi sozlanadi.
5. Bolaga tarozi maydonchasi o‘r-
tasiga turish taklif qilinadi.
6. Tarozi sozlanadi.
7. Olingan natija kasallik tarixiga
yozib qo‘yiladi.
8. Tarozi maydonchasiga ishlov
beriladi.
Go‘dak bolalarni maxsus bolalar
tarozisida, yaxshisi, emizishdan avvalgi
ertalabki soatlarda tortiladi (47-rasm).
46-rasm. Bolaning bo‘yini o‘lchash:
a — gorizontal, b — vertikal
bo‘y o‘lchagichda.
47-rasm. Bolaning vaznini aniqlash:
a — gorizontal (pallali),
b — tibbiy tarozida.
=
>
a
b

219
Bolani tortilayotgan mahalda tagiga iliq yo‘rgak solish, tarozining


pallasini har kuni sovunlab yuvib qo‘yish va tarozining holati hamda
ko‘rsatishlarining to‘g‘riligini sinchiklab kuzatib borish kerak.
3.3. Ko‘krak aylanasini o‘lchash
1. Qo‘llar yuvib, quritiladi.
2. Tayyorlab qo‘yiladi: santimetrli lenta, xlorli ohakning 1 % li
eritmasi, 96 % li spirt.
3. Bolaga ust kiyimini yechish taklif qilinadi.
4. Santimetrli lentani olib orqadan kurak suyaklari ostidan,
oldindan ko‘krak bezining so‘rg‘ichlari orqali aylantiriladi.
5. Olingan natija kasallik tarixiga yozib qo‘yiladi.
6. Santimetrli lentaga ishlov beriladi (48-rasm).
3.4. Bosh aylanasini o‘lchash
1. Qo‘llar yuvib, quritiladi.
2. Tayyorlab qo‘yiladi: santimetrli
lenta, xlorli ohakning 1 % li eritmasi,
96 % li spirt.
3. Bolaning bosh kiyimi yechiladi.
4. Santimetrli lenta bilan bola bosh
aylanasi o‘lchanadi: orqadan ensa
do‘ngliklari, oldindan qosh usti do‘ng-
liklari qamrab olinadi (49-rasm).
5. Olingan natija kasallik tarixiga yozib qo‘yiladi.
6. Santimetrli lentaga ishlov beriladi.
3.5. O‘pkaning tiriklik sig‘imini aniqlash
1. Qo‘llar yuvib, quritiladi.
2. Tayyorlab qo‘yiladi: spirometr, 96 % li spirt.
49-rasm. Bosh aylanasini
o‘lchash.
48-rasm. Ko‘krak aylanasini o‘lchash:
a — katta yoshli, b — emizikli bolalarda.
=
>

220
3. Spirometr mundshtugiga 96 %


li spirt eritmasi bilan ishlov beriladi.
4. Bolaga chuqur nafas olishdan
keyin nafasni spirometrga chiqarish
taklif qilinadi.
5. Spirometr ko‘rsatkichi qayd
qilinadi va kasallik tarixiga yozib
qo‘yiladi.
6. Spirometr mundshtugiga 96 %
li spirt eritmasi bilan ishlov beriladi
(50-rasm).
3.6. Mushak kuchini o‘lchash
Mushak kuchi dinamometr asbobida, ko‘pincha, katta yoshdagi
bolalarda qo‘l va oyoqlarda alohida o‘lchanadi (51-rasm).
4. BOLALARNI OVQATLANTIRISHGA OID
AMALIY KO‘NIKMALAR
Qaysi usul bilan ovqatlantirish bolani yutish va so‘rish ref-
leksining qanchalik yuzaga chiqqanligiga, shuningdek, uning ah-
voliga bog‘liq. Yutish refleksi yo‘q bo‘lgan yoki shishachadan ov-
qatlantirilayotganda nafasi to‘xtab qoladigan chala tug‘ilgan bola-
larni faqat zond orqali ovqatlantiriladi.
4.1. Zond orqali ovqatlantirish qoidasi va texnikasi
Chaqaloqlarni zond bilan ovqatlantirishda quyidagi qoidalarga
amal qilish lozim:
1. Me’daga kiritiladigan zondning uzunligi bolaning qansha-
ridan to to‘sh suyagi xanjarsimon o‘simtasining uchigacha o‘l-
chanib belgi qo‘yilgan bo‘lishi kerak (taxminan 10—12 sm).
50-rasm. O‘pkaning tiriklik
sig‘imini aniqlash.
a
51-rasm. Dinamometrlar:
a — oyoqlar, b — qo‘llar uchun.
b

221
2. Zond kiritishdan oldin zondning o‘zini, rezina naychani,


quygich (voronka)ni qaynatib, sterillanadi.
3. Zond sistemasi me’daga havo tushishining oldini olish
maqsadida oldindan sut bilan to‘ldirib olinadi.
4. Zondning dastlabki uchdan bir qismiga steril glitserin yoki
vazelin moyi surtilib, bola tilining o‘rta chizig‘i bo‘ylab aniqlab qo‘yilgan
belgigacha kiritiladi. Zondni kiritayotganda sut oqib ketmasligi uchun
barmoqlar yoki metall qisqich bilan qisib turish kerak bo‘ladi.
5. Zondni belgilangan joygacha kiritib bo‘lgach, uning to‘g‘ri
kiritilganligiga ishonch hosil qilish uchun biroz kutiladi. Bordi-
yu, zond qizilo‘ngachda yoki me’dada turgan bo‘lsa, bolaning
ahvoli qoniqarlicha turaveradi, u bezovta bo‘lmaydi. Zond kekirdakka
tushib qolgan taqdirda, bola ko‘karib ketadi, yo‘tala boshlaydi,
zo‘riqadi. Bunday hollarda zond zudlik bilan tortib olinadi va bolaga
kislorod beriladi.
6. Faqat zondning me’dada turganligiga ishonch hosil qilingan-
dagina qisqichni ochib, me’daga sut quyila boshlanadi. Bola qusib
yuborishining oldini olish maqsadida sutni oqim bilan emas, tom-
chilab kiritgan ma’qul, shuning uchun quygich o‘rniga shprisdan
foydalanish tavsiya etilmaydi.
Bolani zond orqali ovqatlantirishda ikki usuldan foydalanish
mumkin:
1. Bir martalik, bunda zond bolani faqat bir marta ovqatlan-
tirish uchungina kiritiladi.
2. Ko‘p martalik yoki doimiy, bunda zond me’daga kiritilgach,
2—3 kun davomida qaytib olinmaydi va bolani bir necha marta
ovqatlantirish imkoniyati tug‘iladi.
Doimiy zond orqali ovqatlantirishning afzalliklari shundan
iboratki, bunda sut me’daga tomchilab kiritiladi, bu bolaning qayt
qilib yuborishi va qusishining oldini oladi, shuningdek, u orqali
dori moddalar va glukozani ham kiritish mumkin bo‘ladi.
Doimiy zond diametrining kichikligidan uni burun yo‘llari orqali
kiritilsa ham bo‘ladi. Shunday qilinganda vaqti-vaqti bilan bolada so‘rish
reflekslari paydo bo‘lyaptimi-yo‘qmi tekshirib turish imkoni tug‘iladi.
Doimiy zondning tashqi teshigi havo kirmaydigan qilib mahkam
berkitiladi va bolaning yuziga leykoplastir bilan yopishtirib qo‘yiladi.
4.2. Qoshiqcha bilan ovqatlantirish
Qoshiqchadan ovqatlantirish ko‘p sabr-toqat va chidamni talab
qiladi. Bu usul bolada yutish refleksi mavjud, lekin so‘rish refleksi

222
sust bo‘lganda qo‘llaniladi. Biroq bolaga ko‘krak berilsa-yu, ammo


u nimjonligidan o‘ziga kerakli me’yordagi sutni emib ololmasa,
qoshiqchadan ovqatlantiriladi. Bunda bolani sog‘ib olingan sut bilan
qoshiqchadan (so‘rg‘ichga o‘rganib qolmasligi uchun) qo‘shimcha
ovqatlantiriladi.
Chala tug‘ilgan bolani qoshiqchada ovqatlantirilganda uni qo‘lda
tutib turish va sutni ehtiyotkorlik bilan oz-ozdan og‘izga quyish
lozim. Bunda shoshmashosharlik qilish yaramaydi, navbatdagi
qoshiqchadagi sutni bola oldingisini yutib bo‘lgach quyiladi.
Ovqatlantirib bo‘lgandan keyin hamshira bola sutning hammasini
yutib bo‘ldimi-yo‘qmi og‘ziga qarab nazorat qilib qo‘yishi lozim.
Bolaning og‘zida sut qolib ketishi xavfli, chunki u bolaning nafas
yo‘liga ketib qolishi va ikkilamchi asfiksiya xuruj qilishiga va
aspiratsion zotiljamga sabab bo‘lishi mumkin.
4.3. Chaqaloqni shishachadan ovqatlantirish
Sun’iy ovqatlantirishga o‘tkazilgan va chala tug‘ilgan bolalarni
shishachadan ovqatlantirish ancha oddiy usul bo‘lsa ham, bir
qator qoidalarga rioya qilish tavsiya etiladi:
1. Har qaysi bola har gal ovqatlantirilganda alohida, steril
shishacha va so‘rg‘ichdan foydalaniladi.
2. Sut shishachadan bir me’yorda (tez ham emas, sekin ham
emas) oqib chiqishi kerak, buning uchun so‘rg‘ich uchi qizdi-
rilgan igna bilan teshiladi. Shuni yodda saqlash lozimki, so‘rg‘ich
ko‘p qaynatilavergandan so‘ng cho‘zilib bo‘shashib ketadi va teshigi
kattalashib qoladi, shuning uchun so‘rg‘ichni vaqti-vaqti bilan
yangisiga almashtirib turish kerak.
3. So‘rg‘ichni bolaga tutganda shishachani shunday ushlash
kerakki, uning bo‘g‘zi sut bilan butunlay to‘lib tursin, bu bola
me’dasiga havo tushib qolishining oldini oladi (52-rasm).
4. Ovqatlantirayotganda shoshqa-
loqlik qilish va so‘rg‘ichni tezroq bo‘-
shay qolsin, deb qisish yaramaydi.
5. So‘rg‘ichni berib qo‘yib bolani yol-
g‘iz qoldirish mumkin emas.
6. Bolani ovqatlantirib bo‘lgach, shi-
shacha va so‘rg‘ichni suv oqimida yuvib,
so‘ng qaynatib sterillanadi va belgilab
qo‘yilgan alohida idishda saqlanadi.
52-rasm. Chaqaloqni
shishachadan ovqatlantirish.

223
4.4. Shisha idishlarni tozalash


Sut, kefir, to‘yimli aralashmalar uchun mo‘ljallangan shisha
idishlar maxsus ishlovdan o‘tkazilishi kerak. Oldin idishlar 1 % li
soda solingan iliq suvga kamida 2 soat solib qo‘yiladi. Keyin cho‘tka
bilan yuviladi, yana bir marta oqib turgan suvda chayib, maxsus
idish (bak, kastrulka)ga solinadi, issiq suv quyib, 10 daqiqa qaynatiladi.
Keyin ularni olib, suvi oqib ketishi (qurishi) uchun maxsus joyga
qo‘yiladi. Shisha idishlarni duxovkali shkafda 120—150 °C haroratda
40—50 daqiqa davomida sterillash ham mumkin.
4.5. Chaqaloqlarni tomizg‘ich (piðetka) bilan ovqatlantirish
Tomizg‘ich yordamida chaqaloqlarni ovqatlantirish keyingi
paytlarda deyarli qo‘llanmaydi. Juda zarur bo‘lgan hollardagina
(zondni kiritishga moneliklar bo‘lganda) qisqa muddatga qo‘lla-
nilishi mumkin. Sutni burunga tomizishga hozir umuman ruxsat
etilmaydi, chunki bunday qilinganda ancha chala tug‘ilgan bola-
larda u burundan nafas olishni izdan chiqaradi.
4.6. Emizikli bolalarga bir martalik va sutkalik
sut miqdorini hisoblash
Chaqaloqlik davrida bir martalik va sutkalik sut miqdorini
hisoblash haqida darslikning nazariy qismida ma’lumot berilgan
edi. Chaqaloqlik davri tugagach, shuningdek, aralash va sun’iy
boqiladigan bolalarga sut miqdori quyidagicha hisoblanadi:
1. Shkarin bo‘yicha:
Ss = 800 ml — (50 × n), n — haftalar soni (8 haftagacha).
Ss = 800 ml + (50 × n), n — oylar soni (2 oylikdan so‘ng).
2. Sig‘imli usul bo‘yicha:
6 haftagacha vaznning — 1/5
6 haftadan 4 oylikgacha vaznning — 1/6
4 oydan 6 oygacha vaznning — 1/7
6 oydan 9 oygacha vaznning — 1/8
9 oydan keyin vaznning 1/9 hissasi miqdorida sut beriladi.
3. Kaloriyali usul:
Bola hayotining 1-kvartalida — 125—130 kkal/kg
Bola hayotining 2-kvartalida — 120—125 kkal/kg
Bola hayotining 3-kvartalida — 115—120 kkal/kg
Bola hayotining 4-kvartalida — 110—115 kkal/kg
Download 25,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish