1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI
IQTISODIYOT TA’LIM
YO’NALISHI
4-BOSQICH 119-GURUH TALABASI
AVAZOV AZIZBEKNING
“GLOBAL IQTISODIY RIVOJLANISH” FANIDAN “JAHON
XO’JALIGINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI”MAVZUSIDA
TAYYORLAGAN
KURS ISHI
Bajardi: _______________
Ilmiy rahbar: __________
Termiz-2023
2
Mavzu: Jahon xo’jaligining shakllanishi va rivojlanishi
Mundarija
Kirish………………………………………………………………………….3
1.
Iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlari va ishlab chiqarishning
baynalminallashuvi …..……………………………………………...……..6
2.
Jahon xo’jaligi globallashuvi yo’nalishlari va ziddiyatlari ..……………....14
3.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari ………………………….....19
4.
Jahon xo’jaligi aloqalarini tartibga solish ………………………..……….21
Xulosa va takliflar .………………………………………………...………...31
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati……………………………………...…...34
3
Kirish
Kurs ishi mavzuining dolzarbligi.
Jahon xoʻjaligi
- turli mamlakatlar milliy iqtisodiyotining bozor munosabatlari
zamirida bir-birini taqozo etgani holda umumjahon yaxlitligini tashkil etishi;
jahondagi oʻzaro aloqador milliy xujaliklar va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
majmui. Jahon xo’jaligi bozor iqtisodiyoti rivojining mahsuli sifatida 19-asrning
oxiri — 20-asr boshlarida shakllandi. Xalqaro mehnat taqsimoti turli mamlakatlar
milliy xujaliklarini ixtisoslashishiga olib keladi, yaʼni muayyan mamlakatda u yoki
bu soha ustuvor rivojlanadi. Ixtisoslashuv mamlakatda kanday tabiiy resurslarning
borligiga va shu yerdagi i. ch. tajribasiga bogʻliq. Ixtisoslashuv harajatlarni
kamaytirib, tovarlarni sifatlii. ch. imkonini berganidan xalqaro aloqalarni zaruratga
aylantiradi.
Jahon xo’jaligidagi iqtisodiy aloqalar har bir mamlakat milliy
iqtisodiyotining mustaqilligi; mamlakatlar iqtisodiy munosabatlarining bozor
qoidalari asosida olib borilishi; iqtisodiy aloqalar uning ishtirokchilar uchun
zaruriy manfaatli boʻlishi; milliy xoʻjaliklar manfaatlarining uygʻunligiga tayanib,
ixtiyoriy ravishda va sharoit yetilganda oʻzaro integratsiyalashuvi tamoyillariga
asoslanadi.
Jahon xo’jaligi aloqalari koʻp qirrali boʻlib, savdo-sotiq, xalqaro valyuta-
kredit munosabatlari, kapital chiqarish va uni kiritish, ochiq iqtisodiy zonalar
tashkil etish, ish kuchi migratsiyasini uyushtirish, birgalikda ilmiy-texnikaviy
loyihalarni moliyalashtirish, axborot almashish, sayyohlik sohasida hamkorlik
qilish kabi shakllarga ega.
Jahon xo’jaligida xalqaro tashkilotlar tenglikka asoslangan va oʻzaro
manfaatli iqtisodiy aloqalar va hamkorlik urnatishga xizmat qiladi.
Jahon xo’jaligi aloqalari bevosita turli mamlakatlardagi firmalar, banklar va davlat
idoralari oʻrtasida, shuningdek, bevosita — xalqaro tashkilotlar ishtirokida amalga
oshiriladi.
1
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi (2018 yil 28
dekabr);
4
Bular jumlasiga Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, Osiyo rivojlanish banki,
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon savdo
tashkiloti va b. kiradi.
