Amaliy mashg`ulot
Mavzu: Elimlar yordamida murakkab birikma tayyorlash texnologiyasi Burchakli yashiksimon tirnoqli biriktirish ishlarini bajarish.
Shakllantiriladigan bilimlar: Elimlar, biriktiriladigan detal yuzasini elimlashga tayyorlash. Elim tanlash. Elimlarni eritish. Qisuvchi moslamalarni tayyorlash. Detallarni elim yordamida yig`ish. Elimning turiga qarab yig`ilgan buyumni elim ketguncha saqlab turish. Elimlangan choklarni tozalash. Elimlangan choklarning sifatini tekshirib ko’rish. Fanerlash va shpon yopishtirish uchun yog`och yuzani tayyorlash. Shponlarni rangiga qarab tanlash. Fanerlashda, shpon yopishtirishda elimlash usulini tanlash. o`rganish.
Ishdan maqsad: : Smola va kazein elimlarini tayyorlash va sifatini tekshirish. Biriktiriladigan yuzalar sifatini tekshirish. Elimlanadigan yuzaga silliq qilib elim eritmasini popuk bilan surtish. Shpon va fanerlarni mayda tishli arra, qo’l arra yoki o’tkir pichoq bilan kesish. Shiplarni fanerlashda kesuvchi vintlarni va moslamalarni tayyorlash.
Ko`p tirnoqli birikmalar, sandiq bog`lash, yashik simon ko`p tirnoqli maxfiy va yarim maxfiy birikmalar yordamida buyum tayyorlash. Elim tanlash. Elimlarni eritish.Qisuvchi moslamalarni tayyorlash. Detallarni elim yordamida yig`ish
Jihozlar, asbob va moslamalar: Millimetrli o`lchov chiziqli, qalam, porsi guniya, duradgorlik guniyasi, xatkash, xar xil tirnoq andozalari. Arralash, randalash, parmalash va o`yish dastgoxlari, yog`och bolg`a, yelimdon va h.k.
Mashg’ulot yuzasidan topshiriq:
Ko`p tirnoqli birikmalarni rejalash.
Topshiriqni bajarish yuzasidan ko’rsatma:
Tayyorlanadigan buyumni texnologik xaritasini tuzish.
Tayyorlanadigan buyumlarga mos materiallar tanlab olish (archa, qarag’ay, eman, tog’ teragi, sada, chinor va boshqalar).
Randalash uchun quyum qoldirib undan materiall arralab olish
Texnologik karta asosida 1 uzunlikdagi, eni a, qalinligi h bo`lgan brusoklar tayyorlanadi.
Brusoklarni uchida ma’lum o`lchamda tirnoq, quloq va uzunligini rejalash.
Tirnoq chiqarish uchun kertish va quloq ochish uchun oyish ishlarini bajarish.
Tirnoq va quloqlarni o’zaro bir-biriga kiritish va birikma hosil qilish.
Birikmani jipsligini ta’minlash.
Birikmalarni mix, shurup va yelimlar yordamida biriktirish.
Birikmalarni pardozlab sifatini yaxshilash.
Tayyorlanadigan buyumlar: Mix yashig’i, g’aladon, sandiq, planshet, meva yashig’i va boshqa buyumlar.
Nazorat uchun savollar:
Yashiksimon ko’p tirnoqli maxfiy va yarim maxfiy birikmalarni birbiridan farqi nimadaq
Burchakli yashiqsimon tirnoqli biriktirish usullarini aytingq
Tayyorlangan buyumlarga qoyiladigan talablarq
Mustaqil ta’lim uchun topshiriq: Duradgorlik birikmalari to’g’risida texnik ma’lumotlar. Turumli birikma haqida texnik ma’lumot olish. Porsi tirnoq birikmali buyumlar yasash texnologiyasini o’rganish. Xalq xunarmandchiligida ishlatiladigan burchakli yashiqsimon tirnoqli biriktirish usullari haqida.
Do'stlaringiz bilan baham: |