Arg‘uvon (lipa). Arg‘uvon qalin po‘stloqli, yog’ochi yumshoq, yengil, oqish tusli bo‘lib yillik halqalari aniq bilinmaydi. Kesish yo‘li bilan oson ishlanadi, kam chatnaydi, toblanmaydi. Undan chizmachilik taxtalari, quyish korxonalarida modellar, o‘yinchoqlar, qalam tayyorlanadi. yog’ochi hidsiz bo‘lganligi uchun undan idishlar, qoshiq va bochkalar tayyorlanadi.
Oq qayin (beryoza). Qayinning po‘stlog‘i oqish, uncha qalin bo‘lmaydi, keksa qayin daraxtining po‘stlog‘i palaxsa-palaxsa bo‘lib yorilgan bo‘ladi. Yeg‘ochi qattiq, qiyin ishlanadi, oqish tusli, yillik halqalari sal-pal bilinadigan, namga chidamsiz, yaxshi pardozlanadi, bo‘yoqni yaxshi oladi. Oq qayin yog’ochi faner ishlab chiqarishda keng ishlatiladi, undan oddiy mebellar, egri chiziqli detallar tayyorlanadi. Qayindan ochiqda, namda saqlanadigan buyumlar tayyorlanmaydi.
Qora qayin (buk). Qora qayin sarg‘ish-qizg‘imtil tovlanadigan oqish tusli, radial qirqimi bo‘yicha chiroyli tabiiy gulli, namga chidamsiz, qattiq qovushoq dir. Shuning uchun undan egib ishlanadigan mebellar, randalangan faner, chizmachilik asboblari tayyorlanadi, mashinasozlik sanoatida.ham ishlatiladi. Qora qayindan ro‘zg‘or buyumlari: juva, chekich, non taxta, idish-tovoqlar, bochkalar, randa va etikdo‘zlik qoliplari tayyorlanadi.
Tog‘ teragi (osina). Tog‘ teragining po‘stlog‘i sarg‘imtil bo‘lib, uncha qalin bo‘lmaydi, tananing pastki qismlarida chatnog‘i bo‘ladi. yog’ochi yumshoq, yengil, namga chidamsiz, oqish rangli, yillik halqalari aniq bilinadi. Undan faner, gugurt, taralar, tokarlik stanoklarida tayyorlanadigan buyumlar, oddiy va arzon mebIllar tayyorlanadi.
Terak (topol). Baqa terak va mirza terak bor. Ular bir-biridan tana va shoxlarining tuzilishi bilan farq qiladi. Baqa terakning po‘stlog‘i oq-ko‘kish rangli, silliq bo‘lib, tananing pastki qismida chatnog‘i bo‘ladi. Sershox, tanasi uncha to‘g‘ri bo‘lmaydi. yog’ochi oqish tusli, pishiq-puxta, ishlash ancha qiyin.
Mirza terakning po‘stlog‘i sarg‘ish, silliq, chatnash kam uchraydi. Tanasi to‘g‘ri, baqa terakka nisbatan kam shox bo‘ladi, undan yaxshi sifatli xoda tayyorlanadi. yog’ochi oqish tusli, namga chidamsiz.
Baqa terak va mirza terak, yog’ochi asosan, qurilish materiali hisoblanadi. Baqa terak idan duradgorlik buyumlari tayyorlashda ham foydalaniladi.
Yong’oq (орех), Yong’oq daraxtining po‘stlog‘i ko‘kimtir, qalin, silliq, Keksa yong‘oq daraxtlarida tananing pastki qismida po‘stloqning chatnog‘i bo‘ladi. yog’ochi qoramtir rangli, puxta pishiq, qattiq, ishlash qiyin, tabiiy guli chiroyli, yaxshi pardozlanadi. Undan randalangan faner, qimmatbaho mebel tayyorlanadi, o‘ymakorlik, pardoz ishlarida foydalaniladi.
Chinor (platan). Chinor daraxtining po‘stlog‘i qizg‘ish sariq tusli, silliq, yupqa bo‘ladi. Keksa chinorlarda tananing pastki qismida qisman chatnog‘i bo‘ladi. yog’ochi pishiq puxta, qattiq, ishlash ancha qiyin, qizg‘ish qoramtir rangli, chiroyli tabiiy gulli, yaxshi pardozlanadi. Undan randalangan faner, qimmatbaho mebel tayyorlanadi.
Nok (grusha). Nok daraxtining po‘stlog‘i qoramtir, yetarli darajada qalin, chatnagan bo‘ladi. yog’ochi to‘q jigar rangli, qattiq, mo‘rt bo‘lib, yillik halqalari sal pal bilinadi. Uning tabiiy guli juda chiroyli bo‘lib, undan randalangan faner, qimmatbaho mebel tayyorlanadi, pardoz ishlarida foydalaniladi.
Zarang (klen). Zarang yog’ochi oqish yoki qoramtir-qizg‘ish rangli bo‘lib, zichligi yuqori, puxta, mexanikaviy xossalari jihatidan emandan ustun turadi, yaxshi pardozlanadi, tabiiy guli juda chiroyli bo‘ladi, yillik halqalari salpal bilinadi. Undan randalangan faner, qimmatbaho mebel tayyorlanadi, mashinasozlik korxonalarida ishlatiladi. Zarang yog’ochi boshqalardan «qo’sh ko‘z» deb ataluvchi juda chiroyli tabiiy gullari bilan ajralib turadi.
Eman (dub). Eman yog’ochi to‘q-jigar rangli, yillik halqalari aniq bilinadi, chiroyli tabiiy gulli, yirik tolali bo‘ladi. Mexanikaviy xossalari juda yuqori, ishlash qiyin, zichligi katta. Suvda chirimaydi, namga chidamli, yaxshi pardozlanadi. Shuning uchun undan yer osti qurilishlarida, mashinasozlikda, mebellarni fanerlashda, mebel korxonalarida keng ishlatiladi. Parket, yog’och mix, egri sirtli detallar tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |