Mavzu: Moliyaviy boshqaruvda moliyaviy nazoratni modellari Reja: Kirish I. MOLIYA BOZORINI MUVOFIQLASHTIRISH VA NAZORAT QILISH 1.1. Moliya bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish kontseptsiyalari
1.2. Moliya bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish institutlari va ularning o'zaro bog'liqlikdagi faoliyati
1.3. O'zbekistonda moliya bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish mexanizmlari
II. MOLIYA BOZORINI TARTIBGA SOLISH BOʻYICHA JAHON TAJRIBASI 2.1. Moliya bozorini tartibga solish amaliyotini takomillashtirish masalalari
2.2. O‘zbekiston moliya bozorini tartibga solishda xalqaro tajribadan foydalanish
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizasiyalash, bozor islohotlarining yanada chuqurlashtirilishi natijasida yildan yilga salmoqli natijalar qo‘lga kiritilib, barqaror iqtisodiy o‘sish yo‘nalishi mustahkamlanib bormoqda. Hukumatimiz tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy siyosat to’la va izchil amalga oshirilishi, iqtisodiyotning muhim ustuvor tarmoqlarining belgilab berilishi hamda ularni rivojlantirish bo‘yicha barcha imkoniyatlarning safarbar etilishida moliyaviy nazorat o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
O’zbekistonda siyosiy va davlat mustaqilligi kamol topishi bilan uning bozor munosabatlariga asoslangan Milliy iqtisodiyoti shakllana boshladi. Milliy iqtisodiyot - bu ma’lum bir davlat hududida tarixan tashkil topgan, bir-biri bilan maqsadi va mehnat taqsimoti bog’liq bo’lgan tarmoqlar yig’indisidir. Yagona tizim sifatida milliy iqtisodiyot o’ziga xos bo’lgan munosabatlari, boshqaruv tizimi, umumiqtisodiy infrastrukturasi va mustaqil qonunchiligiga ega bo’lgan mustaqil davlatchilikni taqozo qiladi.
Bizga ma’lumki, mamlakatda iqtisodiy o’sish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda moliya bozori hal qiluvchi rol o’ynaydi. Moliya bozorlari samarali ishlashi uchun uni doimo tartibga solib turish muhim ahamiyat kasb etadi. So’nggi yillarda mamlakatimiz moliya bozorini rivojlantirish va uni uni faoliyatini tartibga solish bo’yicha sezilarli darajada islohotlar amalga oshirilmoqda. Sir emаski, mаzkur islоhоtlаrning muvаffаqiyаti kо’p jihаtdаn iqtisоdiyоtimizning bаrchа tаrmоqlаrigа xоrijiy investitsiyаlаrni jаlb qilish, ilg’оr xаlqаrо tаjribаni jоriy qilish vа shаffоflikni tа’minlаsh bilаn chаmbаrchаs bоg’liq. Bugungi kunda moliya bozorini tartibga solish bo’yicha amal qiladigan nazariyalarga o’zo’zini boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan asos solingan va xalqaro darajada emitentlar hamda investorlarni jalb etish uchun raqobat natijasida shakllangan.1 Moliya bozorlarining shakllanishini dastlabki davrlaridan boshlab, ushbu maqsadlar deyarli oʼzgarmagan va xalqaro tashkilotlarning hujjatlari (eng avvalo “moliya bozorlarni tartibga solishning maqsad va tamoyillari” Xalqaro qimmatli qogʼozlar bozorini tartibga soluvchi tashkilot – IOSCO) da rasmiy tarzda oʼz ifodasini topgan. Shunday qilib, moliya bozorlarini tartibga solishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: investorlarni himoyalash va moliya bozorlarini shaffofligini, haqqoniyligi va samaradorligini taʼminlash. Moliya bozorlarining rivojlanishi bilan, bozorning professional qatnashuvchilari va bozor vositachilarining sonining ortishi hamda ular oʼrtasidagi munosabatlarning yaqinlashuvi bilan, yuqoridagi ikki maqsadga yangi maqsad – tizimli risklarni pasaytirish ham qoʼshildi.2 Shuningdek, moliya bozorining tarkibiy qismi sifatida qimmatli qog’ozlar bozorini tartibga solish va uni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda ham moliya bozorini, ayniqsa, qimmatli qo’go’zlar bozorini rivojlantirish dolzarblik kasb etmoqda. Shu sababli so’nggi yillarda ushbu sohada keng islohotlar olib borilmoqda. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Qimmatli qog’ozlar bozori iqtisodiyotdagi bo’sh pul mablag’larini jamlash va uni investitsiya jarayonlariga yo’naltirishning muhim vositasi hisoblanadi”.3 Shu sababli bugungi kunda moliya bozorini tartibga solish va bu bo’yicha xalqaro tajribani o’rganish mamlakatimizda moliya bozorini rivojlantirish uchun muhim jarayon hisoblanadi.
Mamlakatimizda moliya bozorini rivojlantirish bugungi kunda iqtisodiyotimizdagi muhim vazifalardan biridir. Moliya bozori iqtisodiyotni rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni oshirish, kapital jalb qilish, investitsion jozibadorlikni oshirishga xizmat qiladi. Shu sababli Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan PF-4947-sonli Farmonida ham ushbu masalaga alohida toʻxtalib oʻtilgan boʻlib, unda kapitalni jalb qilish hamda korxonalar, moliyaviy institutlar va aholining erkin mablag‘larini joylashtirishning muqobil manbai sifatida moliya bozorini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi moliya bozorini o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish belgilab qo’yilgan4. Moliya bozorlarini tartibga solish axborot assimetriyasining oldini oladi, moliya bozorlaridagi firibgarliklarni kamaytiradi, boshqaruvning buzilishidan himoya qiladi hamda moliya bozorlarida investorlarga ishonch bilan ishlashga imkon beradi. Ishtirokchilar har doim ham ushbu muammolarni mustaqil ravishda harakat qilish orqali hal qila olmaydilar, aksincha, hukumat moliya bozorlarining xavfsizligini ta'minlashi va ularning ishlashini tartibga solib turishi kerak.
Moliya bozorlarini tartibga soluvchi tashkilotlarning ishtirokchilarga tegishli barcha ma'lumotlarni toʻliq ochishini ta'minlash oshkoralikka olib keladi. Tartibga solinmagan bozorda sarmoyadorlar ishonchli ma'lumotga ega boʻlmaydilar, chunki kompaniyalar ba’zi ma'lumotlarni oshkor qilmaydi. Investorlar toʻliq ma'lumotga muhtoj, chunki noaniq va ishonchli boʻlmagan ma’lumotlar asosida biznesni olib borish va investitsiya kiritish xavfli hisoblanadi. Tartibga solish moliya bozorlarini faoliyatini yaxshilash, ma’lumotlar shaffofligini ta'minlash, investorlarni jalb qilish imkonini beradi. Shu jihatlarni inobatga olgan holda moliya bozorlarini tartibga solishni xalqaro darajada oʻrganish, mamlakatimizda moliya bozori faoliyatini rivojlantirish mavzuning dolzarbligini ochib beradi.