XIX-XX asrlarga to’g’ri kelib, bu davrda jahon xo’jaligi tizimi
shakllandi.
To’rtinchi bosqich
XX asrning 60-yillaridan boshlab, ya’ni ko’plab mustamlaka
mamlakatlarning siyosiy qaramlikdan ozod bo’lishi natijasida zamonaviy jahon
iqtisodiyotida ijobiy o’zgarishlarning yangi tendentsiyalarini paydo bo’lishi bilan
bog’liq. Bu tendentsiyalar quyidagilardan iborat:
-
iqtisodiy manfaatdorlik asosidagi xalqaro hamkorlik;
-
ishlab chiqarishning baynalminallashuvi;
-
jahon miqyosidagi bozor makonlarining kengayishi;
8
-
jahon xo’jaligi aloqalari majmuining rivojlanishi.
2
“Jahon xo’jaligi”, “butunjahon xo’jaligi”, “jahon iqtisodiyoti” tushunchalari bir xil
ma’noni anglatib, ba’zi manbalarda ularning keng va tor ma’nolari farqlanadi.
3
Keng ma’nosiga ko’ra, jahon xo’jaligi – bu jahondagi barcha milliy
iqtisodiyotlarning yig’indisidir. Tor ma’nosiga ko’ra – bu milliy iqtisodiyotlarning
faqat tashqi dunyo bilan o’zaro aloqada bo’lgan qismlari majmuidir. Biroq, bu
ikkala ma’no o’rtasidagi tafovut borgan sari sezilmay qolmoqda, chunki barcha
mamlakatlarda tashqi dunyo bilan bevosita yoki bilvosita aloqaga kirishmagan
tarmoq yoki sohalar tobora kamayib bormoqda.
Demak,
jahon xo’jaligi – bu xalqaro mehnat taqsimoti, savdo-ishlab chiqarish,
moliyaviy va ilmiy-texnikaviy aloqalar orqali birlashgan turli mamlakatlar
xo’jaliklari tizimidir.
Jahon xo’jaligi sub’ektlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
- o’z ichiga xalq xo’jaligi majmuini oluvchi davlat;
- transmilliy korporatsiyalar;
- xalqaro tashkilot va institutlar;
- milliy iqtisodiyot chegarasidan chiqqan, xo’jalik barcha sohalari tarkibidagi
firmalar.
Jahon xo’jaligi milliy xo’jalikdan yagona jahon bozorining mavjudligi bilan
farqlanadi. Jahon bozorining amal qilishiga rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy
siyosati ahamiyatli ta’sir ko’rsatadi. Jahon bozorining o’ziga xos xususiyati bo’lib
jahon narxlari va xalqaro raqobat tizimining amal qilishi hisoblanadi. Aynan
xalqaro raqobatning mavjudligi turli darajadagi milliy qiymatlarni yagona
baynalminal qiymatga keltiradi. Jahon narxi jahon bozoriga ne’matlarning asosiy
hajmini yetkazib beruvchi mamlakatlardagi shart-sharoitlar orqali aniqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi (2018 yil 28 dekabr);
9
Mamlakatlar o’rtasida sotish bozorlarini egallash uchun keskin raqobat kurashi olib
boriladi.
Jahon xo’jaligida har bir o’zgarishlar (jahon bozoridagi narxlar harakati va
alohida mamlakatning eksport imkoniyatidan tortib dunyo iqtisodiyotidagi tarkibiy
siljishlar va xalqaro monopoliyalar faoliyatigacha) dunyodagi barcha mamlakatlar
manfaatini o’ziga tortadi. Mamlakatning savdo, ishlab chiqarish, valyuta-moliya
sohalaridagi jahon tamoyillariga bog’liqlik ob’ektiv reallik hisoblanadi. Hozirgi
davrda har qanday mamlakatni uning iqtisodiyoti qanday rivojlangan bo’lishidan
qat’iy nazar, jahon xo’jaligi aloqalariga jalb qilmasdan to’laqonli iqtisodiy
rivojlanishini ta’minlash mumkin emas.
SHu sababli Prezidentimiz I.Karimov «Mamlakatning jahon xo’jalik
aloqalarida, xalqaro mehnat taqsimotida keng miqyosda ishtirok etishi ochiq
turdagi iqtisodiyotni barpo etishning asosidir»
1
, deb ta’kidlaydi.
Dunyo bir-biridan maqsadlari, amal qilish mexanizmi bilan farqlanuvchi
turli xil ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar, xalqaro guruhlarga bo’lingan. Jahon
hamjamiyati mamlakatlarini turkumlash har xil mezonlar asosida amalga
oshiriladi.
Turli mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlarining turli-
tumanligi ular taraqqiyot darajasini qandaydir bitta nuqtai-nazardan baholash
imkonini bermaydi. SHunga ko’ra, mazkur maqsadda bir necha asosiy ko’rsatkich
va mezonlardan foydalaniladi:
- mutloq va nisbiy YAIM;
- milliy daromad va uning aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi miqdori;
- milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilmasi;
- mamlakat eksporti va importi tarkibiy tuzilmasi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari
kengashi majlisidagi nutqi (2017 yil 12 oktyabr);
10
- aholining turmush darajasi, sifati va boshqalar.
Mamlakatning jahon xo’jaligidagi o’rnini aniqlashda bir necha yondoshuvlar
mavjud. Ulardan eng oddiylari –mamlakatlarni aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi
daromad darajasi bo’yicha guruhlarga ajratish hisoblanadi. Bunday yondoshuv
BMT, Xalqaro valyuta fondi (XVF), Jahon tiklanish va taraqqiyot banki (JTTB)
tomonidan qo’llaniladi. Masalan, JTTB daromad darajasiga ko’ra mamlakatlarning
uchta guruhini farqlaydi. 1995 yili aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi milliy
daromadlarning quyidagi chegaraviy miqdorlari belgilangan edi:
- daromadlarning past darajasi – 765 dollargacha (49ta mamlakat);
- daromadlarning o’rtacha darajasi – 766 dollardan 9385 dollargacha (58ta
mamlakat);
- daromadlarning yuqori darajasi – 9386 dollar va undan yuqori (26ta mamlakat).
Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlashga umumiy asosda yondashib
xo’jalik tizimlarining xususiyatlariga mos ravishda davlatlarning uchta guruhini
ajratib ko’rsatish mumkin: rivojlangan, bozor iqtisodiyotiga asoslangan holda
rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyoti mavjud bo’lmagan mamlakatlar.
Rivojlanganlik darajasi bo’yicha ham o’z navbatida uchta guruh farqlanadi: past,
o’rtacha va yuqori rivojlangan mamlakatlar. SHimoli-sharqiy Osiyo va Lotin
Amerikasidagi yangi industrial mamlakatlar (YAIM), yuqori daromadli neft
eksport qiluvchi mamlakatlar (Saudiya Arabistoni, Quvayt va boshqalar), eng kam
rivojlangan mamlakatlar (EKRM), shu jumladan eng kambag’al mamlakatlar
(CHad, Bangladesh, Efiopiya), har xil mintaqaviy ittifoqlar va baynalminal
guruhlarga ajratiladi.
Bu barcha turli-tumanlik bir butun yaxlitlikka o’zaro iqtisodiy bog’liqlikning
har xil jihatlari orqali tortiladi. Hozirgi xo’jalik aloqalarining chuqurlashib
borayotganligi
baynalminallashuvining
kuchayishi
hamda
fan-texnika
revolyutsiyasining keng qamrovli tavsifi, aloqa va kommunikatsiya vositalarining
11
butunlay yangi roli sharoitida milliy iqtisodiyot o’z-o’zini ta’minlash orqali
samarali amal qilishi mumkin emas.
Jahon xo’jalik aloqalarining tez o’sishi shunday davrlarga to’g’ri keladiki,
bu davrda ishlab chiqarish omillarining harakati tezlashadi, kapital milliy
chegaradan o’sib chiqadi, ishchi kuchi migratsiyasi kuchayadi, xalqaro mehnat
taqsimotining shakllanish jarayoni tezlashadi. Bu shundan guvohlik beradiki,
xo’jalik aloqalarining baynalminallashuvini ko’p jihatdan ishlab chiqaruvchi
kuchlarning rivojlanish mantiqi taqozo qiladi, ya’ni u milliy chegaradan o’sib
chiqadi va ob’ektiv ravishda ishlab chiqarishning baynalminallashuvini zarur qilib
qo’yadi.
Ishlab chiqarish yoki iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi – bu
mamlakatlarning jahon miqyosida iqtisodiy aloqalarining kuchayishi hamda
iqtisodiy munosabatlarning tobora kengroq jabhalarini qamrab olish jarayoni
hisoblanadi.
Barcha iqtisodiy jarayonlarning baynalmillalashuvi natijasida jahon xo’jaligining
quyidagi tarkibi vujudga keldi:
1)
tovar va xizmatlar jahon bozori;
2)
kapitallar jahon bozori;
3)
ishchi kuchi jahon bozori;
4)
xalqaro valyuta tizimi;
5)
xalqaro kredit-moliya tizimi.
Bundan tashqari, baynalminallashuv axborotlar, ilmiy-tadqiqot va tajriba-
konstruktorlik ishlanmalari, madaniyat sohalarida ham rivojlanmoqda. YAgona
ilmiy-axborot makoni shakllanmoqda.
Xalqaro savdo milliy davlatlarning paydo bo’lishi bilan ular orasidagi
iqtisodiy va siyosiy aloqalarning ifodasi sifatida qadimdan amal qilib kelgan
bo’lsada, bu hali jahon bozori mavjudligini anglatmas edi. Jahon bozori faqat yirik
12
mashinalashgan sanoatning paydo bo’lishi bilan dastlab bir qator mamlakatlar
o’rtasida vujudga kelib, XX asrning boshlarida jahonning barcha mamlakatlarini
qamrab oldi.
Alohida mamlakatlar milliy bozori hamda jahon bozori farqlanadi. Jahon
bozori bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega. Agar milliy bozorda tovarlar
harakati iqtisodiy omillar (ishlab chiqarish aloqalari, transport, xom ashyo, mehnat
resurslari va h.k.) bilan bog’liq bo’lsa, tovarlarning jahon bozoriga bu omillardan
tashqari alohida davlatlarning tashqi iqtisodiy siyosati ahamiyatli ta’sir ko’rsatadi.
Milliy xo’jaliklar va ular o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar negizida shakllangan
jahon xo’jaligi asosida xalqaro mehnat taqsimoti yotadi.
Xalqaro mehnat taqsimoti (XMT) alohida mamlakatlarning tovar va
xizmatlarning ma’lum turlarini ishlab chiqarish bo’yicha ixtisoslashuvini
ifodalaydi. Alohida mamlakatlarning bunday ixtisoslashuvi mahsulotlari ustun
darajada eksportga yo’naltirilgan xalqaro ixtisoslashgan tarmoqlarning
shakllanishiga olib keladi.
Dastlabki vaqtlarda xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishi asosan tabiiy
sharoitlardagi tafovutlarga asoslangan edi. Binobarin, faqat sanoat to’ntarishidan
keyin, ya’ni ishlab chiqaruvchi kuchlar baynalminal xususiyat kasb etib, milliy
xo’jaliklar doirasidan tashqariga o’sib chiqa boshlagach, ularning negizidan
barqaror mehnat taqsimoti va jahon bozori tarkib topadi. Hozirgi vaqtda xalqaro
mehnat taqsimoti turli ijtimoiy tizimlarni o’z ichida oluvchi umumjahon xo’jaligi
doirasida rivojlanmoqda.
Xalqaro mehnat taqsimoti va ayirboshlashda qatnashayotgan mamlakatlar bir
xil sharoitda emas. Bu hol ularning turli geografik ahvoli, tabiiy resurslarining
tarkibi va miqdori, rivojlanish ko’lami, darajasi va iqtisodiyotining tuzilishi, ichki
bozorning hajmi bilan belgilanadi.
Ana shu farqlar sababli ayrim mamlakatlarda bir xil tovarlarni ishlab
chiqarishdagi xarajatlar darajasi ham turlicha bo’ladi. SHuning uchun har bir
13
mamlakat o’zi nisbatan qulayroq, kamroq xarajat bilan ishlab chiqaradigan
tovarlarni boshqa mamlakatlarga sotishga va aksincha, jahon bozoridan o’zidan
ishlab chiqarish uchun xarajat ko’proq bo’ladigan yoki tabiiy yoxud boshqa
sharoitlarga ko’ra umuman ishlab chiqarib bo’lmaydigan tovarlarni sotib olishga
intiladi.
Tovarlar mamlakatlar o’rtasida jahon narxlari asosida ayirboshlanadi. Ular
baynalminal qiymatga asoslanadi. Buning ma’nosi shuki, ijtimoiy zaruriy
baynalminal mehnat sarflari jahon bozorida e’tirof qilinadi.
Umuman olganda, jahon narxlarining tashkil topishi odatda, sof holda amalga
oshmaydi. Baynalminal qiymatning hosil bo’lishiga to’sqinlik qiluvchi maxsus
omillar jahon narxlariga ta’sir qiladi. Tashqi savdo va valyuta cheklashlari,
valyutalar qiymatining o’zgarib turishi, xalqaro monopoliyalar siyosati, birjadagi
chayqovchiliklar va hokazolar shular jumlasidandir. SHu sababli ayrim
mamlakatlarning jahon bozoridagi raqobatlashuv qobiliyatidagi farqlar, pirovard
natijada mehnat unumdorligining milliy darajadagi farqlarini aks ettiradi.
Rivojlangan mamlakatlarda keyingi o’n yilliklarda yangi texnologik asoslarga
o’tish jahon xo’jalik aloqalarining tez o’sishi bilan birga bordi. Takror ishlab
chiqarish jarayonlarining baynalminallashuvi o’zining har ikkala shaklida:
integratsion (milliy xo’jaliklarning yaqinlashuvi, o’zaro moslashuvi orqali) va
transmilliy (xalqaro ishlab chiqarish majmuasining tuzilishi orqali) shakllarida
kuchayadi. Jumladan, butun dunyoda mintaqaviy davlatlararo iqtisodiy
integratsiyaning qaror topish tamoyili kuzatiladi. Xususan, rivojlangan yevropa
integratsion hamjamiyati (EI) doirasida tovarlar, xizmatlar va ishchi kuchining
erkin harakati amalga oshiriladi. SHimoliy Amerika umumiy iqtisodiy hamkorligi
AQSH, Kanada va Meksika iqtisodiyotining integratsiyasini ko’zda tutadi.
Davlatlararo integratsiyaning kuchayishi janubiy-sharqiy Osiyo, O’rta Osiyo, arab
dunyosi, Afrika va Markaziy Amerika mamlakatlari uchun ham xususiyatli
bo’lmoqda.
14
Do'stlaringiz bilan baham: |