Davlat budjeti ijrosining g’aznachilik tizimi joriy etilishi bilan dastlabki va joriy moliyaviy nazoratni amalga oshirish budjetdan mablag’ oluvchilar bilan birgalikda g’aznachilik organlariga ham yuklatiladi.
So’nggi yillarda mamlakatimizning moliya-budjet tizimida katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Islohotlarning maqsadi budjet siyosatida budjet kamomadining o’sib ketishiga yo’l qo’ymaslik, budjet xarajatlarining samaradorligini oshirish, ijtimoiy xarajatlarning aniq maqsadli va yo’naltirilganlik bo’lishini ta’minlashdir. Islohotlar budjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish, budjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlarni mablag’ bilan ta’minlash mexanizmini soddalashtirish, budjet mablag’laridan foydalanishda yuqori natijalarga erishish maqsadida mavjud mablag’larni oqkilona taqsimlash, budjet tashkilotlari xodimlari mehnatini rag’batlantirish, ular faoliyatining yanada samarali bo’ulishini ta’minlash, shartsharoitlar yaratish, budjet mablag’laridan tejab, samarali va aniq foydalanish hamda budjet intizomini mustahkamlash uchun budjet tashkilotlari rahbarlarining mustaqilligini kengaytirish, mas’uliyatini oshirish kabi yo’nalishlarda olib borilmoqda.
Budjet mablag’laridan foydalanishda smeta-shtat intizomiga rioya etishlik, muddati o’tgan debitorlik va kreditorlik qarzlariga yo’l qo’ymaslik, mablag’larni xarajatlar smetasida ko’zda tutilgan maqsadlarga yuo’naltirish, budjet mablag’laridan foydalanishda amaldagi qonun hamda boshqa me’yoriy hujjatlar talablariga qat’iy rioya qilishni ta’minlash, turli xil o’g’irlik, kamomad, suiste’molliklarni oldini olishda g’aznachilikning moliyaviy nazorati muhim o’rin tutadi.
G’aznachilik nazorat faqatgina budjet mablag’larini xarajat kilinishi ustidan emas, balki budjetning daromadlarini shakllantirishda xam samarali bo’lmog’i lozim. Ya’ni budjetga tushishi lozim bo’lgan daromadlarni o’z vaqtida va to’liq tushirishni va Yagona G’azna hisobraqmlarida kirim qilinishini ta’minlash, budjetga qo’shimcha daromadlar manbalarini aniqlashda g’aznachilik ijrosi nazorati muhim o’rin tutadi.
Budjet mablag’larini shakllantirish va ulardan oqilona xarajat kilinishi ustidan g’aznachilik faoliyati nazoratining samaradorligini oshirish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirmoq lozim:
budjet tizimi budjetlari ijrosi bo’yicha to’liq «shaffoflik»ni, ya’ni oshkoralikni ta’minlash. Budjetga soliq va boshka to’lovlarni amalga oshiruvchi har bir yuridik va jismoniy shaxslar budjetga to’lagan mablag’lari qanday maqsadlarga sarflanganligi haqida tulik axborot olish imkoniyatiga ega bulishi kerak.
budjet tizimi budjetlari ijrosi ustidan nazorat qiluvchi vakolatli organlar o’rtasida o’zaro hamkorlik, tajriba va axborot almashuv tizimini yo’lga qo’yish lozim. Bunda ob’ektlarni birin-ketin tekshirish, ya’ni bir-birini takrorlamaslikka e’tibor qaratish kerak buladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 iyundagi «Mahalliy budjetlarni shakllantirishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida» PF-5075-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda mahalliy budjetlarning daromad bazasini kengaytirish va xarajatlarini maqbullashtirishda ularning manfaatdorligini oshirishni ta’minlaydigan mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet vakolatlari va majburiyatlarini belgilashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni doirasida 2 ta shtat birligidan iborat budjet inspektorlari lavozimlari joriy etldi va ularning asosiy vazifalari etib quyidagi belgilandi8:
mahalliy budjetlar parametrlarining budjet to’g’risidagi qonun hujjatlari, belgilangan normativlar hamda mazkur qaror asosida shakllantirilishi va ijro qilinishini monitoring qilish;
budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetasi, shtatlar jadvalini sifatli tuzilishi hamda uning ijrosi bo’yicha nazoratnita’minlash; - mahalliy budjetlarda aylanma kassa mablag’larining saqlanishi, daromadlar prognozining oshirib bajarilishi va erkin qoldiq mablag’lari miqdorlarining to’g’ri aniqlanishi ustidan monitoring qilish;
mahalliy budjetlar ijrosi to’g’risidagi moliyaviy hisobotlarni
normativhuquqiy hujjatlarda belgilangan tartibda va muddatlarda Xalq deputatlari Kengashi va yuqori moliya organiga taqdim etilishini ta’minlash;
mahalliy budjetlar hisobidan budjet tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan davlat xaridlarini, shu jumladan, e’lonlar berish muddatlari belgilanishi hamda to’g’ridan-to’g’ri shartnomalar tuzilishi maqsadga muvofiqligini nazorat qilish.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy budjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish choratadbirlari to’g’risida”gi 2017 yil 7 iyundagi Farmoni PF5075-son ijrosini ta’minlash, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq hamda mahalliy budjetlarning daromadlari bazasini tubdan mustahkamlash, yuqori turuvchi budjetlar ajratmalariga qaramligini qisqartirish, uy-joy-kommunal, transportkommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani modernizatsiyalash va texnik yangilash bo’yicha strategik muhim investitsiya loyihalarni amalga oshirishni so’zsiz ta’minlash yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining mustaqil ish olib borishi va mas’uliyatini oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018 yilgi soliq va budjet siyosati Kontseptsiyasi doirasida respublikamizning barcha hududlariga tajriba tartibini joriy etish, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo’llash hisobiga