3. Byudjetlararo munosabatlar. Davlat byudjeti taqchilligi va profitsiti, davlat tomonidan mablag‘ jalb etish. G‘aznachilikda moliyaviy nazoratni tashkil etish. G‘aznachilikda moliyaviy nazoratning mazmuni va mohiyati


O’zbekiston Respublikasining Davlat budjeti g’aznachiligi ijrosini yanada takomillashtirish va kuchaytirish



Download 326,19 Kb.
bet7/8
Sana03.07.2022
Hajmi326,19 Kb.
#736161
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
fayl

O’zbekiston Respublikasining Davlat budjeti g’aznachiligi ijrosini yanada takomillashtirish va kuchaytirish masalalari takomillashtirilmoqda.
4.G’aznachilikda moliyaviy nazoratning xorijiy tajribalari.
Milliy g’aznachilik tizimining asosiy vazifalaridan biri davlat moliyaviy resurslaridan foydadanish samaradorligini oshirishdir. Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, davlat moliyasi tarkibkta kiruvchi, “g’aznachilik” deb ataluvchi organ o’ziga yuklatilgan funktsiyadan kelib chiqib, turli majburiyatlarni bajaradi. G’aznachilikning tuzilishi va vazifalari mamlakatning tarixiy va madaniy urfodatlaridan, shuningdek, iqtisodiy holatidan kelib chiqib belgilanadi.
G’aznachilik ayrim mamlakatlarda passiv ahamiyatga ega. U faqat tasdiqlangan budjet mablag’larini ajratish bilan shug’ullansa, majburiyatlar limitini belgilash va xarajatlar to’lovini amalga oshirsa yoki oldindan belgilangan mezonlar asosida alohida xarajatlarni ishlab chiqishga ruxsat bersagina, faol ahamiyatga ega. G’aznachilik davlat qarzlarini boshqarishning turli darajalarida ishtirok etadi va nihoyat, hisob funktsiyasi bajarilishiga ham javob berishi mumkin. Davlat moliyasini boshqarishning va g’aznachilik tashkiliy tuzilishining yagona modeli mavjud emas, g’azanchilikning bo’limlari, boshqarmalari va aniq funktsiyalari turli mamlakatlarda farqlanadi.G’aznachilik funktsiyasi vaqt o’tishi bilan o’zgarishi mumkin. Uning tashkiliy tuzilishi agarda AQShda Moliya vazirligi Departamenti,
Frantsiyada Moliya vazirligi Boshqarmasi, Angliyada mustaqil mahkama,
Avstraliyada esa vazirlik darajasida ko’rinishiga ega.
4-jadval.
Rivojlangan mamlakatlarning davlat to’lovlaripi amalga oshirish uslubiyati9

Mamlakatlar
Avstraliya
Frantsiya


Tavsiflar




Moliya vazirligi to’lovlarni cheklar chiqarish yoki mablag’larni g’aznachilikning yagona hisobraqami (G’YaH) Avstraliya uyushmasining davlat hisobraqamidan chiqarish orqali amalga oshiradi.

Moliya vazirligining davlat hisob xizmati hududiy kassa


boshqarmalariga to’lovlarni chek chiqarish yoki pul



mablag’larini G’YaHdan ko’chirish orqali amalga oshiradi.

Germaniya


Xuddi Frantsiya amaliyotiga o’xshaydi, lekin


mablag’larni

Yaponiya

o’tkazish elektron shaklda amalga oshiriladi.

Tarmok vazirliklarining nazoratchilari to’lovlarni cheklar yoki Yaponiya bankida ochilgan G’YaHdan ko’chirish


orqali amalga oshiradi.

Angliya

Tarmoq vazirliklari to’lovlarni cheklar yoki G’YaHdan ko’chirish orqali (Angliya bankidagi bosh g’azna hisobraqami orqali) amalga oshiradi.

AQSh

AQSh G’aznachiligi to’lovlarni cheklar chiqarish yoki mablag’larni G’YaH - Nyu-York Federal zahira bankining g’azna hisobraqami orqali amalga oshiradi.





Qayd etilgan mamlakatlarning barchasida to’lovlar nazorati g’aznachilikning yagona hisobraqami orqali amalga oshiriladi. Bu hisobraqamning aniq ko’rinishi turli mamlakatlarda turlichadir. Yuqorida qayd etilgan mamlakatlarning qariyb barchasida g’aznachilik amalga oshirilgan xarajatlari nazoratini markaziy bankda ochilgan yagona hisobraqami orqali, ya’ni bosh kitobi tizimi orqali nazorat qiladi. Bu mamlakatlarda davlat to’lovlari 4-jadvalda aks ettirilgan tartibda amalga oshiriladi.
Yuqorida keltirilgan mamlakatlar G’aznachilik Yagona Hisobraqami tuzilishi jadvalda keltirilgan. (5-jadval)
Berilgan jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, Frantsiya va Germaniyada G’aznachilik Yagona Hisobraqami hududiy kassa boshqarmalari hisobraqamini o’z ichiga oladi, Yaponiya G’aznachilik Yagona Hisobraqami Yaponiya bankining hisobraqamini qamrab oladi. Angliyada tarmoq vazirliklari
G’aznachilik Yagona Hisobraqami mablag’dan to’la hajmda foydalana oladi, ammo jamlanma daromad fondidan bu hisobraqamlarga mablag’larni ko’chirish, jamlanma har kunlik balans va ularning hisobi g’aznachilik nazorati ostida bo’ladi.
Angliyada AQSh kabi soliq-budjet sohasidagi asosiy javobgarlik to’g’ridanto’g’ri g’aznachilikka yuklatilgan. Germaniyadan tashqari boshqa barcha mamlakatlarda budjet muassasalari o’z hisobini yuritadi, ammo ularning tizimi to’lik markaziy hisob tizimiga birlashtirilgan, bu tizim Moliya vazirligi tomonidan boshqariladi. Mamlakatda Moliya vazirligi barcha budjet muassasalariga hisob yuritish borasida to’liq xizmat ko’rsatadi. Bu xizmat to’lovlarni amalga oshirishning barcha bosqichlarini o’z ichiga oladi. Yaponiya banki hukumat uchun paralel ravishda budjet-soliq sohasidagi barcha hisobkitoblarni yuritadi, shuningdek, Moliya vazirligi umumiy buxgalteriya hisobi va hisobotini boshqarish va tartibga solish bo’yicha javobgar.

Download 326,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish