YOG‘OCH TURLARI
Har qanday yog’ochning ishlatilishi uning fizik va mexanik xossalariga, ishlatilish sharoitiga, miqdoriga va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi. Texnikaning taraqqiy etishi natijasida materiallardan foydalanish sohasida doimiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Yaqin kunlarda ham asosiy qurilish materiali hisoblanardi. Qurilish va inshootlarda yig‘ma temirbeton konstruksiyalarning ishlatilishi ga bo‘lgan ehtiyojni ancha kamaytirdi. Shunga qaramasdan, sellyuloza sanoatida hozirgi vaqtda asosiy material hisoblanadi.
Shuningdek, ayrimlarning xo‘jalik ahamiyati ortib bormoqda. Oq qayin yaqin yillargacha faqat o‘tin (yoqilg‘i) sifatida ishlatilib kelingan bo‘lsa, hozirgi kunda faner ishlab chiqarish korxonalarida va sanoatning boshqa sohalarida qimmatbaho material hisoblanadi.
Hamma yog’ochlar ular olinadigan daraxtlarning turiga qarab bargli va nina bargli gruppalarga bo‘linadi (rasm).
Qurilishlarda ko‘pincha nina bargli qarag‘ay, archa, tilog‘och, pixta, kedr kabi daraxtlardan olingan yog’ochlar ishlatiladi.
Bir qator afzalliklariga ko‘ra nina bargli daraxtlardan olingan yog’ochlar qurilish va duradgorlik ishlarida asosiy material hisoblanadi. Uning afzalliklari quyidagilardan iborat:
nina bargli yog’ochlarning tarkibida smolali moddalar bo‘lgani uchun xizmat muddati uzoq bo‘ladi, chirimaydi; ,
nina bargli o‘rmonlar bargli o‘rmonlarga qaraganda ko‘p;
nina bargli yog’ochlar bargli daraxt yog’ochlariga qaraganda yengil bo‘lgani uchun bir joydan ikkinchi joyga tashish oson;
nina bargli daraxt yog’ochlari bargli daraxt yog’ochlaridan yumshoq bo‘lgani uchun ularga ishlov berish oson;
nina bargli daraxtlarning tanasi to‘g‘ri, silliq bo‘lib, ulardan yaxshi sifatli xoda tayyorlanadi.
Qurilish va duradgorlik ishlarida nina bargli daraxt yog’ochlari bilan bir qatorda ba’zi bargli daraxt yog’ochlari ham ishlatiladi.
Masalan eman, shumtol, arg‘uvon, terak, chinor, zirk va boshqalar. Eman daraxtining zichligi ortiq, puxta va qattiq, chiroyli teksturali, nam ta’siriga chidamliligi , bilan boshqa yog’ochlardan ajralib turadi. O‘sib turgan daraxtlarning turini ularning po‘stlog‘iga, shoxlarining tuzilishiga va barglariga qarab farqlash mumkin.
Qurilish va duradgorlikda ishlatiladigan xoda, to‘sin va taxta holidagi materiallarining turini ularning rangiga, tabiiy guliga, hidiga, tovlanishiga qarab aniqlanadi.
Quyida qurilish va duradgorlikda ishlatiladigan ba’zi bargli va nina bargli yog’ochlarning turlari, tashqi belgilari va xossalari bilan tanishib o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |