1.3-§. Bir jinsli chiziqli tengsizliklar sistemasi yechimlarining qavariq konusi Chegaraviy tekisliklari ularning umumiy nuqtasidan o‘tuvchi chekli sondagi yarim fazolarning kesishidan hosil bo‘lgan figurada qavariq ko‘pyoqli konus deyiladi. Bu umumiy nuqtaga konusning uchi deyiladi.
Avvalo qavariq ko‘pyoqli konus bilan chiziqli tengsizliklar sistemasi orasida qanday bog‘lanish borligini aniqlaymiz.
Biz konusning uchi koordinatalari boshi bo‘lgan hol bilan chegaralanamiz. Koordinatalar boshidan o‘tuvchi tekislik tenglamasi dan iborat, demak bu holda qavariq ko‘pyoqli konus yuqorida qarab chiqilganlarga asosan biror bir jinsli chiziqli tengsizliklar sistemasi:
ning yechimlari sohasidan iborat bo‘ladi.
Tushunarliki, bu tasdiqning teskarisi ham o‘rinli, ya’ni bir jinsli chiziqli tengsizliklar sistemasining yechimlari sohasi doimo uchi koordinatalar boshida bo‘lgan qavariq ko‘pyoqli konusni ifodalaydi.
Quyidagilar qavariq ko‘pyoqli konusga misol bo‘ladi.
1.Fazodagi S uchli ko‘pyoqli burchak (26-shakl)
2.Yarimfazo. Bunday “konus”ning uchi sifatida tekislikda yotuvchi ixtiyoriy nuqtani olish mumkin.
3.Chegara tekisliklari bitta to‘g‘ri chiziqda kesishuvchi yarim fazolar kesishmasi. Bunda konusning uchi vazifasini da yotuvchi ixtiyoriy nuqta o‘taydi.(27b-shakl)
4.Tekislik. Tushunarliki fazodagi har bir tekislik ni 2 ta yarim fazoning kesishmasi deb qarash mumkin. Bunda konusning uchi sifatida ixtiyoriy nuqtani olish mumkin.(27c-shakl)
5.Yarim tekislik. Bunda konusning uchi sifatida chegaradagi to‘g‘ri chiziqda yotuvchi ixtiyoriy S nuqtani olish mumkin.(27d-shakl)
6.To‘g‘ri chiziq. Fazoda har bir to‘g‘ri chiziqni chegara tekisliklari l dan o‘tuvchi uchta yarim fazoning kesishmasi shaklida hosil qilish mumkin. Bunda konusning uchi sifatida l dagi ixtiyoriy S nuqtani olish mumkin.(27c-shakl)
7.Ixtiyoriy tekislikdagi burchak (1800 dan kichik burchak). Bu burchakni 2 ta yarim fazoning tekislik bilan kesishmasi sifatida hosil qilish mumkin.(27j-shakl)
8.Nur (27f-shakl). Nurni to‘g‘ri chiziq va yarim tekisliklarning kesishmasi deb qarash mumkin. Uchi sifatida nurning boshlanish nuqtasi S ni olish mumkin.
9.Nuqta. Bunday konusni nur va yarim fazoning umumiy qismi sifatida hosil qilish mumkin.(27i-shakl).
Bu keltirilgan misollardagi “konus”lar biz odatlangan konus tushunchasida farq qiladi, lekin biz umumiylikni saqlash uchun ularni ham konus deb ataymiz.
Endi biz yuqorida sanalgan to‘plamlar fazodagi barcha qavariq ko‘pyoqlik konuslar bo‘lishi, ya’ni ulardan boshqa fazoda qavariq ko‘pyoqlik konus yoq ekanligini ko‘rsatamiz.
Faraz qilaylik, kesishmasi qaralayotgan konus bo‘lgan yarim fazolar soni bo‘lsin. da bizning tasdig‘imiz o‘rinli, bu holda yarim fazo bo‘ladi. Endi agar tasdiqni ta yarim fazolar kesishmasi uchun o‘rinli deb qarasak, u holda ta yarim fazolar kesishmasi uchun ham o‘rinli bo‘ladi. Bu holda ta ning kesishmasidan tuzilgan konus bilan – yarim fazoning (ya’ni 2 ta ) kesishmasi sifatida qarash kerak. Shunday qilib qaralayotgan tasdiq ixtiyoriy natural soni uchun o‘rinli.