27
4. Jahon xo’jaligi aloqalarini xalqaro tartibga solish.
Butun jahon xo’jalik hayotining baynalminallashuvi davlatlararo xo’jalik
aloqalarni tartibga solishning mexanizmini yaratish zarurligiga olib keldi. Hozirgi
davrda qandaydir tartibga soluvchi tuzilma amal qilmaydigan xalqaro iqtisodiy
munosabatlar sohasini topish qiyin. Jumladan, moliya, valyuta va kredit sohalarida
Xalqaro valyuta fondi (XVF), Xalqaro ta’mirlash va rivojlanish banki (XTRB),
jahon savdosi sohasida - Tariflar va savdo bo’yicha bosh kelishuv (TSBK)ni
ko’rsatish mumkin.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish milliy-tashkiliy shakllardan
boshlanadi. Xo’jalik hayotining baynalminallashuv jarayoni dastlab milliy
davlatlar faoliyatini xalqaro uyg’unlashtirishga, keyin esa davlatlararo va xalqaro
tashkilotlar tuzilishiga olib keldi.
Huquqiy ma’noda tartibga solish xalqaro tartiblarni o’rnatishga, ya’ni
me’yoriy chegaralar va qoidalarni aniqlovchi kelishuvlarni ishlab chiqarishni yoki
xalqaro aloqalarning qandaydir sohasini hal qilishda tomonlar zimmasiga
majburiyatlarga amal qilishni yuklaydi. Umumqabul qilingan andozalar va
qoidalarni o’z ichiga oluvchi xalqaro tartiblar o’z navbatida milliy tatibga solishga
ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Birinchi xalqaro tashkilotlar XX asrning
20-yillarida tuzilgan bo’lsada
(Millatlar ligasi - 1919 yil, Xalqaro hisob-kitoblar banki - 1929 yil), xalqaro
darajada jahon xo’jalik aloqalarini ko’p tomonlama tartibga soluvchi tuzilmalar
ikkinchi jahon urushidan keyin shakllana boshladi.
1945 yil maxsus xalqaro uyg’unlashtiruvchi muassasalar – Xalqaro valyuta
fondi (XVF) va Xalqaro ta’mirlash va rivojlantirish banki (XTRB) tashkil topdi.
Hozirgi davrda ham ularning ikkalasi muhim xalqaro tashkilot hisoblanib, jahon
savdosi, xalqaro kredit va valyuta munosabatlari sohalarini davlatlararo tartibga
solishning tartib-qoidalarini aniqlab beradi. Urushdan keyingi davrda tuzilgan
Tariflar va savdo bo’yicha bosh kelishuv (TSBK), yevropa iqtisodiy hamkorligi
28
tashkiloti (EIXT), NATOning iqtisodiy masalalarni uyg’unlashtiruvchi komiteti
(IMUK) xalqaro iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirish davriga to’g’ri keldi.
Jahon savdosini erkinlashtirish ko’p tomonlama shartnoma asosida harakat
qiluvchi, xalqaro savdo tartib qoidalarini qayd qiluvchi xalqaro tashkilot TSBK
doirasidagi faoliyat bilan bog’liq. Hozirgi davrda TSBK jahon savdo
aylanmasining 4
5 qismidan ko’prog’ini tartibga soladi. TSBK milliy va
mintaqaviy
darajada vaqti-vaqti bilan kuchayib boruvchi protektsionizmga qarshi
turadi, milliy manfaatlarni o’zaro kelishtirishga yordam beradi. Uning faoliyati
savdoda kamsitmaslik, savdoda tarifli va tarifsiz cheklashlarni aniqlashda teng
asosda maslahatlashish kabi tamoyillarga asoslanadi. TSBK faoliyatining asosiy
shakli qatnashuvchi tomonlarining ko’p tomonlama savdo muzokaralarini
o’tkazish hisoblanadi.
Ammo jahon savdosi raqobat kurashi asosida boradi, shu sababli o’zaro
maqbul qarorlarni qidirib topishga va savdoni xalqaro darajada tartibga solishga
ko’plab qiyinchiliklar bilan erishiladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning yana bir ahamiyatga molik sohasi – bu
valyuta-moliya sohasidir. Xalqaro moliyaviy munosabatlarni uyg’unlashtirish
XVF, XTRB, iqtisodiy xamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT), xalqaro
rivojlanish uyushmasi (XRU), Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK) va shu
kabilar doirasida amalga oshiriladi. G’arbdagi yetti yetakchi mamlakatlarning har
yillik kengashi bu sohada muhim rol o’ynaydi.
Valyuta–moliyaviy sohani xalqaro uyg’unlashtirishning kuchayishi ko’p
jihatdan XVFning faoliyati bilan bog’liq. U o’zining nizomiga muvofiq valyuta
kurslari va a’zo mamlakatlar to’lov balanslarini tartibga soladi, ko’p tomonlama
to’lov tizimlari va rivojlanayotgan mamlakatlar tashqi qarzlarini nazorat qiladi,
a’zo mamlakatlarga ularning valyuta-moliya muammolarini hal qilish uchun kredit
beradi.
29
Rivojlanayotgan mamlakatlarda tarkibiy qayta qurishlarni moliyalashtirish
bilan XTRB faol shug’ullanadi. XTRB va u bilan birga jahon banki tarkibiga
kiruvchi Xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU), Xalqaro moliyaviy korporatsiya
(XMK) har xil investitsion ob’ektlarni o’rta va uzoq muddatli kreditlash bilan
shug’ullanadi,
loyihalarning
moliyaviy-iqtisodiy
asoslarini
tayyorlaydi,
rivojlanayotgan mamlakatlardagi tarkibiy qayta o’zgartirishga yordam beradi.
Davlatlararo tashkilotlar ichida barcha sanoat jihatdan rivojlangan
mamlakatlarni birlashtiruvchi IHRT muhim rol o’ynaydi. Uning doirasida ichki
iqtisodiy tadbirlarning boshqa mamlakatlar milliy iqtisodiyoti samaradorligiga
ta’sirini, ularning to’lov balansi holatini o’rganish amalga oshiriladi, milliy
iqtisodiyotning jahon xo’jaligi tamoyillariga tez moslashishini ta’minlash
maqsadida makroiqtisodiy tartibga solish bo’yicha tavsiyanomalar beriladi. IHRT
jahon xo’jaligi doirasida ko’p omilli fuktsional aloqalarni o’rganishni amalga
oshiradi, valyuta va byudjet siyosati, narxlar, savdo va boshqa sohalar bo’yicha
ilmiy asoslangan iqtisodiy prognozlar tavsiya etadi.
SHarqiy yevropa mintaqasida tarkibiy qayta qurishga moliyaviy ta’sir
ko’rsatish va yordam tashkil qilish maqsadida 1991 yil yevropa tiklanish va
taraqqiyot banki (ETTB) tuzildi.
SHuni ta’kidlash lozimki, jahon iqtisodiy munosabatlarini xaqaro tartibga
solish tizimida doimiy o’zgarishlar ro’y berib turadi.
80-yillarda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy sabablar taqozo qilgan dunyo siyosiy
vaziyatdagi o’zgarishlar, jahon xo’jalik aloqalari tizimini ko’p tomonlama tartibga
solish shakllari evolyutsiyasiga olib keldi. Bular ichida sobiq sotsialistik
mamlakatlarda vaziyatning o’zgarishi, tashqi faoliyatida mustaqil sub’ektlarni
tashkil qiluvchi davlatlar sonining keskin ko’payishi hamda dunyo mamlakatlari
ichida ro’y beradigan o’zgarishlar muhim o’rin tutadi.
30
80-yillarning o’rtalarida dunyoda AQSH, G’arbiy yevropa va YAponiyadan
iborat ancha qudratli raqobatlashuv markaz vujudga keldiki, bu ham jahon iqtisodiy
munosabatlarini tartibga solishga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Jahon xo’jalik aloqalarini tartibga solishga xalqaro tashkilotlar a’zolar
tarkibidagi o’zgarishlarning ham ta’siri bo’ldi. XVF, XTRB, TSBKga Osiyo,
Afrika, Lotin Amerikasidagi ozod bo’lgan mamlakatlar va keyin qator sobiq
sotsialistik mamlakatlar faol kira bordiki, bu ham jahon xo’jaligi aloqalarini
tartibga solishda ma’lum o’zgarishlarga olib keladi.
Evropa Ittifoqi (EI) doirasida yagona bozorni bunyod etishga harakat tufayli
yagona umumevropa fuqaroligi, iqtisodiy, valyuta va siyosiy ittifoq ta’sis etiladi.
Bu Ittifoqning SHartnomada belgilangan vazifalarini bajarish uchun bir qator
yevropa muassasalari tuzildi.
Evropa Ittifoqining ijroiya organi yevropa hamjamiyati Komissiyasi
(EHK)dir. Uning a’zolarini milliy hukumatlar tayinlaydi, lekin ular o’z
faoliyatlarida mutlaqo mustaqildir.
Ittifoqning qarorlar qabul qilish organi Vazirlar Kengashi hisoblanadi. Uning
tarkibida ichki ishlar, moliya, ta’minot, qishloq xo’jaligi kabi Vazirlar Kengashi
mavjud bo’ladi.
Evropa hamjamiyati Komissiyasi faoliyatini nazorat qilish, hamjamiyat
byudjeti va qonunlarini ma’qullash hamda ularga o’zgartirish kiritish huquqi
yevropalament zimmasiga yuklatiladi.
Evropa Ittifoqida 1999 yildan boshlab yagona pul-kredit siyosati o’tkazila
boshlandi. SHu munosabat bilan yagona valyuta – EKYU, 2004 yildan boshlab
yevro joriy etildi va yangi muassasa – yevropa Markaziy banki tuzilib, u milliy
banklar bilan birga yevropa banklar tizimining asosini tashkil qildi.
31
Do'stlaringiz bilan baham: |