3. G’aznachilikda tizimida narxlarni togri shakillantirganligi nazorat
G’aznachilikda yuridik majburiyat vujudga kelishidan avval dastlabki nazoratni amalga oshirish imkoniyati mavjud bo’lib, bu narxlar monitoringi orqali ta’minlanadi. Buyurtmachilarining tovarlar (ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan shartnomalarini ro’yxatdan o’tkazishda va hisobga olishda narx echimi hamda narxlar monitoringini amalga oshiriladi.8
G’aznachilik bo’linmalari buyurtmachilar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan tuzilayotgan shartnomalarning sifatli
ta’minlanishini va narx-navo echimini nazarda tutuvchi budjet mablag’laridan foydalanishni maqbullashtirish ustidan monitoringni tanlov
(tender) savdolari o’tkazilganligi natijalarini tasdiqlovchi tanlov (tender) komissiyasi qarorlari bayonnomasi nusxasi hamda elektron savdolar bayonnomasi nusxasini olish yo’li bilan amalga oshiradi.
Buyurtmachilar tovarlar (ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan tuziladigan shartnomalardagi narx-navo echimi hamda ularning qonun hujjatlariga muvofiq tuzilganligiga javobgardir.
Bunda budjet tashkiloti sotib olmoqchi bo’lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxi muqobil etkazib beruvchilar narxlari bilan taqqoslanadi. Muqobil etkazib beruvchilar to’g’risida ma’lumot to’plashning turli usullari mavjud. Masalan:
tovar xom-ashyo birjalari ma’lumotlaridan foydalanish; bozorlardan ma’lumotnomalar olish; raqobatchi tashkilotlardan tijorat takliflari olish;
ommaviy axborot vositalari va ixtisoslashtirilgan reklama nashrlaridagi
ma’lumotlarni umumlashtirish.
Xo’jalik shartnomasini ro’yxatdan o’tkazish chog’ida har bir shartnomaga bir nechta (kamida 2 ta) etkazib beruvchining tijorat taklifi ilova qilinishi, bunda har bir etkazib beruvchining rekvizitlari (nomi, manzili, telefon raqamlari, rahbari to’g’risidagi ma’lumotlari) aniq ko’rsatilishi, etkazib beruvchilar shu sohada uzoq yillik ish tajribasiga ega bo’lgan, yuqori mavqeli korxonalar bo’lishi tavsiya etiladi. O’zbekistonda ishlab chiqariluvchi tovarlar vositachilarsiz, aynan ishlab chiqaruvchining o’zidan sotib olinishi, chetdan keltiriluvchi tovarlar esa bevosita importyordan sotib olinishi narxlarning asossiz o’sishining oldini oladi.
Moliya organlarida narxlar monitoringini tashkil etishning huquqiy asosi bo’lib O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 21 noyabrdagi 456sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Xom ashyo, materiallar, butlovchi qismlar va jihozlarni sotib olish yuzasidan tender savdolarini o’tkazish to’g’risidagi
Nizom” bo’lib hisoblanadi.
Mazkur Nizom davlat budjeti, davlat budjetida jamlanuvchi davlat maqsadli jamg’armalari mablag’lari, Hukumat kafolati bo’yicha olingan xorijiy kreditlar, Jahon banki guruhi, ETTB, OTB, Xalqaro hamkorlik Yapon banki,
“KfW” banki kabi xalqaro va xorijiy moliya institutlari tomonidan taqdim etilgan xorijiy grantlar mablag’lari evaziga import qilingan yoki O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan xom ashyolar, materiallar, butlovchi qismlar va jihozlarni sotib olish bo’yicha tender savdolarini tashkil qilish mexanizmini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |