3. Byudjetlararo munosabatlar. Davlat byudjeti taqchilligi va profitsiti, davlat tomonidan mablag‘ jalb etish. G‘aznachilikda moliyaviy nazoratni tashkil etish. G‘aznachilikda moliyaviy nazoratning mazmuni va mohiyati



Download 326,19 Kb.
bet1/8
Sana03.07.2022
Hajmi326,19 Kb.
#736161
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
fayl


3. Byudjetlararo munosabatlar. Davlat byudjeti taqchilligi va profitsiti, davlat tomonidan mablag‘ jalb etish. G‘aznachilikda moliyaviy nazoratni tashkil etish. G‘aznachilikda moliyaviy nazoratning mazmuni va mohiyati.
G‘aznachilikda moliyaviy nazoratning huquqiy asoslari. G‘aznachilikda moliyaviy nazoratni tashkil etish shakllari. G‘aznachilik tizimida narxlarni to‘g‘ri shakllantirilganligi ustidan nazorat. G‘aznachilikda davlat xaridini
tashkil etilishi ustidan nazorat. Davlat xaridini tender savdolari orqali tashkil etish ustidan nazorat. G‘aznachilik tizimida yuridik majburiyatlarni ro‘yxatga olinishi ustidan nazorat. G‘aznachilik tizimida moliyaviy majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirilishining nazorati.
G‘aznachilikda moliyaviy nazoratning xorij tajribalari. Reja:

  1. G’aznachilikda moliyaviy nazoratni tashkil etish va mazmuni va moxiyati .

  2. G’aznachilik tizimida moliyaviy majuriyatlar boyicha tolovlarni amalga oshirishning nazorati.

  3. G’aznachilikda tizimida narxlarni togri shakillantirganligi nazorat

  4. G’aznachilik ijrosi nazoratini amalga oshirishni takomillashtirish


1. Davlat moliyaviy nazoratida g’aznachilik faoliyati nazoratining tutgan o’rni G’aznachilik tizimi davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlariga mos holda davlat xarajatlarini samarali boshqarishga yo’naltirilgan tashkiliy-huquqiy munosabatlarning yig’indisidan iborat. Bu munosabatlar davlat budjetining daromad va xarajatlari bo’yicha amaliyotlarni qamrab olganligi sababli, O’zbekiston sharoitda davlat moliyasini boshqarishning markazidan o’rin egallaydi.
O’zbekiston Respublikasining milliy G’aznachiligi tizimi Davlat budjetining G’azna ijrosi jarayonida budjet mablag’larini maqsadli va samarali sarflanishini ta’minlash hamda nazoratni kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan.
Har qanday kompaniya, tashkilot va davlat tashkilotlarida ichki nazoratni shakllanishiga bir qator omillar sabab bo’lgan. Birinchidan, resurslarni cheklanganligi moliyaviy resurslarni tejab sarflashni taqozo etadi. Ikkinchidan, moliyaviy mablag’lar qanchalik oqilona sarflansa korxona ixtiyorida aylanma mablag’lar ko’payadi, bu esa ishlab chiqarish hajmini oshirish va investitsiya hajmini ko’paytirish imkoniyatini beradi. Boshqa tomondan esa investitsiya jalb etilgan taqdirda investorga taqdim etiladigan moliyaviy hisobotlarni sifati ta’minlanadi.12
Moliyaviy nazoratni tashkil etishda uning turlarini to’g’ri belgilash muhim hisoblanadi. Shu jihatdan moliyaviy nazoratni 3 turga bo’lish maqsadga muvofiq hisoblanadi: budjet moliyaviy nazorati, moliyaviy-xo’jalik(tadbirkorlik, tijorat) nazorati , mustaqil audit3 (1-rasm).
Davlatimizning milliy me’yoriy hujjatlari va xalqaro standart va tavsiyalarda ichki nazorat to’g’risida bir qator ta’riflar keltirilgan. Mazkur ta’riflar ma’lum bir tizimning maqsadi, xususiyatlari va tuzilmasidan kelib chiqqan holda shakllantirilgan. Albatta xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda va davlat budjetidan mablag’ oluvchilarda ichki nazorat tizimi har xil bo’lishi mumkin, biroq asosiy maqsad yagonadir, bu - moliyaviy resurslardan oqilona va samarali foydalanilgan holda maqsadga erishishdir.
Ichki nazorat tizimi - xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati tomonidan moliyaviyxo’jalik faoliyatini nazorat qilish va samarali yuritish, aktivlar va hisob hujjatlarining saqlanishini ta’minlash, xato va firibgarlik holatlarini oldini olish va aniqlash, buxgalteriya yozuvlarining aniq va to’liqligi va o’z vaqtida ishonchli moliyaviy ma’lumotlarni tayyorlash maqsadida qabul qilingan tashkiliy tadbirlar, usullar va amallar (ichki nazorat vositalari) yig’indisidir. G’aznachilik ijrosi davomida byudet mablag’larining xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan limitlar doirasida ishlatilishining dastlabki va joriy nazorati – yuridik va moliyaviy majburiyatlarning majburan g’aznachilik bo’linmalarida shakllantirilishi asosida amalga oshiriladi. Ichki nazorat ta’rifi qayd etilgan bir qator xalqaro standartlar va tavsiyalar mavjud. Xususan SOSO (Committee of Sponsoring of the treadway commission) tavsiyalarida ichki nazoratni shunday ta’riflagan - “Ichki nazorat bu – tashkilot oldiga qo’yilgan maqsadga erishishga ishonch hosil qilish borasidagi tashkilotning barcha darajadagi tuzilmalari va xodimlari ishtirok etadigan jarayon”4.
Yana shunday ta’rif keltiriladiki, ichki nazorat – bu direktorlar kengashi, menejment va personal tomonidan maqsadga erishishni kafolatli ta’minlashga qaratilgan jarayon bo’lib, u faoliyatning samaradorligiga, moliyaviy hisobotning ishonchliligi va tegishli qonunlar talablari va me’yoriy-huquqiy hujjatlarga rioya etish kabi kategoriyalarga yo’naltiriladi5.
Mazkur hujjatda ichki nazoratning komponentlari sifatida nazorat muhiti, risklarni baholash, nazorat jarayonlari, informatsiya va kommunikatsiya hamda monitoring qayd etilgan.
G’aznachilik bo’linmalarida ichki nazoratni tuzilmalarini shakllantirish va amalga oshirishga Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 20 martdagi 53-sonli
“O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G’aznachiligi to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan tasdiqlangan Nizomda belgilangan maqsad, vazifa va funktsiyalar ham asos hisoblanadi.
G’aznachilik tizimida ichki nazorat – hududiy bo’linma faoliyati samaradorligini va natijaviyligini oshirishga, g’aznachilik operatsiyalarini amalga oshirishda qonunchilikka va me’yoriy-huquqiy hujjatlarga qat’iy rioya qilinishini ta’minlashga, lavozim majburiyatlarini maqbul tarzda taqsimlanishiga, risk, xato va kamchiliklarni oldini olishga, tezkor aniqlashga, ishonchli buxgalteriya hisobini yuritilishiga va hisobotlarni sifatli tuzilishiga yo’naltirilgan monitoring, jarayonlar, tadbirlar va tuzilmalar majmuasidir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, mamlakatimiz G’aznachilik tizimida ichki nazorat tizimini takomillashtirish orqali davlat budjeti mablag’laridan samarali va tejab foydalanish, g’aznachilik operatsiyalari jarayonidagi har qanday ko’rinishdagi risklarni oldindan aniqlash va tezkor bartaraf etishga imkoniyat yaratadi. Mamlakatda budjet-soliq tizimini tuzish bilan birga, davlat moliyasini samarali boshqarish asosiy masala hisoblanadi. Ma’lumki, boshqaruv - bu ma’lum bir ijobiy natijaga erishish uchun uslublar va tamoyillar yig’indisi orqali bir ob’ektga maqsadga muvofiq ta’sir etishdir, desak bo’ladi. Inson faoliyatining barcha sohalariga, jumladan, davlat moliya sohasiga ham boshqaruv jarayoni taalluqlidir1.
Davlat moliyaviy nazorati iqtisodiyotning turli bo’g’inlarining iqtisodiy faoliyatidagi yangi hodisalarni yoritib beradi, ushbu faoliyatni takomillashtirish maqsadida uning qonunchiligini belgilaydi.

Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi tashkilotlar davlat moliyaviy nazorati subyektlari hisoblanadi. Davlat moliyaviy nazorati obyekti – bu , budjet ttizimi budjetlari, davlat mulki, tabiiy resurslar yoki soliqqa tortish, eksport va import bo’yicha biror-bir imtiyozlardir.
Budjet kodeksiga asosan G’aznachilik bo’linmalari davlat moliyaviy nazoratini6:
o budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari oluvchilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) etkazib beruvchilar bilan Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari mablag’lari hisobiga tuzilgan shartnomalarini xarajatlar smetalarida ko’rsatilgan summalar doirasida hamda belgilangan maqsadlarga muvofiq tuzilganligi ustidan nazorat qilish asosida majburiy ro’yxatdan o’tkazish; o xarajatlar smetalarida va ro’yxatdan o’tkazilgan shartnomalarda nazarda tutilgan summalar doirasida budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari oluvchilar nomidan hamda ularning topshirig’i bo’yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) etkazib beruvchilarning hisobvaraqlariga to’lovlarni bevosita amalga oshirish orqali to’lov intizomiga rioya etilishini ta’minlash yo’li bilan amalga oshiradi.

Download 326,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish