2-rasm. Bir o‘rinli dastgohlarni ikki o‘rinli dastgoh ko‘rinishida joylashtirish
O‘quv ustaxonasi devorlariga osiladigan, yopishtiriladigan ko‘rgazmali o‘quv qo‘llanmalari uchun maydon bo‘lishi talab etilmaydi.
Duradgorlik o‘quv ustaxonalarida slesarlik ishlari ham bajarilishini hisobga olib, bitta yoki ikkita slesarlik ish o‘rni tashkil qilinsa, yanada yaxshi bo‘ladi.
Duradgorlik o‘quv ustaxonasida xavfsizlik texnikasi va sanitariya-gigiyena qoidalari talablariga amal qilgan holda ish o‘rinlari ikki xonaga joylashtirilgani ma’qul. Bunda individual ish o‘rinlari (duradgorlik dastgohlari) bir xonaga, umum foydalanadigan ish o‘rinlari (yog‘och ishlash stanoklari) esa ikkinchi xonaga joylashtiriladi. Ayrim ish o‘rinlari va qo‘shimcha jihozlar foydalanilishiga qarab turli xonalarga joylashtiriladi.
Bir yoki ikki xonali duradgorlik o‘quv ustaxonasida ish o‘rinlarining taxminiy joylashtirilishi 1-rasm, a, b larda ko‘rsatilganidek bo‘lishi mumkin.
Duradgorlik dastgohlari o‘rnatiladigan xona maydoni kichik bo‘lsa, dastgohlarni ikki o‘rinli dastgoh ko‘rinishida qarama-qarshi joylashtirish mumkin (2-rasm). Biroq bir o‘rinli dastgohlarni ikki o‘rinli dastgoh ko‘rinishida joylashtirishda ular bir-biriga jipslab o‘rnatilmasdan, balki oraliqlari ochiq qoldiriladi, ularni bir-biriga kashaklab qotirishga aslo yo‘l qo‘yilmaydi. Aks holda ular ikki o‘rinli dastgohlardan farqsiz bo‘lib qoladi.
Ikki o‘rinli dastgohlardan foydalanish o‘quvchilarning bir-biriga xalol berishiga, ish sifatining, xavfsizlik texnikasi qoidalarini buzilishiga olib keladi. Bularning oldini olish maqsadida individual va umum foydalanadigan ish o‘rinlari egallaydigan maydon 3-rasmdagi o‘lchamlardan kam bo‘lmasligi kerak. Bunda arralash va randalash stanoklari yordamida uzun o‘lchamli yog‘och materiallarga ishlov berilishi hisobga olinadi.
O‘quv ustaxonasining yetarli darajada yoritilishi.
Ustaxona binosi joylashishiga qarab tabiiy yoki sun’iy yo‘l bilan yoritiladi. Ustaxona tabiiy yo‘l bilan yoritilganda yorug‘likning binoga sharq, janub, g‘arb yoki sharqi-janubiy, janubi-g‘arbiy tomonlardan tushgani ma’qul. Shuningdek, ustaxonaning tabiiy yorug‘lik bilan yoritilishini ta’minlash maqsadida deraza romlarining katta va yetarli bo‘lishi talab etiladi. Deraza romlarining umumiy yuzasi pol yuzasining 1|4 qismini tashkil etsa, yetarli hisoblanadi, bundan kam bo‘lgan hollarda bino qo‘shimcha ravishda sun’iy yorug‘lik bilan yoritiladi.
Xonalarni sun’iy yo‘l bilan yoritishda har bir ish o‘rniga tushadigan yorug‘likning 100—150 lyuks bo‘lishi kifoya qiladi. Ish o‘rinlarining tabiiy yoki sun’iy yo‘l bilan yoritilishidan qat’i nazar, ish o‘rinlarini joylashtirishda yorug‘liknng old yoki chap tomondan, yo tik tushadigan bo‘lishiga e’tibor beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |