Termiz davlat universiteti fuqarolik jamiyati


Intizomiy jazo amal qilib turgan muddat mobaynida xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilmaydi



Download 1,34 Mb.
bet34/132
Sana19.05.2023
Hajmi1,34 Mb.
#941384
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   132
Bog'liq
Мехнат ҳуқуқ мажмуа(3)

Intizomiy jazo amal qilib turgan muddat mobaynida xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilmaydi.
Har bir nojo‘ya xatti - harakat uchun faqat bitta intizomiy jazo qo‘llanishi mumkin.
Intizomiy jazo bevosita nojo‘ya xatti-harakat aniqlangandan keyin, ammo bu xatti-harakat aniqlangandan boshlab, xodimning kasal yoki ta’tilda bo‘lgan vaqtini hisobga olmasdan, uzog‘i bilan bir oy ichida qo‘llaniladi.
Nojo‘ya xatti-harakat sodir etilgan kundan boshlab olti oy o‘tganidan, moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish etish yoki tekshirish natijasida aniqlanganda esa, sodir etilgan kundan boshlab ikki yil o‘tganidan keyin jazoni qo‘llab bo‘lmaydi. Jinoiy ish bo‘yicha ish yuritilgan davr bu muddatga kirmaydi.
Intizomiy jazo berilgani to‘g‘risidagi buyruq xodimga tilxat orqali ma’lum qilinadi. Zarur hollarda undan barcha xodimlar xabardor qilinishlari mumkin.
Agarda intizomiy jazo berilgan kundan boshlab bir yil davomida xodim yangi intizomiy jazoga tortilmasa, u intizomiy jazo olmagan deb hisoblanadi. Agar intizomiy jazo olgan shaxs yana boshqa nojo‘ya harakatlar sodir etmasa va o‘zini halol xodim sifatida ko‘rsatsa, ma’muriyat o‘z tashabbusi bilan, bevosita rahbarning, mehnat jamoasining iltimosnomasi bo‘yicha jazoni bir yil muddat o‘tmasdan olib tashlashi mumkin.
Intizomiy jazo chorasi amalda bo‘lgan muddat davomida xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilmaydi.

Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi.


Mehnat shartnomasining bir tarafi (ish beruvchi yoki xodim) mehnat sohasidagi vazifalarini bajarish munosabati bilan boshqa tarafga etkazilgan zararni O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va mehnat to‘g‘risidagi boshqa normativ xujjatlarda belgilangan qoidalarga muvofiq qoplaydi.


Respublika Mehnat qonunlarida mehnat shartnomasi taraflarning moddiy javobgarlik asoslari ko‘rsatilgan:

  1. xodimga etkazilgan zarar;

  2. ma’naviy (jismoniy yoki ruhiy azoblar);

  3. xodimning mehnat qilish imkoniyatidan g‘ayriqonuniy ravishda mahrum qilish;

  4. xodimning sog‘lig‘iga etkazilgan zarar;

  5. mol-mulkiga etkazilgan zarar turlarida bo‘lishi mumkin.

Ish beruvchining aybi quydagi xujjatlar bilan isbotlanadi:

    1. ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa haqidagi dalolatnoma;

    2. sudning qarori, hukmi, prokurorning; surishtiruv yoki dastlabki tergov organing qarori;

    3. mehnat texnik nozirining yoki mehnat qonunchiligiga amal qilish va mehnat xavfsizligi holatini nazorat qiluvchi mansabdor shaxslar (organlar)ning xulosalari;

    4. xodimning kasb kasalligiga chalinganligi haqidagi tibbiy xulosa;

    5. aybdor shaxslarni ma’muriy yoki intizomiy javobgarlikka tortish haqidagi qaror;

    6. kasaba uyushmasi ko‘mitasining xodimga mehnatda mayib bo‘lganligi sababli vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi uchun to‘langan harajatlarni qoplash haqidagi qarori;

    7. boshqa xujjatlar, shuningdek, guvohlarning ko‘rsatmalari.

Har qanday xolatda ham xodimning sog‘lig‘iga zarar etkazishda aybi yo‘qligini isbotlash majburiyati ish beruvchiga yuklanadi.
Ish beruvchiga etkazilgan zararlar asosan mol-mulkiga nisbatan bo‘lib, u kamaygan yoki yomon xolatga kelganligi sababli, xodim bevosita etkazilgan haqiqiy zarar uchun ham, ish beruvchi boshqa shaxslarga etkazilgan zararni to‘lashi natijasida kelib chiqqan zarar uchun ham moddiy javobgar bo‘ladi.
Zarar etkazgan taraflar, etkazilgan zararning oxir oqibatiga, xajmiga, qonunda ko‘rsatilgan boshqa asoslariga ko‘ra zararni to‘la qoplash, zararni undirishdin voz kechish, qisman zararni qoplashga majbur bo‘ladilar.
Barcha korxonalarda havfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlari yaratilgan bo‘lishi kerak. Ish beruvchi har bir xodimga mehnat shartnomasini tuzishda va boshqa ishga o‘tkazishda xodimni mehnat sharoitlari to‘g‘risida, shu jumladan kasb kasalliklari va boshqa kasalliklarga chalinish ehtimoli, shu bilan bog‘liq holda unga beriladigan imtiyoz va kompensatsiyalar, shuningdek shaxsiy himoya vositalari haqida xabardor qilishi kerak.
Moddiy javobgarlik deyilganda xodimning aybli, huquqqa xilof xatti-harakat sodir etishi natijasida korxona, muassasa, tashkilotga etkazilgan zararni to‘la yoki qisman qoplashidan iborat vazifasi tushuniladi.
Korxonaga zarar etkazganlik uchun ishchi va xizmatchilarni moddiy javobgar qilish yuridik javobgarlikning alohida turi hisoblanadi. Moddiy javobgarlikning mazkur turi moddiy javobgarlikning boshqa turlaridan (mukofotdan mahrum etish yoki uni kamaytirish, mehnatdagi ulush koeffitsentini pasaytirish ko‘zda tutilganligi, intizomiy jazo tariqasida kam haq to‘lanadigan ishga ko‘chirish) shu jihati bilan farq qiladiki, u, birinchidan, korxona mol-mulkning to‘la saqlanishini ta’minlashga va xo‘jasizlik hollarining oldini olishga; ikkinchidan, mehnat intizomini mustahkamlashga; uchinchidan, ishchi va xizmatchilarning ish haqini haddan ziyod ko‘p va g‘ayriqonuniy ravishda ushlab qolishlardan muhofaza qilishni ta’minlashga da’vat etilgan.
Ishchi va xizmatchilarning moddiy javobgarligini mehnat huquqlari normalari jihatidan fuqarolik bo‘yicha mulkiy javobgarlikdan farqlamoq lozim. Bu farq quyidagilardan iborat: o‘zlari moddiy zarar etkazgan korxona bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan ishchi va xizmatchilargina mehnat huquqi bo‘yicha moddiy javobgarlik sub’ekti hisoblanadilar. Moddiy zarar etkazgan shaxs korxona bilan mehnat munosabatlarida bo‘lmagan hollarda javobgarlik fuqarolik huquqi bo‘yicha bo‘ladi; mehnat huquqi normalari bo‘yicha faqat bevosita etkazilgan haqiqiy zarar, shunda ham, odatda, cheklangan miqdorda, fuqarolik huquqi normalari bo‘yicha esa to‘liq miqdorda undiriladi, bunda ko‘rilgan zarar deyilganda mulkning sarf qilinganligi, yo‘qolganligi yoki buzilganligi. SHuningdek xodim o‘z majburiyatini ado etgan taqdirda olishi mumkin bo‘lgan, ammo boy berilgan foyda tushuniladi; mehnat huquqi bo‘yicha moddiy javobgarlik chegarasi huquq buzilgan xolatga, mulkning turiga, mehnat vazifasiga, ba’zi hollarda esa qilgan aybiga qarab tabaqalashtirilgan tarzda belgilansa, fuqarolik huquqi normalari esa tasodifan ziyon etkazilgan taqdirda ham etkazilgan zararni undirish majburiyatini nazarda tutadi; mehnat huquqida bir necha xodimning aybi bilan etkazilgan zarar miqdori ulardan har birining aybini hisobga olgan holda belgilanadi, ya’ni ular o‘z hissalariga qarab javobgar bo‘ladilar. Bir guruh xodimlar tomonidan ataylab jinoyat qilingan hollargina bundan mustasno. Fuqarolik huquqida bir necha shaxslar tomonidan ziyon etkazilgan taqdirda birgalikdagi javobgarlik qo‘llaniladi; mehnat huquqi normalari bo‘yicha ishlab chiqarish tavakkalchiligi toifasiga kiritiladigan etkazilgan zarar uchuchn xodimlar moddiy javobgarlikdan ozod qilinadilar, fuqarolik huquqi normalari bo‘yicha esa bunday hollarda ham javobgarlik qo‘llaniladi; fuqarolar ishtiroki bo‘lgan fuqarolik huquqiy munosabatlarda huquqni himoya qilish uchun uch yil da’vo muddati belgilangan bo‘lsa, mehnat huquqida esa bir yil belgilangan; mehnat huquqi normalari bo‘yicha cheklangan moddiy javobgarlik hollarida etkazilgan zarar ma’muriyatning farmoyishi bilan undiriladi. Fuqarolik huquqi normalari bo‘yicha esa etkazilgan zarar sud orqali undiriladi.

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish