“Hayotimiz guli,oftobi- ayol”
(8-mart Onajonlar bayrami ssenariysi)
Zal bayramona,mavzuga oid,chiroyli gullar,sharlar bilan bezatilgan.Sho'h musiqa ostida tarbiyalanuvchilar musiqa zaliga kirib keladilar.Boshlovchi bayram ertaligini davraga chiqib, ochib beradi.
Boshlovchi: Quyosh kulib boqqan kun
Bahor tanga yoqqan kun
8-mart bu kun
Onajonlar bayrami!
Boshlovchi: Accalomu-alaykum dilbar, latofatli ayollar,muhtarama Onajonlar va aziz ustozlar,bir-biridan shirintoy bolajonlar, qizaloqlar.Ona diyorimiz uzra bahor shambling esib turgan kunlarda,xonadonlarimiz farishtasi,oila qo’rg’oni,biz farzandlarni oq yuvib,oq taragan, yaratganning tengsiz mo’jizasi bo’lgan ayol zotini ulug’lash va yuragimizdagi engyuksak,nozik tuyg’ularni ifoda etgan holda,go’zallik va nafosat bayrami 8 -mart Xotin-qizlar kunini nishonlash uchun yig’ildik. Shu fursatdan foydalanib, tashkilotimiz girektori M.K.Kirgizbayevaga so’z bersak.Marhamat!
(Direktor so’zga chiqadilar.)
Boshlovchi:Rahmat, sog’ bo’ling!
Bahor keldi gul bilan
Shohida bulbul bilan
Onajonlar tabriklaymiz
Bugungi ayyom bilan!
Boshlovchi:Endi navbatni bolajonlarimizga bersak.Ularning ijrosida qo’shiq tinglaymiz.
(Bolalar “Buvijonim” qo’shig’ini kuylab berishadi)
Boshlovchi: Rahmat bolajonlar, endi davraga turli kasb egalarini taklif qilsak.
(Davraga bir nechta kasb egalari ketma-ketlikda kirib kelishadi. )
Boshlovchi: Dunyoda bolam deb,kuyib yonmaydigan ayol bo’last kerak.Keling,shunday ayollarning qalbiga bir quloq solid ko’raylik – chi,ular nima der ekan.
Shifokorman oppoq xalatda
Oppoq tilak bilan yashayman
El sog’-omon bo’lsin albatta
Shunda men ham yayrab,yashayman.
Shifokorman, lekin avvalo
Farzandimga sodiq onaman
Bolam deman,kuyib,yonaman.
(Shifokor qizaloq sahnaga chiqib keladi.)
Shogirdlarim jonu jahonim
Hayotimning mazmun-ma’nosi
Davrasida o’tar har onim
Farzandlarim ular barisi
Yaxshi ko’rmay, suyib qanchalar
Muallima,oddiy onaman
Farzand shirin, aziz bunchalar
Bolam deyman, kuyib yonaman!
(Muallima qizaloq sahnaga chiqib keladi.)
So’z qaymog’I suzilar betga
Bahor kabi yashirar olam
Qog’oz, qalam surilar chetga
Nogahonda yig’last bolam
Dardanelle to’la bag’rim,yuragim
Shoiraman lekin onaman
El-yurt tinchi orzu tilagin
Bolam deyman, kuyib yonaman!
(Shoira qizaloq sahnaga chiqib keladi. )
Qullari gul,mohir chevarman
Ish tikaman mehrimni qo’shib
Odamlarni dildan sevaman
Xizmat qilay qalbimdan jo’shib
Ko’zlarimda quvonch,o’t chaqnar
Mashhur qildi,elga shu hunar
To’le suygan baxtli onaman
Bolam deyman, kuyib yonaman!!
(Chevar qizaloq sahnaga chiqib keladi. )
Ishbilarmon tadbirkor ayol
Yurt bugungi,parlor ertasi
Rejalarin demand,xom hayol
Korxonaning rahbar bekasi
I’mkon qo’lda qilmayman inkor
Tadbirkorman,ayol-onaman
Mansab,shuhrat aromas zinhor
Bolam deyman, kuyib yonaman!
(Tadbirkor qizaloq sahnaga chiqib keladi. )
Ishlarimning zari tillodan
Bezaklarda quyosh aks etar
Momo meros Asli xudodan
Igna tutsam,ular raqs etar
Zardo’zlik bu hunar emas-san’at
Kasbim faxrim, ammo onaman
Mehrim ulug’,tuganmas davlat
Bolam deyman, kuyib yonaman.
(Zardo’z qizaloq sahnaga chiqib keladi. )
Zahmat chekib, tunlar ko’z ilmay
Jumboqlarning yetdim siriga
Va aylandim so’ng bilib,bilmay
Bilim qasrin asirasiga
Martabam zo’r,mashhur olima
Eng avvalo shukr,onaman
Tilda,dilda yolg’is Kalama
Bolam deyman, kuyib yonaman.
(Olima qizaloq sahnaga chiqib keladi. )
Do'stlaringiz bilan baham: |