Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot ta


 Jahon xo’jaligining globallashuvi yo’nalishlari va ziddiyatlari



Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana12.05.2023
Hajmi0,92 Mb.
#937853
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
global kurs ishi

2. Jahon xo’jaligining globallashuvi yo’nalishlari va ziddiyatlari 
Iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi bilan bir qatorda globallashuvi 
jarayoni ham muhim o’rin tutadi. Bu har ikkala tushuncha o’zaro bog’liq bo’lib, 
ular jahon xo’jaligi sub’ektlarining umumiy maqsadlarga erishish yo’lidagi hatti-
harakatlarining birlashuvi jarayonini aks ettiradi. 
SHuningdek, bu tushunchalar bir-biridan farqlanadi. Birinchidan, ular bir 
xilda 
bo’lmagan 
xo’jalik 
birlashmalari 
miqyoslarini 
ifodalaydilar. 
Baynalminallashuv – bu jahon xo’jaligining bir necha sub’ektlari o’rtasidagi o’zaro 
aloqalarni o’rnatilishi va rivojlanishining dastlabki bosqichidir. Globallashuv 
(lotincha globus – yer kurrasi) jahon xo’jaligining butun makonini qamrab oluvchi 
iqtisodiy munosabatlar yagona tarmog’ining tashkil topishi va rivojlanishini 
anglatadi. 
Bugungi kunda globallashuv jarayoni ahamiyatining tobora oshib borishi 
iqtisodiy adabiyotlarda uning rivojlanish yo’nalishlari va ziddiyatlari kabi 
masalalarning ham ko’rib chiqilishini taqozo etmoqda.
4
Globallashuv uzoq vaqt davomida tarkib topuvchi hamda butun borliqni 
qamrab oluvchi bashariyat miqyosidagi iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Hozirda 
u jahon xo’jaligining umumjahon tavsifiga ega hamda yaxlit holda butun 
insoniyatga taalluqli bo’lgan ma’lum bir unsurlarini o’z ichiga olishi mumkin. 
SHunga ko’ra, hozirgi vaqtda jahon xo’jaligining globallashuv yo’lidagi 
rivojlanishining dastlabki qadamlari, yo’nalishlari amalga oshmoqda. 
Globallashuvning yo’nalishlari makroiqtisodiyotga nisbatan sifat jihatidan 
yangi bo’lgan iqtisodiy munosabatlar turining tarkib topishiga olib keladi. 
Globallashuv jararyonining quyidagi yo’nalishlarini ajratib ko’rsatish mumkin.
Birinchi yo’nalish
– mulkchilik munosabatlarining globallashuvi.
 
Hozirda mulkiy 
o’zlashtirishning mamlakatlar hududidan chetga chiquvchi, ko’plab davlatlarning 
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so‘zladi (2017 yil 
20 sentyabr);


15 
ishtiroki asosida ro’y beruvchi ko’rinishlari amal qilmoqda. Bularga transmilliy 
korporatsiyalar (TMK), shuningdek TMKning xalqaro birlashmalarini misol 
keltirish mumkin. 
Evropa ittifoqi tajribasi shuni ko’rsatadiki, mintaqaviy integratsiyalashuv 
milliy tuzilmalardan yuqori turuvchi organlarni tarkib toptirishi mumkin. Bu 
organlar yeIga a’zo davlatlarning mulkchilik munosabatlarini ham ma’lum 
darajada tartibga soladi.
Ikkinchi yo’nalish
– kooperatsiya va mehnat taqsimotining nisbatan yuqori 
darajasiga o’tish.
 
Yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar hozirgi zamon 
murakkab mehnat kooperatsiyasiga xos bo’lgan xo’jalik o’zaro aloqalarining juda 
katta tarmog’iga kirishib ketganlar. Eng mukammal texnika vositalarini yaratishda 
turli mamlakatlardan yetkazib beriluvchi ko’plab butlovchi qismlardan 
foydalaniladi. Masalan, AQSH “Boing” samolyotini ishlab chiqarishda butlovchi 
qism va detallarni mingga yaqin xorijiy firmalardan oladi.
Uchinchi yo’nalish
– xo’jalikni tashkil etishning butunlay yangi shakllarining 
paydo bo’lishi va rivojlanishi.
 
Jahonda xo’jalik aloqalarini tashkil etish 
shakllarining tubdan o’zgarishi ko’p jihatdan axborot tarqatishning globallashuvi 
bilan bog’liq. Jumladan, yangi asrimizning dastlabki davri uchun quyidagi 
jarayonlar xos bo’ladi: a) butun jahonni to’liq kompyuterlashtirishni taqozo etuvchi 
global axborot tizimlari (Internet singari) yanada rivojlanadi; b) sun’iy yo’ldoshlar 
imkoniyatlaridan foydalanishning yangi tizimi uyali telefon aloqasidan yo’ldoshlar 
orqali ta’minlanuvchi global aloqaga o’tish imkonini beradi; v) insoniyat ochiq 
axborotlashgan jamiyat tomon intiladi; g) Internet orqali savdo tizimi keng 
rivojlanadi. 
To’rtinchi yo’nalish
– xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning tartibga soluvchi roli 
rivojlanadi.

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish