YOG‘OCHNING FIZIK XOSSALARI
Materialning butunligiga ta’sir etmaydigan va uning ximiyaviy tarkibini o‘zgartirmaydigan xossalar yog‘ochning fizik xossalari deb ataladi.
Yog‘ochning fizik xossalari uning rangi, tovlanishi, tob tashlab eshilishi, tabiiy guli (teksturasi), hidi, namligi, nam ta’sirida bo‘kishi, quruvchanligi, zichligi, nam o‘tkazuvchanligi, issiqlik o‘tkazuvchanligi, tovush o‘tkazuvchanligi, elektr o‘tkazuvchanligidan iborat.
Rang yog‘och materiallarning turlarini va ularning sifatlarini aniqlashga imkon beradigan muhim xossalaridan biri. Yog‘ochning rangi avvalo uning turiga va o‘sish sharoitiga bog‘liq. Ko‘pchilik yog‘ochlar (qayin, tol, arg‘uvon, terak, archa) oqish rangli bo‘lib, nursiz izlari bo‘ladi. Eman, shumtol jigar rang; qora qayin, akatsiya oq qizg‘ish; yong‘oq, qayrag‘och - qoramtir bo‘ladi.
Ko‘pchilik daraxtlar kesilgandan so‘ng ularning yog‘ochligi qoramtir bo‘lib qoladi. Bu narsa havo tarkibidagi kislorodning ta’siri natijasidir.
Yog‘och rangini yaxshilash uchun, shuningdek, uni boshqa rangga kiritish uchun unga turlicha ishlov beriladi. Yog’och ko‘pincha ximiyaviy moddalar bilan bo‘yaladi.
Yog’ochni tovlanishi (yaltiroqligi). Yog’och o‘zak nurlari tufayli, ularning yo‘nalishi va zichligiga bog‘liq qolda tovlanadi.
Yog’ochning tovlanishini suniy ravishda orttirish uchun loklash, politurlash va mumlash ishlari bajariladi.
Yog‘ochning tabiiy guli (teksturasi). Randalash vaqtida yog‘och tolalari, o‘zak nurlari va yillik halqalarining kesilishi natijasida yog‘ochning tabiiy guli namoyon bo‘ladi.
Igna bargli daraxt yog‘ochlarining zichligi yuqori bo‘lganligi uchun ularning tabiiy guli ko‘pincha bir xil ko‘rinishda bo‘ladi. Bargli daraxtlarning tuzilishi bir-biridan farq qilganligi sababli ularning tabiiy guli har xil ko‘rinishda bo‘ladi. Yog’chning tabiiy guli yillik halqalarning eniga, ertagi va kechki yog‘ochlik qismining ranglaridagi farqiga, tolalarning yirik-mayinligi va yo‘nalishiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Yog’ocni kesish yo‘nalishi tabiiy gulning o‘zgarishida katta ahamiyatga ega. Radial va tangental yo‘nalish bo‘yicha tilingan taxtalarni randalash natijasida hosil bo‘ladigan tabiiy gullar turlicha ko‘rinishda bo‘ladi, radial yo‘nalish bo‘yicha tilingan taxta randalanganda parallel to‘g‘ri chiziq-lardan iborat (rasm, b), tangental yo‘nalish bo‘yicha tilingan taxtani randalaganda burchak yoki konus shaklidagi ( rasm, v) tabiiy gullar namoyon bo‘ladi.
O’zak nurlari va yillik halqalari aniq ko‘rinmaydigan yog‘ochlarning tabiiy gullari uncha aniq va chiroyli ko‘rinmaydi.
O’zak nurlari va yillik halqalari aniq bilinadigan yog‘ochlarning tabiiy gullari juda chiroyli bo‘ladi. Tabiiy gullari chiroyli bo‘lgan yog‘ochlardan mebel korxonalarida pardoz materiali sifatida, qoplovchi material - shpon tayyorlashda keng foydalaniladi.
Yeng‘oq, nok, chinor, shumtol, eman kabi yog‘ochlar radial va tangental yo‘nalishda tilinganda chiroyli gullar hosil bo‘ladi.
Yeg‘ochlardagi gullarning yanada aniq va ravshan ko‘rinishi, chiroyli tovlanishi uchun ularni tiniq va shaffof loklar bilan loklanadi. Yeg‘ochlarda sun’iy gullar ham hosil qilinadi. Buning uchun tolalarning yo‘nalishiga parallel yoki burchak ostida bo‘yoqlar surtiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |