32
5) ishchi kuchi
migratsiyasining
sezilarli
darajada о‘sganligini.
(Xalqaro
ishchi kuchi migratsiyasi xalqaro xо‘jalik hayotini baynalmilallashuvining
muhim qismi bо‘lib qolmoqda);
6) davlatlar va mintaqalar iqtisodi integratsiyalashuvi
jarayonining tezlashishi va
kengayishini. Sanoati rivojlangan davlatlarning savdo, ishlab chiqarish va kredit-
moliya sohasida erishilgan birlik darajasi jahon xо‘jalik majmui shakllanishining
kо‘rinishi bо‘lib xizmat qiladi. Uning ishtirokchilari
davlat chegaralarining
mavjudligiga qaramay umumiy xо‘jalik tizimining tarkibiy qismi sifatida faoliyat
kо‘rsatadilar. Xо‘jalik hayotining baynalmilallashuvi tushunchasi ortida alohida
davlatlarni global jahon majmuiga birlashtiruvchi kо‘p darajali jahon xо‘jalik
aloqalari tizimining samarali ishlashi turadi.
Baynalmilallashuv
alohida
milliy
iqtisodiy
tizimlarning
oshib borayotgan о‘zaro aloqa va о‘zaro bog‘likligini harakterlaydi. XX asrda
ayirboshlashning baynalmilallashuvi
kapital
va
ishlab
chiqarishning
baynalmilallashuviga aylanadi, ITI ta’sirida rivojlanishda sezilarli turtki oladi (XX
asr 60-yillarining о‘rtalari).
Xalqaro
ixtisoslashuv
va
ishlab
chiqarish
kooperatsiyasi keskin oshadi. Yirik miqyosdagi ixtisoslashgan ishlab chiqarish
uchun ichki bozorlar doirasi torlik qila boshlaydi. U obyektiv ravishda milliy
chegaralardan chiqa boshlaydi.
ITI ta’sirida ishlab chiqarish baynalmilallashuvi shunday holatni yuzaga
keltiradiki, har qanday mamlakat uchun «shaxsiy ishlab chiqarishga» ega
bо‘lish foydasiz bо‘lib qoladi. Alohida milliy iqtisodiyotlar yanada kо‘prok jahon
xо‘jaligiga integratsiyalashadilar.
Ishchi kuchi harakati, kadrlar tayyorlash,
mutaxassislar bilan almashish yanada baynalmilal xarakterga ega bо‘la boshlaydi.
Ushbu aloqalar va ular rivojining istiqboli shakllanishi qonuniyatlarini
tekshirish shuni kо‘rsatadiki, jahon xо‘jaligi rivojlanishining asosiy tendensiyasi
bо‘lib kapital, tovar va xizmatlarning yagona planetar
bozorini tashkil qilish va
alohida davlatlarni yagona jahon xо‘jaligi majmuiga birlashtirishga bо‘lgan
harakat hisoblanadi. Bu esa global iqtisodiyot masalalarini xalqaro iqtisodiyot
33
munosabatlar tizimi majmui sifatida о‘rganish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu
xalqaro iqtisodiy munosabatlarning boshqacha, yuqoriroq darajasidir.
Globalizatsiya fenomenini ikki tomonlama kо‘rib chiqish mumkin.
Makroiqtisodiy
darajada
globalizatsiya
davlatlar
va
alohida
mintaqalarning chegaralaridan tashqarida iqtisodiy faoliyat kо‘rsatishga bо‘lgan
umumiy intilishlari tushuniladi. Bunday intilishlarning kо‘rinishlari quyidagilar-
liberalizatsiya, savdo va investitsion tо‘siqlarning olib tashlanishi,
erkin
tadbirkorlik zonalari tashkil etish va h.k.
Mikroiqtisodiy darajada globalizatsiya deganda korxona faoliyatining ichki
bozor chegaralaridan tashqarida kengayishi tushuniladi. Tadbirkorlik faoliyatining
millatlararo yoki kо‘p milliy yо‘nalganligidan farqli ravishda globalizatsiya jahon
bozori
yoki
«jahon
uchligi»
(Shimoliy Amerika, G‘arbiy
Yevropa,
Yaponiya) bozorlarini о‘zlashtirishda yagona yondashishni tushuniladi.
Qanday omillar zamonaviy XIMga sezilarli ba’zida hal qiluvchi ahamiyat
kasb etadi?
Hozirgi
davrning
qarama-qarshiliklariga
qaramay,
uning
asosiy
tomoni kо‘proq raqiblik emas, balki hamkorlik va о‘zaro kelishuv tendensiyasi
bо‘lmoqda. Turli davlatlar iqtisodiy rivojlanish darajasining
yaqinlashuvi ruy
bermoqda. Albatta bu juda murakkab harakatdir.