Jahon xo’jaligini tashkil etuvchi milliy xoʻjaliklar ikki yoʻsinda
guruxlashtiriladi:
1) rivojlanish yoʻnalishlari buyicha mamlakatlar bozor iqtisodiyooʻti
rivojlangan mamlakatlar, rivojlanayotgan mamlakatlar va bozor iqtisodiyoti
tizimiga oʻtish davrida yoki iqtisodiy transformatsiya bosqichidagi mamlakatlarga
ajratiladi;
2) iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga kura mamlakatlar yalpi milliy mahsulot
(YAMM) koʻrsatkichlari buyicha 3 ta asosiy guruhga boʻlinadi: daromadi past
(axoli jon boshiga yillik YAMM koʻrsatkichi 987 AQSH dollari), daromadi
oʻrtacha (5323,2 dollar) va daromadi yuqori (22921,3 dollar) boʻlgan mamlakatlar
(2016).
MDH mamlakatlari orasida Rossiya, Ukraina, Belarus, Qozogʻiston,
Oʻzbekiston daromadi oʻrtachadan pastroq boʻlgan mamlakatlar guruhini tashkil
etadi. MDHning boshqa mamlakatlari daromadi past (eng kam taraqqiy etgan)
mamlakatlar hisoblanadi. Jahon xo’jaligi da sanoati rivojlangan 6 mamlakat:
AQSH, Yaponiya, GFR, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya yetakchi oʻrinni
egallaydi, 90-yillar oʻrtalarida jahon sanoat i. ch.ning 60%, tovarlar eksportining
63% va xizmatlar eksportining 47% shu mamlakatlar hissasiga toʻgʻri kelgan.
Jahon xo’jaligida kishilarning turmush darajasi iqtisodiyotga bogʻliq holda jiddiy
farqlanadi. Boy mamlakatlarda yuksak turmoʻsh darajasi mavjoʻd boʻlgani xolda
qoloq mamlakatlarda kambagʻallar aholining katta qismini tashkil etadi. 21-asrga
kelib boʻ ikki guruh mamlakatlaridagi turmush darajasining farqi 12 martadan
ziyodroq boʻldi. Qoloq mamlakatlarda daromadning nisbatan koʻp qismi
isteʼmolga sarflansa-da, daromadning kam boʻlishi xisobidan bu mamlakatlarda
turmush darajasi pastligicha qoladi.
5
Hoz. davrda Jahon xo’jaligining rivojlanishi 3 yoʻnalishda bormoqda: 1)
Jahon xo’jaligiga kiruvchi mamlakatlar safi kengayib, uning tarkibiga 90-yillarda
sobiq sotsializm tizimidan ajralib chiqqan 25 ta yosh mamlakat xoʻjaligi qoʻshildi.
Mustaqillik tufayli Oʻzbekiston ham Jahon xo’jaligiga kirib keldi, jahon
iqtisodiyotining teng huquqli ishtirokchisiga aylandi, xalqaro tashkilotlarga aʼzo
boʻldi, jahon savdosida ishtirok etib, 1996—2001 yillarda, uning tashqi savdo
oboroti 63,3 mlrd. dollarni tashkil etdi; 2) Jahon xo’jaligida i. ch.ning oʻsishi yuz
bermoqda. 1998 y. dunyoda yaratilgan jami tovar va xizmatlar qiymati 36,5 trln.
dollar boʻlsa, 2001 y. kelib 40 trln. dollardan ziyod boʻldi; 3) Jahon xo’jaligida
iqtisodiy integratsiya (iqtisodiy ishtirokchilar faoliyatining birlashib ketishi) va
globalizatsiya (jaxron iqtisodiyotining oʻmoʻmbashariy toʻs olishi, milliy
iqtisodiyotlarning har biri oʻning tarkibiy qismi boʻlib qolishi) yuz berib, sifat
oʻzgarishlari yuzaga kelmoqda.
Jahon xo’jaligi xar bir mamlakat milliy iqtisodiyoti va jahon iktisodiyotining
rivojlanish omili hisoblanadi. Jahon xo’jaligi doirasida oʻzaro manfaatli hamkorlik
aloqalari fan-texnika taraqqiyotini jadallashtiradi, ish koʻchi sifatini oshiradi, eng
yangi maqsulotlarni oʻzlashtirish, resoʻrslarni tejash, mehnat oʻnumdorligini
oshirishga yoʻl ochadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |