YOzma shartnoma bo‘yicha to‘la moddiy javobgarlik ikki turga bo‘linadi; shaxsiy va jamoa moddiy javobgarligi.
O‘ziga topshirilgan qimmatliklarni saqlash, qayta ishlash, berish, tashish bilan bevosita bog‘liq lavozimni egallagan yoki ishlarni bajarayotgan xodim bilan to‘la moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuzilishi mumkin.
Xodimlar o‘zlariga topshirilgan qimmatliklarni saqlash, qayta ishlash, berish yoki sotish, tashish yoki ulardan ish jarayonidaa foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim ish turlarini birgalikda bajargan taqdirda va agar har bir xodimning to‘la moddiy javobgarligini chegaralash va u bilan to‘la moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuzish, iloji bo‘lmasa, bu holda jamoa moddiy javobgarligi joriy etilishi mumkin.
Moddiy zarar etkazgan xodim etkakzilgan zararni o‘z ixtiyori bilan to‘la yoki qisman qoplashi mumkin. O‘rtacha oylik ish haqidan oshmaydigan miqdoridagi zarar xodimning yozma ravishdagi roziligi bo‘lgan taqdirda ma’muriyat chiqargan farmoyish asosida ish haqidan undirib olinadi.
Ma’muriyatning farmoyishi xodim zarar etkazganligi aniqlangan kundan boshlab ikki haftadan kechikmay chiqarilishi va bu haqda xodimga ma’lum qilingan kundan boshlab bir haftadan keyin ijro etilishi lozim. Agarda xodim shu haqidan ushlab qolishga yoki uning miqdoridan norozi bo‘lsa, mehnat nizosi uning arizasiga binoan mehnat nizolarini ko‘ruvchi komissiyada qarab chiqiladi. Boshqa hollarda zararni undirib olish sud orqali amalga oshiriladi.
Etkazilgan zarar xodimning intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilganidan qat’i nazar undiriladi.
Undirib olinadigan zararning miqdorini belgilashda quyidagilar: xodimning moddiy ahvoli, moddiy qimmatchiliklarning yaxshi saqlanishini ta’minlashda unga ma’muriyat tomonidan yordam berilgan yoki berilmaganligi, buxgalteriya hisob-kitobi darajasi, moddiy qimmatliklarning saqlanishi uchun normal shart-sharoit bor yoki yo‘qligi hisobga olinadi.
Sud aybdorlik darajasini, aniq holatlarni va xodimning moddiy ahvolini nazarda tutib undirib olinadigan zararning miqdorini kamaytirishi mumkin.
Topshiriqlar:
Mehnat intizomi tushunchasini aytib bering.
Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligini ko‘rsating.
Xodimga mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi qanday intizomiy jazo choralarini qo‘llashi mumkin?
Hayfsan, jarima nima?
Intizomiy jazo nima?
Ma’naviy (jismoniy yoki ruhiy azoblash) deganda nimani tushunasiz?
Xodimning sog‘lig‘iga etkazilgan zarar nimalarda o‘z ifodasini topadi?
Mol-mulkiga etkazilgan zarar qanday turlarda bo‘lishi mumkin?
Zarar etkazgan shaxs qantday javobgarlikka tortiladi?
Moddiy javobgarlikning necha turi bor?
CHeklangan moddiy javobgarlik nima?
To‘la moddiy javobgarlik nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |