Mavzu: Moliyaviy boshqaruvda moliyaviy nazoratni modellari Reja: Kirish I. Moliya bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish



Download 66,7 Kb.
bet2/9
Sana16.07.2022
Hajmi66,7 Kb.
#810454
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
moliya bozorini tartibga solish

Mavzuning maqsad va vazifalari. Ushbu mavzuning asosiy maqsadi moliya bozorini tartibga solish yo‘llarini o’rganish va bunda xalqaro tajribalarni tahlil qilish.
Ushbu maqsaddan kelib chiqib quyidagi vazifalarni belgilab olindi:

  • Moliya bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish kontseptsiyalarini o‘rganish va tahlil qilish

  • Moliya bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish institutlari va ularning o'zaro bog'liqlikdagi faoliyatini o‘rganish va tahlil qilish

  • Moliya bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish modellarini o‘rganish va tahlil qilish

  • O'zbekistonda moliya bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish mexanizmlarini o‘rganish va tahlil qilish

  • Moliya bozorini tartibga solish amaliyotini takomillashtirish masalalarini o‘rganish va tahlil qilish

  • O‘zbekiston moliya bozorini tartibga solishda xalqaro tajribadan foydalanishni o‘rganish va tahlil qilish

Kurs ishining obyekti va predmeti. Mazkur kurs ishining obyekti O‘zbekiston moliya bozori hisoblanadi. Mavzuning predmeti sifatida O‘zbekiston moliya bozorini tartibga solish masalari o’rganiladi.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Mazkur kurs ishi kirish, 2 ta bob, 5 ta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar qismidan iborat.

I. MOLIYA BOZORINI MUVOFIQLASHTIRISH VA NAZORAT QILISH
1.1. Moliya bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish kontseptsiyalari
Turli mamlakatlarda moliya bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish uchun bosh va eng asosiy institutlar bo‘lib faqat davlat moliya organlari va/yoki hukumat tomonidan vakolat berilgan davlat muassasasi hisoblanadi. Masalan, Germaniya, Avstraliya, Kanada, Yaponiya, AQSh, Belgiya, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Italiya va Ispaniyada hukumat organlari yoki qonun bilan nazarda tutilgan muassasalar. Xususan, Kanadada qimmatli qog'ozlar bozori provintsiyalar organlari tomonidan tartiblashtiriladi, Yaponiyada esa awal Moliya vazirligida bo'lgan, hozirda alohida bo'lgan moliyaviy xizmatlar Agentligi (makroregulyator funktsiyasini bajaradi va unga qimmatli qog'ozlar va birja savdolari ustidan nazorat bo'yicha Komissiya bo'ysunadi), AQShda qimmatli qog'ozlar va birjalar bo'yicha Komissiya, Avstraliyada - qimmatli qog'ozlar bo'yicha Komissiya, Belgiyada - bank va moliya Komissiyasi, Frantsiyada - biija operatsiyalari Milliy komissiyasi, Italiyada - aksiyadorlik jamiyatlari va birjalar bo'yicha Milliy komissiya, Ispaniyada - qimmatli qog'ozlar bozori bo'yicha Milliy komissiya, Germaniyada - qimmatli qog'ozlar bo'yicha Komissiya, Rossiyada - molya bozorlari bo'yicha Federal xizmat, Qozog'istonda - Markaziy bank, O'zbekistonda - Davlat mulki Qo'mitasi huzuridagi qimmatli qog'ozlar bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi va h.k. O'zbeksitonda davlat tartiblashtirish Markazining hududiy boshqarmalari bir vaqtning o'zida mahalliy hokimiyatlarga (Davlat mulki Qo'mitasining hududiy boshqarmalari orqali) ham bo'ysunadi (bunda mahalliy hokimiyattaming ham qimmatli qog'ozlar bozorini tartiblashtirish jarayoniga ma’lum darajada taalluqli ekanidan dalolat berishi mumkin). Kelejakda O'zbekistonning tartiblashtirish modeli o'zgarishi muqarrar.
Boshqa bir mamlakatlarda esa vakolatli maxsus davlat tartiblash- tirish organlari bilan birga moliya bozori professional qatnashchilari- ning ihtiyoriy tarzda birlashgan nodavlat notijorat tashkilotlari bo'lgan o'zini o'zi muvoflqlashtiruvchi tashkilotlar (O'O'M) namoyon bo'ladi. Lekin bunday mamlakatlarda O'O'M tashkilotlar moliya bozorida ma’lum bir tartiblashtirish fiinktsiyalarini bajarish uchun vakolatli davlat tartiblashtiruvchi organi tomonidan akkreditatsiyalanib ruxsat beriladi.
Buyuk Britaniyada awal «super-О'О'М tashkiloti» bo'lgan bo'lsa, hozirda Moliya vazirligiga hisobot beruvchi kvazi-hukumat organi (FSA).
AQSh misolida O'O'M tashkilotlar na faqat o'zini o'zi muvoflqlashtiruvchi funktsiyalami, balki bozomi tashkillashtirish funktsiyasini ham bajaradi. Xususan, qimmatli qog'ozlar bo'yicha dilerlaming Milliy assotsiatsiyasi O'O'M tashkilot sifatida tuzilgan bo'lib, unga birjadan tashqari bozor va uning elektron savdo tizimlari (masalan, NASDAQ) biriktirilgan. AQSh fond birjalari esa O'O'M tashkilotlari maqomini olganlar. Bunday model Rossiyada ham qabul qilingan (quyidagi juftliklar misolida: MMVB - NFA, RTS - NAUFOR).
Ko‘pchilik rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda 0 ‘0 ‘M tashkilotlari qimmatli qog‘ozlar bozorini tartiblashtirishga kiritilmagan. Masalan: Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Braziliya, Vengriya, Venesuela, Germaniya, Gonkong, Daniya, Hindiston, Ispaniya, Italiya, Xitoy, Lyuksemburg, Niderlandlar, Tayvan, Turkiya, Finlyandiya, Frantsiya, Chexiya, Shvetsiya, Shveytsariya.
Yangi Zelandiya, Polsha, Koreyada faqat birgina O‘O‘M tashk'ioti kiritilgan. AQSh, Kanada, Yaponiya va Norvegiyada esa O‘O‘M tashkilotlar ko‘pchilikni tashkil etadi.



Download 66,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish